Mavzuga doir materiallar
Hukumat tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun belgilangan ayrim
imtiyoz, kafolat va qo„shimchalarning ro„yxati:
* oilalarga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 minimal ish haqi miqdorida yordam
puli to„lash. Ushbu to„lovlar hajmi uzluksiz oshmoqda, 1998-yilda 521 ming nafar
ayolga 10,4 mlrd. so„m miqdorida nafaqa to„landi;
* homiladorlik va farzand ko„rish davrida ayollarga ish joyidan 125 kalendar kuni
uchun o„rtacha ish haqi miqdorida yordam puli berish;
* bolalikdan nogiron bo„lib qolganlarga beriladigan yordam puli;
* kommunal xizmat ko„rsatish va kvartiradan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50
% miqdorida haq to„lash (nogironlar oilasi uchun);
* qishloq joylarida yashayotganlarni kommunal xizmat ko„rsatish va kvartira
haqlaridan to„la ozod etish va shaharlarda istiqomat qiluvchilarga (maktab
o„qituvchilari, bog„cha tarbiyachilari va o„qituvchilar, ilmiy xodimlar, oliy va o„rta
maxsus o„quv yurtlari o„qituvchilari) 50 % miqdorida imtiyoz berish;
* kommunal xizmat ko„rsatish va kvartira haqi to„lashdan to„liq ozod etish (1-
darajali «Sog„lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlanganlar oilasi, yolg„iz
pensionerlar);
* elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50 % chegirma berish (oyiga 110
kv.s.) (nogironlar oilasi);
* yer solig„i to„lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo„lgan 5 va undan ortiq ko„p
bolali oilalar, nogironlar oilalari);
* olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan minimal daromadning
4 karrasi miqdorida (16 yoshgacha bo„lgan 2 va undan ortiq farzandli yolg„iz onalar);
16 yoshgacha bo„lgan 2 va undan ortiq farzandi bo„lgan yolg„iz ota, bevalar va
223
boquvchisini yo„qotganligi uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlarining 30 %
dan; yoshligidan nogiron bo„lib qolgan bolalarni tarbiya qilayotgan ota yoki onadan
birortasi daromad solig„ining 30 % ni to„lashdan ozod etiladi.
* * *
Serfarzand va kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi o„ziga xosligi
bilan ajralib turadi.
Kam ta‟minlangan oilalarga va ko„p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam
to„lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va mahalliy budjet
vositalaridir. Kam ta‟minlangan oilalarga 1998-yilda to„langan nafaqalarning umumiy
miqdori 3 mlrd. so„mni tashkil qildi, 16 yoshgacha bo„lgan farzandli oilalarga
to„langan nafaqalar – 15,6 mlrd. so„mni tashkil qildi.
1998-yilda 36 % bolali oilalar nafaqa olishdi. O„rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga
deyarli 1483 so„mga to„g„ri keladi yoki (1996-yilga nisbatan) besh barobar o„sdi.
1998-yilda mahalliy o„z-o„zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming
yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta‟minlangani uchun moddiy yordam
ko„rsatildi. Ko„rsatilgan moddiy yordam miqdori har oilaga hisoblaganda har oyda
1730 so„mdan ortiqni tashkil etadi.
O„zbekistonda aholining ijtimoiy muhofazasi haqida gap ketganda keyingi yillarda
bu borada amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Jumladan, mamlakatimizda
aholining ehtiyojmand qismini, shu jumladan yolg„iz keksalar, pensionerlar va
nogironlarni ijtimoiy-muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga alohida e‟tibor
qaratilmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2006-yil 7-
sentabrdagi «2007–2010-yillarda yolg„iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq
ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko„rsatishni yanada kuchaytirish
chora-tadbirlari dasturi to„g„risida»gi qarori buning yana bir yorqin dalilidir.
225
Bugungi kunda yurtimizda istiqomat qilayotgan faxriylar orasida 22 ming nafardan
ziyod kishi urush qatnashchisi va nogironi, 256 ming nafardan ortiq front ortida
mehnat qilgan nuroniy, 30 ming nafardan ziyod yolg„iz nogiron pensioner bor.
Xususan, 2005-yil – Sihat-salomatlik yilida 1,9 ming nafar yolg„iz nuroniyning uy-
joyi ta‟mirdan chiqarildi, kam ta‟minlangan oilalar va keksa fuqarolarga 5 milliard
so„mlik moddiy yordam ko„rsatildi. Yakka-yolg„iz keksalar, pensioner va nogironlar,
shuningdek, ko„p bolali oilalarga ko„rsatilgan ijtimoiy yordam hajmi shu kungacha 47
milliard so„mdan oshdi.
«Nuroniy» jamg„armasi hisobidan 2005-yilda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlariga 104 million so„m sarflangan bo„lsa, birgina 2006-yil davomida ushbu
xayrli maqsadlarga yo„naltirilgan mablag„ miqdori 112 million so„mni tashkil etdi.
Faxriylarning davolash maskanlariga, «Sahovat» va «Muruvvat» uylariga 16 million
so„mlik dori-darmon vositalari yetkazib berildi.
O„zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda
Sog„liqni saqlash vazirliklarining hududiy bo„limlari bilan hamkorlikda nuroniylar
to„liq dispanser ko„rigidan o„tkazildi.
Toshkent shahrida faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o„rinli «Nuroniy»
shifoxonasi
beminnat
xizmat
qilmoqda.
Viloyat
shifoxonalari
qoshidagi
kasalxonalarda jamg„armaning viloyat bo„limlari hamda mahalliy hokimliklarning
amaliy yordami tufayli tashkil etilgan yolg„iz keksalar va nogironlarni bepul
davolovchi «Nuroniylar xonalari» faoliyat ko„rsatmoqda.
Sakkiz ming nafar yolg„iz pensioner va nogiron yashab turgan o„ttizdan ziyod
«Sahovat» va «Muruvvat» uylarining moddiy-texnika bazasi yaxshilandi.
Bu boradagi tadbirlarning tegishli vazirlik va idoralar, hokimlik va muassasalar
bilan hamkorlikda tashkil qilinishi o„zining ijobiy samarasini beryapti.
Dasturda nazarda tutilgan yolg„iz nogironlar va keksa fuqarolarga ijtimoiy xizmat
ko„rsatish tizimini yanada takomillashtirish, yolg„iz keksalar, pensioner va
nogironlarni davolash-profilaktika xizmati bilan qamrab olishni kengaytirish bo„yicha
keng ko„lamli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, ularga gerontologiya va geriatriya
sohasida ko„rsatilayotgan yordam sifati hamda uy-joy maishiy sharoitini yaxshilashga
ko„maklashish, «Sahovat» va «Muruvvat» uylarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash hamda ijtimoiy xizmat ko„rsatishning yangi shakllari, usul va
texnologiyalarini keng tatbiq etish yuzasidan ham tegishli davlat va jamoat
tashkilotlari bilan o„zaro hamkorlik qilish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Bu borada yana shuni aytish kerakki, davlatimizning iqtisodiy salohiyati osha
borgan sari uning xalqparvarlik siyosati yanada kuchayib bordi. 1995-yil 20-dekabrda
qabul qilgan «Aholining omonatlardagi va davlat sug„urtasi bo„yicha pul
mablag„larini indeksatsiya qilish to„g„risida»gi Farmoni ana shunday insonparvar
siyosatning yorqin dalili bo„ldi. Farmonga binoan 1992-yilning yanvariga qadar
jamg„arma bankiga pul qo„ygan millionlab fuqarolarning mablag„lari qaytarib berildi.
Farmon asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur Farmon va
226
qaror vatanimizda yashayotgan bironta keksa-yu yoshni befarq qoldirmadi.
5 milliondan ortiq omonatchilar, o„z pullarini qaytarib oladigan bo„ldi.
Shuni alohida aytish kerakki, Mustaqillikning birinchi kunidan boshlab,
hukumatimiz ijtimoiy hayotni yaxshilashga qaratilgan har bir chora-tadbirni o„z
vaqtida amalga oshirib, xalq oldida bergan va‟dasini qat‟iy ravishda bajarib keldi.
Indeksatsiyalangan pul mablag„larining 1996-yil 1-iyuldan fuqarolarga qaytarila
boshlagani ham ushbu insonparvar siyosatning yorqin namunasidir.
1994-yilga kelib aholining real pul daromadi mamlakat bo„yicha 1989-yilga
nisbatan qariyb 2 barobar pasayib ketdi.
1997–99-yillarda davlatning daromad siyosati mamlakat umumiy iqtisodiy
rivojlanishi darajasini hisobga olgan holda aholi daromadini ko„paytirish, inflatsiya
darajasini
tushirish,
qishloq
xo„jaligidagi
islohotlarni
chuqurlashtirish,
tadbirkorlikning barcha turlarini, o„rta va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy himoya siyosati izchil va tadrijiy rivojlanish orqali keyingi yillarda ham
diqqatga loyiq ko„rsatkichlarga erishildi. Buni quyidagi jadvalda ko„rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |