230
RASMLAR
ravishda 10 milliard so„mdan ortiq mablag„ ajratishni talab qiladi. Buning
hisobidan yil davomida yana 100 ming kam ta‟minlangan oila oylik moddiy yordam
olish imkoniga ega bo„ladi. Ayni vaqtda moddiy yordam to„lash muddati ikki baravar
– 3 oydan 6 oygacha uzaytirildi.
2008-yilda O„zbekistonda ijtimoiy maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan
mablag„larning umumiy hajmi barcha budjet xarajatlarining 55 foizini tashkil etadi,
bevosita kam ta‟minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko„rsatish uchun esa budjetning
9 foizga yaqin qismi (460 milliard so„m) sarflanadi. Bu ko„rsatkich ushbu maqsadlar
uchun xarajatlar umumiy budjetining 2 foizdan 5 foizgachasini tashkil etadigan
MDHning boshqa davlatlari va dunyoning ko„pchilik rivojlangan mamlakatlaridagiga
qaraganda ancha yuqoridir. 2008 yilda hammasi bo„lib oilalarning 28 foizini ijtimoiy
nafaqalar va moddiy yordam to„lovlari bilan ta‟minlash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Farmonda ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy yordam
ko„rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish
organlari rioya etishi lozim bo„lgan asosiy tamoyillar yanada takomillashtirildi. Bu,
avvalambor, ijtimoiy adolat, xolislik va oshkoralik tamoyillariga qat‟iy amal qilish,
moddiy yordamni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga berish, ajratilgan mablag„lardan
maqsadli va samarali foydalanishdan iborat.
Pensionerlar, yolg„iz qariyalar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko„rsatish xizmati
xodimlarini moddiy va ma‟naviy rag„batlantirishga katta e‟tibor berilgan. Farmonda
tibbiy-ijtimoiy muassasalar xodimlarini moddiy rag„batlantirish fondi miqdorini 15
foizdan 25 foizgacha oshirish, «Muruvvat» bolalar internat-uylari tarbiyachilari,
o„quv-yordamchi xodimlar va sanitarlar ish haqini o„rtacha 10 foizga ko„paytirish
belgilab qo„yilgan. Shuningdek, nogiron bolalar bilan olib boriladigan o„quv-tarbiya
ishlari sifatini oshirish maqsadida «Muruvvat» internat-uylari tarbiyachilari uchun ish
me‟yori 3 baravar, ya‟ni har bir tarbiyachi uchun 15–18 nafar boladan 5-6 nafar
bolaga kamaytirildi, bu esa xalqaro me‟yorlarga to„liq javob beradi.
Bundan tashqari, 2007-yildan boshlab nogironlarga uyda xizmat ko„rsatuvchi
ijtimoiy xodimlar va pedagoglarga jamoat transportida yo„l haqi xarajatlari uchun har
oyda 12420 so„mdan 18630 so„mgacha kompensatsiya to„lash joriy qilinadi. Bu
maqsadlar uchun 2007-yilda budjetdan qo„shimcha 2 milliard so„mdan ziyod mablag„
ajratildi.
Yolg„iz fuqarolar, qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko„rsatish sifatini
oshirish maqsadida Farmonda qariyalar va nogironlar uchun internat-uylari, urush va
mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlarining moddiy-
texnika ta‟minotini yaxshilash bo„yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Bu
ehtiyojlar uchun, avval ko„zda tutilgan mablag„larga qo„shimcha ravishda, 9,5
milliard so„m, shu jumladan budjetdan 5,2 milliard so„mdan ortiq, budjetdan tashqari
manbalar hisobidan esa 4,3 milliard so„m ajratilgan.
231
Bundan tashqari, «Mehribonlik» uylari va ixtisoslashgan maktab-internatlarni
kapital ta‟mirlash, jihozlash va ularga maxsus transport sotib olish uchun avval ko„zda
tutilgan moliyalash hajmlariga qo„shimcha ravishda budjetdan 8,2 milliard so„m
ajratish mo„ljallanmoqda.
Xullas, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining amalga oshirilishi
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirishni ta‟minlaydi, qo„shimcha
ijtimoiy himoya choralariga muhtoj kam ta‟minlangan oilalar va fuqarolarning
farovonligini oshirish uchun asos bo„lib xizmat qiladi hamda «Ijtimoiy himoya yili»
Davlat dasturi chora-tadbirlarini to„liq amalga oshirishda muhim omil bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: