Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


 Ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash uchun



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

2. Ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash uchun:

 

– milliy iqtisodiyot nufuzli tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmini ortishi hisobiga 



iqtisodiy o„sishni ta‟minlash; 

– aholi sonining o„sish sur‟atlariga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmining yuqori 

darajada barqarorlashtirish va aholining real daromadlarini o„stirish; 

– budjet taqchilligiga yo„l qo„ymaslik; 

–  asosiy  kapitalga  real  investitsiyalarni  kiritishni  kuchaytirish  va  yetakchi 

tarmoqlarda institutsional o„zgarishlarni izchil davom ettirish; 

–  past  rentabelli  korxonalarda  tarkibiy  o„zgarishlarni  amalga  oshirish  va  yuqori 

texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarining eksportini kengaytirishlari 

uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 

–  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznes  subyektlarining  yalpi  ichki  mahsulotdagi 

ulushini oshirish; 

– jismoniy shaxs maqomidagi tadbirkorlar qatlamini kengaytirishning huquqiy va 

iqtisodiy asoslarini yaratish. 

«O„zbekiston 

jamiyatni 

demokratlashtirish 

va 

yangilash 



mamlakatni 

modernizatsiya va isloh qilish yo„lida» kitobidan. («Akademiya» T., 2005-y.) 

2005-yilda yolg„iz keksalar va nogironlar, yordamga muhtoj insonlar salomatligini 

asrash bo„yicha amalga oshirib kelayotgan ishlarimizni davom ettirganimiz bu masala 

biz uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanini ko„rsatadi. 

Misol  uchun,  xorijlik  mutaxassislar  bilan  birgalikda  Qashqadaryo,  Samarqand, 

Jizzax,  Sirdaryo,  Toshkent  viloyatlari  va  Toshkent  shahridagi  kam  ta‟minlangan 

oilalarga  mansub  2500  dan  ziyod  bola  atroflicha  tibbiy  ko„rikdan  o„tkazilgani, 

«Sog„lom  avlod  uchun»  jamg„armasi  bilan  hamkorlikda  280  nafar  nogiron  bola 

plastik operatsiya qilinganini aytish mumkin. 

Professional  mahorat  va  katta  mablag„  talab  qiladigan  bunday  tadbirlar  tufayli 

yuzlab  ota-onalarning  dard-u  tashvishi  yengillashgani,  bu  bolalarning  o„zi  hayotga 

yangicha ko„z, umid va ishonch bilan qaray boshlagani muhimdir. 

2006-yilda  ko„p  bolali,  kam  ta‟minlangan  oilalarga  10  milliard  so„mlikdan  ziyod 

qoramol olib berildi. Natijada odamlarning mehnat bilan shug„ullanishi, avvalambor, 

oila  a‟zolarini  go„sht  va  sut  mahsulotlari  bilan  ta‟minlash,  qolaversa,  qo„shimcha 

daromad topish imkoni yaratildi. 



 

228 


Millionlab yurtdoshlarimiz ishtirok etgan umumxalq xayriya  hasharlarida tushgan 

mablag„lar  hisobidan  2  ming  nafar  yolg„iz  keksa  va  66  ming  kam  ta‟minlangan 

oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta‟mirlab berildi. 

Qariyb  23  ming  nafar  qarovchisiz  qariya  va  nogiron  kishilarga  ijtimoiy  xizmat 

ko„rsatildi.  Respublikamizdagi  barcha  «Saxovat»  va  «Muruvvat»,  «Mehribonlik» 

uylari  hamda  maxsus  maktab-internatlarga  homiylar  tomonidan  3,5  milliard  so„mlik 

moddiy yordam berildi. 

Shuningdek,  2006-yilda  kam  ta‟minlangan  oilalarga  mansub  salkam  725  ming 

nafar  boshlang„ich  sinf  o„quvchisi  16  milliard  so„mlikdan  ziyod  kiyim-bosh  bilan 

ta‟minlandi. 

Maktabga ilk bor qadam qo„ygan o„quvchilarni darsliklar va o„quv qurollari bilan 

bepul  ta‟minlash  ishlari  davom  ettirildi.  521  ming  nafar  bolaga  qariyb  15  milliard 

so„mlik darslik va o„quv qurollari sovg„a sifatida berildi. 

Nogiron  bolalarni  sog„lomlashtirish  maqsadida  Sog„liqni  saqlash  vazirligi, 

«Sog„lom avlod uchun» jamg„armasi tashabbusi bilan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan 

holda,  tug„ma  nuqsonlari  mavjud  bo„lgan  bolalarni  murakkab  jarrohlik  yo„li  bilan 

davolash ishlari amalga oshirildi. 

2006-yili  tibbiyot  xodimlari  uchun  ish  haqining  takomillashtirilgan  tarif  setkasi 

joriy  qilindi,  shifokorlar  mehnatini  rag„batlantirishning  yangi  va  samarali  tizimi 

shakllandi. 

Natijada mamlakat bo„yicha umumiy oylik ish haqini indeksatsiya qilish darajasini 

hisobga olganda, ularning o„rtacha oylik maoshi taxminan 2,2 barobar oshdi. 

Shu borada har bir tibbiyot muassasasida moddiy rag„batlantirish va rivojlantirish 

bo„yicha  yangi  tuzilgan  jamg„arma  to„laqonli  faoliyat  ko„rsatmoqda.  Ushbu 

jamg„armani  shakllantirishga  budjetdan  ajratilgan  mablag„larning  o„zi  qariyb  23 

milliard  so„mni  tashkil  etayotgani  va  shuning  hisobidan  100  ming  nafardan  ziyod 

tibbiyot  va  farmasevtika  xodimiga  qo„shimcha  ish  haqi  va  mukofot  puli 

to„lanayotgani  shifokorlar  mehnatini  qo„llab-quvvatlashda  yangicha  usul  qanchalik 

samara berayotganini ko„rsatib turibdi. 

2007-yil  budjetida  ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo„llab-quvvatlash 

harajatlarining  davlat  budjeti  xarajatlaridagi  salmog„ini  2005  yildagi  50,4  foizdan 

54,1  foizgacha  yetkazish  mo„ljallandi  yoki  budjetning  asosiy  qismi  mazkur  sohani 

moliyalashtirishga  yo„naltirilmoqda.  Kam  ta‟minlangan,  yosh  bolali  oilalarga 

beriladigan  ijtimoiy  nafaqalar  2005–2007-yillarda  211  milliarddan  350  milliard 

so„mgacha  yoki  1,7  martaga  oshirish  mo„ljallangani,  davlat  budjeti  xarajatlaridagi 

salmog„ining  6,0  foizdan  7,0  foizgacha  ortayotganligi  mazkur  masalaga  davlat 

siyosatida  qanchalik  ustuvorlik  berilayotganligini  bildiradi.  Budjet  xarajatlaridagi 

mazkur sohalarga ajratiladigan mablag„lar salmog„ini cheksiz oshirib borish mumkin 

emasligini e‟tiborga olib, Prezidentimiz ta‟kidlaganidek: «Oldimizda turgan yana bir 

dolzarb  vazifa  –  birinchi  galda,  yosh  avlodning  har  tomonlama  sog„lom  bo„lib 

tug„ilishiga  e‟tiborni  qaratish»  muammolarini  hal  qilish  orqali  ijtimoiy  himoya 

masalalari  to„laqonli  yechimini  topish  imkoniyati  yaratiladi.  Ta‟kidlash  joizki, 




 

229 


nogiron tug„ilgan jamiyat a‟zolari birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi 

qatlamiga  kiritiladi  va  butun  umri  davomida  birovning  qo„liga  qarab  yashaydi. 

Demak,  jismonan  sog„lom  avlod  tug„ilishiga  erishish  va  kamol  toptirish  ijtimoiy 

himoyaga  muhtoj  aholi  qatlamini  keskin  kamaytirib,  o„z  navbatida,  himoyaga 

muhtojlar uchun yetarli mablag„lar ajratish uchun asos yaratadi. 

Ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  aholi  qatlamlari  sonini  keskin  kamaytirishda  sog„lom 

avlodni  kasb-hunarli  qilib  tayyorlashga  va  ular  uchun  yangi  ish  o„rinlari  yaratishga 

qaratilgan  siyosat  alohida  o„ringa  ega.  Mazkur  masala  bo„yicha  to„xtalib, 

Prezidentimiz 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish