Islom Karimov,
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Shunday qilib, O„zbekistonda mamlakatlararo totuvlikni ta‟minlashga qaratilgan
keng miqyosli tadbirlar bugungi kunda respublikada hukm surayotgan ijtimoiy va
siyosiy barqarorlikning muhim omili bo„lmoqda.
3-§. Milliy xavfsizlikni ta‟minlash
a) O„zbekiston: Milliy xavfsizlik – olam butunligi
Istiqlol yillarida mamlakatda davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida
barqarorlikni ta‟minlash asosiy vazifa sifatida hamisha mamlakat hukumatining
diqqat-e‟tiborida bo„ldi. Shu davr mobaynida O„zbekistonda milliy xavfsizlikning
keng qamrovli konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Milliy xavfsizlikni ta‟minlash masalalari mustaqillikning birinchi kunlaridanoq
mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash, davlat suverenitetini himoya qilish, fuqarolar
tinchligi va milliy barqarorlikni ta‟minlash tamoyillari o„rtaga tashlandi. Bir qator
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo„li tutildi. Milliy xavfsizlik
masalasidagi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo„ljallangan strategiyasi ilk bor
mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24-fevralda bo„lib o„tgan birinchi sessiyasida
Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi. Unda jahonda yuz
bergan yangi siyosiy-iqtisodiy voqelikdan so„ng, davlatlararo munosabatlar
muxoliflikka emas, balki xalqaro huquqiy me‟yorlarga mos yangi tartibotga
asoslangan bo„lishi kerakligi to„g„risidagi g„oya ilgari surildi. Milliy xavfsizlikning
keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi
qonunlar yaratish zarurligi ko„rsatib berildi.
Ana shu ko„rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk marta 1996 yil 24-
aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida ma‟qullangan to„rt bo„lim, yigirma
248
sakkiz moddadan iborat bo„lgan «Milliy xavfsizlik to„g„risida»gi Qonun loyihasi
muhokama qilindi. Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta‟min-
lash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda
belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko„rib chiqildi. 1997 yil avgust
oyida Oliy Majlisning IX sessiyasida O„zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik
konsepsiyasi qabul qilindi.
Xorij tajribasida milliy xavfsizlik deganda ko„proq davlat xavfsizligi tushuniladi.
Bu borada ham O„zbekiston o„ziga xos yo„liga ega. Chunonchi, masalaga bunday
yondashuv milliy xavfsizlik muammosining mohiyatini birmuncha toraytiradi.
To„g„ri, milliy xavfsizlikda harbiy va davlat xavfsizligi masalalari asosiy o„rin tutadi.
Biroq, milliy xavfsizlik deyilganda faqat ana shularning o„zigina tushunilmaydi.
Mamlakatimizning hayotiy muhim manfaatlari loyihada belgilanganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |