Hususiy kapital hisobi va auditi


Ma’lumotlarning nafliligini ta’minlashga qo’yilgan talablar



Download 226,81 Kb.
bet40/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Ma’lumotlarning nafliligini ta’minlashga qo’yilgan talablar

Talablar

Talablar mazmuni

Ishonchlilik

To’g’rilik, ma’lumotning haqqoniyligi va aniqligi, xujjatlarni tuzish asoslariga ko’ra sifat va to’liqligining ta’minoti

Tushunarlilik

Yaroqli ma’lumotlarga ehtiyoji bor o’zga tashkilot va shaxslarga ularning tushunarli va ochiq bo’lishi

O’z vaqtidalik

Ma’lum vaqt oralig’ida ma’lumotlarning o’rinliligi

Dalil bo’la oluvchanlik

Ma’lumot manbalarini ishonchli deb baholay olish uchun asos bo’la oluvchi yetarli belgilarning mavjudligi

Haqqoniylik

Ma’lumotlarning ob’ektiv holatga muvofiqligi

Taqqoslanuvchanlik

Bir tashkilotning turli davrlari bo’yicha hamda turli xil tashkilotlar o’rtasida mos keluvchi ko’rsatkichlarni solishtirish imkoniyatining mavjudligi, ya’ni aniq ma’lumot turini shakllantirishda bir xil yondoshuvga asoslanilishi

Tushunarli, haqqoniy, taqqoslanuvchi, o’z vaqtlilikni ifodalovchi ma’lumotlarni tayyorlash faqatgina xo’jalik yurituvchi subyekt hisob jarayonini tashkil etilishiga bog’liq bo’lib qolmasdan, o’z navbatida hisob ma’lumotlarini shakllantirish bo’yicha amaldagi me’yoriy xujjatlar talablari yoki unga ta’sir etuvchi boshqa omillarga ham bog’liqdir. Tashkilot xususiy kapitali auditi jarayonida foydalaniladigan odatda hisob registrlari hamda birlamchi xujjatlarda keltiriluvchi ma’lumotlar kengroq ochib berilishi kerak. Xususiy kapitalning turli xil maqsadlarda tayinlangan tarkibiy qismlari ular haqidagi ma’lumotlarni hisob jarayonida yig’ish hamda shakllantirish asosida yuqorida sanab o’tilgan tarkibda, ya’ni ustav kapitali, amortizatsion kapital, qo’shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda hamda undan shakllantirilgan zaxira moddalari bo’yicha aloxida bazalarda yig’ish va ko’rish uchun mo’ljallangan.


Ustav kapital – tashkilot xususiy kapitalining barqaror elementlaridan biri hisoblanadi, chunki uning miqdorini o’zgarishi qonunchilikda belgilangan qat’iy belgilangan tartib qoidalar asosida ro’y beradi. Ustav kapital mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, to’liq shirkatlar, qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar va boshqa tashkilotlar tarafidan tashkil etiladi. U aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ham majburiy tarzda shakllantiriladi. Faqatgina mazkur tashkiliy – huquqiy shakldagi iqtisodiy sub’ektlardagina ustav kapital aniq belgilangan aksiyalar sonidan tashkil topadi. Ushbu vaziyat barcha aksiyadorlik jamiyatlarining ajralmas belgisi hisoblanadi.
Amaldagi schyotlar rejasiga muvofiq ustav kapital to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 8300-“Ustav kapital” schyoti tayinlangan. SHu sababli, ustav kapitalning shakllanishini va belgilangan tartibda uning qiymatini o’zgarishini nazorat qilish uchun eng avvalo 8300 schyotdagi yozuvlar qo’llaniladi. Hisob jarayoni yuritishning jurnal-order shakli qo’llanilganda 8300 schyot harakatini qayd etish uchun belgilangan jurnal order shakli hamda unga kiritilgan analitik ma’lumotlarga asosan nazorat qilinadi. Ustav kapital miqdori tashkilotning ta’sis hujjatlarida, ya’ni Fuqarolik kodeksiga ko’ra ustav (nizom); ustav yoki ta’sis shartnomalari; yoki faqatgina ta’sis shartnomalarida o’z aksini topgan.
Ta’sis shartnomalariga asosan xo’jalik shirkatlari o’z faoliyatlarini olib boradi. Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun ta’sis xujjati jamiyat ustavi (Nizom) va ta’sis shartnomalari hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan tijorat tashkilaotlari, ishlab chiqarish kooperativlari hamda unitar korxonalar ustav(Nizom)ga asosan faoliyat yuritadi.
Ta’sis xujjatlari muvofiqlik auditi jarayonida auditorni qiziqtiruvchi tashkilotning ro’yxatdan o’tgan va (yoki) aksiyalarni joylashtirish sanasi, qatnashchilarning o’z ulushlari bo’yicha qarzlarining qoplanish muddatlari, ularning ulush bo’yicha qarzdorlik summalarining qoldiqlari, ustav kapitalga to’lovlar hamda ularning muddatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu kabi ma’lumotlarni iqtisodiy sub’ektning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi xujjat (guvoxnoma)dan, “Buxgalteriya balansi” va “Xususiy kapital” to’g’risidagi hisobot shakllaridan, bosh va kassa kitoblaridan, pul mablag’lari hamda ustav kapitalga qo’yilmalar bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriluvchi 4600 schyot hisobini yuritish bo’yicha hisob registri, ya’ni, jurnal order shaklidan olish mumkin.
Hisob registrlaridagi ma’lumotlarning asosli ekanligini auditor mablag’larning kiritilganligini tasdiqlovchi birlamchi xujjatlarga ko’ra aniqlaydi. Bu xujjatlar qatoriga kirim kassa orderi, bank hisobraqamidan ko’chirma, mulk kirim qilinganligi to’g’risidagi dalolatnoma, hisob-kitob hamda valyuta schyotlariga qo’yilmalar bo’yicha e’lonlarni kiritishimiz mumkin. Ustav kapitalga ulush sifatida kiritilayotgan mulkni baholash bo’yicha ba’zi xolatlarda mustaqil baholovchilar tarafidan baholashning o’tkazilishi talab etiladi. Baholash natijalari bo’yicha dalolatnoma tuziladi va mazkur dalolatnoma ham auditor e’tiboridan chetda qolmasligi kerak.
Amaldagi qonunlarda yuridik shaxsning ustav kapitali miqdorini o’zgartirish bo’yicha huquqlari qayd etib o’tilgan. Bu kabi qarorlar aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar umumiy yig’ilishi yoki direktorlar kengashi, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda esa jamiyatning barcha qat’nashchilari umumiy yig’ilishi tomonidan chiqarilishi mumkin. Bu o’z navbatida mazkur yig’ilish bayonnomalaridan ko’chirma olish hamda ularni o’rganib chiqish zaruratini yuzaga chiqaradi. Ba’zi hollarda 6 may 2014 yil O’RQ-370-son bilan tasdiqlangan “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasi va 6 dekabr 2001 yil 310-II-son bilan tasdiqlangan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga ko’ra, agarda jamiyatning ustav kapital miqdori uning yillik buxgalteriya balansida faoliyatning ikkinchi yilidan boshlab aks ettirilgan jamiyat sof aktivlarining qiymatidan yuqori bo’lsa, jamiyat ustav kapital miqdorini kamaytirish bo’yicha e’lon berishga majburdir. Bu holatda auditor ma’lumotning ishonchliligini tekshirishi maqsadida jamiyat sof aktivlari qiymatini to’g’ri aniqlanganligini tasdiqlashi hamda uning jamiyat ustav kapitali miqdori bilan solishtirib ko’rishi zarur.
Audit o’tkazish jarayonida 8300, 8600, 8700, 9590 va 9690 schyotlari va ularning analitik registrlaridagi ma’lumotlar foydali bo’lishi mumkin, chunki ayrim hollatlarda auditor uchun aksiyadorlardan sotib olingan va qayta sotilgan aksiyalar (mas’uliyati cheklangan jamiyat a’zolari o’rtasida ustav kapitalga ulushlarning qayta taqsimlanishi yoki sotilishi) to’g’risidagi ma’lumot muxim hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapital auditi o’tkazishda aksiyadorlar reestri hamda emissiya prospekti ma’lumotlariga tayanib ish ko’rish darkor.
Tashkilot xususiy kapitalining boshqa ahamiyatli elementi qo’shilgan kapital hisoblanadi. Modomiki, u to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 8400 passiv schyot belgilangan ekan, demak auditorlik dalillarining asosiy manbasi bo’lib 8400 schyot yozuvlarini o’zida aks ettiruvchi hisob registrlari o’rtaga chiqadi. (yuritilish uchun qabul qilingan jurnal order shakli va uning analitik ma’lumotlari).
Asosiy vositalar qayta baholanishini hisob jarayonida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish uchun uning dastlabki (tiklangan) qiymatlari hamda unga hisoblangan amortizatsiya ajratmalari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zida saqlovchi hisob registrlari hamda birlamchi xujjatlar talab etiladi. Bu kabi ma’lumotlar asosiy vositalar inventar kartochkalari va ularning kirim qilish dalolatnomalaridan olinishi mumkin.
Qayta baholash natijalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 23 oktyabr 2002 yil 1181-son bilan ro’yxatga olingan “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”da hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 4 dekabrda 1192-son bilan ro’yxatga olingan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasining 2002 yil 29 oktyabrdagi 4-son, 129-son, 2002-86-son qarori bilan tasdiqlangan “1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida nizom”da berilishicha 0100, 0200, 0300, 0400, 0500, 0700, 0800, 8510 schyotlarda aks ettiriladi. Mazkur schyotlar bo’yicha ma’lumotlarni o’zida saqlovchi hisob regisrlari hamda bosh kitob yuritilishi zarur. Qayta baholash indeksli usul asosida yoki bevosita usulda qayta hisoblash asosida amalga oshirilishi mumkin. Indeksli usul qo’llangan hollarda auditorning indeks-deflyatorni to’g’ri qo’llanilganligi bilan tanishib chiqishi, bevosita qayta baholash usulida ob’ektning bozor qiymatini tasdiqlovchi xujjatlar ma’lumotlari to’g’riligi bilan tanishib chiqishi zarur. Bu kabi xujjatlar sifatida: tayyorlov-tashkilotlaridan yozma shaklda olingan analog mahsulotlar narxlari to’g’risidagi ma’lumotlar; davlat statistika organlari, savdo inspektsiyalari hamda tashkilotlarida mavjud narx darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar; ommaviy axborot vositalari va boshqa ilmiy adabiyotlarda chop etilgan narxlar to’g’risidagi ma’lumotlar; asosiy vositalar ob’ekti qiymati to’g’risida ekspert xulosalarni sanab o’tishimiz mumkin.
Audit o’tkazish jarayonida qo’shilgan kapital miqdori aksiyadorlik jamiyati tomonidan emissiya daromadi olingan vaqtda o’zarishini yodda tutish kerak. Ushbu miqdorning ishonchliligi va hisob registrlaridagi yozuvlarning asosliligini auditor Bosh kitob, kassa kitobi, 4600 schyot bo’yicha qaydlar, aksiyalar bo’yicha to’lovlar schyotidan qiymatliklarni kelib tushganligini tasdiqlovchi kassa kirim orderi, bank schyotidan ko’chirma, pul topshirilganligi to’g’risidagi e’lon mulk kirim qilinganligi to’g’risidagi dalolatnoma kabi birlamchi xujjatlarga ko’ra aniqlashi mumkin. Auditor uchun aksiyadorlar reestri hamda emissiya prospekti ma’lumotlari ham ahamiyatli bo’lishi mumkin.
8400 schyotda ustav kapital shakllantirish bilan bog’liq holatda emissiya daromadi bilan birga kurs farqlari ham aks ettiriladi. Ularning qo’shilgan kapital tarkibiga olib borilishini “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” tartibga solib boradi. Mazkur nizomda keltirilishicha, ustav kapitalini shakllantirish bilan bog’liq kurs farqlari deb ta’sischi (a’zo)ning ustav kapitaliga bo’lgan chet el valyutasidagi qarzini u kelib tushgan sanadagi Markaziy bank kursi bo’yicha milliy valyutada baholangan miqdori hamda ta’sis xujjatlarida milliy valyutada aks ettirilgan ulush bo’yicha qarz miqdori orasidagi farqga aytiladi. Kurs farqlari faqatgina Ustav kapitalga qo’yilma ta’sis xujjatlarida chet el valyutasida bo’lishi e’tirof etilgan bo’lsa va bu summa hisobot davrida haqiqatdan kelib tushsa yuzaga chiqishi mumkin.
Keyingi galda auditor e’tiboridagi predmet bu yuridik shaxs faoliyati uchun asos bo’luvchi ta’sis xujjatlaridir. Agarda chet el valyutasidagi qo’yilmalar haqiqatdan ham ta’sis xujjatlarida e’tirof etilgan bo’lsa, hamda tekshiruv olib borilayotgan oraliqda kelib tushgan bo’lsa (Bosh kitob hamda 4600 schyot bo’yicha hisob regisrlarida qayd etilgan bo’lsa) auditor birlamchit xujjatlar bilan tanishib chiqishi zarur. Pulning kelib tushganligini kassa kirim orderi, valyuta hisobraqamiga naqd pul qo’yilmalari bo’yicha e’lon, bank ko’chirmasi hamda kassa kitobidagi yozuvlari yordamida tasdiqlash mumkin. Nazorat jarayonida auditorga ya’na chet el valyutasi kelib tushgan sanadagi markaziy bank valyuta kursi hamda ta’sis xujjatlari imzolangan sanadagi xuddi shu valyuta turi bo’yicha kurslar to’g’risidagi ma’lumot talab etiladi.
Qo’shilgan kapital noaylanma aktivlarni sotib olish yoki yaratish paytida o’z qiymatini oshirishi mumkin. SHu bog’liqlik tufayli auditorning e’tibori maqsadli mablag’lar yoki taqsimlanmagan foydaning noaylama aktivlar invetitsiyasiga yo’naltirilganligini tasdiqlovchi xujjatlarni o’rganishga qaratilgan bo’lishi shart. SHu bois asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qabul qilish – topshirish dalolatnomasi, ularning olinishi bo’yicha schyot fakturalar hamda yuk xatlari, 0100, 0400, 0800, 6000, 6100, 6900 schyotlar bo’yicha hisob registrlari tekshiriladi. Maqsadli mablag’larni ishlatilishini o’rganish jarayonida auditorni mazkur mablag’larning tashkilotga kelib tushganligi to’g’risida ma’lumot beruvchi xujjatlar qiziqtiradi. Taqsimlanmagan foydani investitsiya maqsadlariga yo’naltirilganligi faktlarini hisob jarayonida kuzatish biroz qiyin masala, chunki asosiy vositalarning hamda nomoddiy aktivlarning sotib olinishi yoki yaratilishini hisobga olishning amaldagi tartibi moliyalashtirish manbalarini qamrab olmaydi. SHu paytning o’zida bir nechta amaldagi me’yoriy xujjatlar xo’jalik sub’ektiga taqsimlanmagan foydaning investitsion maqsadlarda sarflangan qismini qo’shilgan kapital tarkibida hisobga olish majburiyatini yuklaydi. Agarda tashkilotda bu kabi buxgalteriya yozuvlari qayd etilgan bo’lsa uning asoslanganligini tekshirish darkor. Bu taqsimlanmagan foydani mulkdorning qaroriga muvofiq sarflanish imkoniyatlari bilan bog’liq.
Qo’shilgan kapital hisobining ba’zi savollariga to’xtalsak. Avvalgi paragrafda qo’shilgan kapital tarkibiy elementlari asoslab berilgan edi. Endi esa uning sarflanish yo’nalishlarini ko’rib chiqamiz. Buning uchun 8410-“Emissiya daromadi”, 8420-“Ustav kapitalni shakllantirish bo’yicha kurs faprqlari” schyotlaridan foydalanamiz.
Qo’shilgan kapital miqdori narx tushirilishi sababli avvalgi davrda oshirilgan narx chegarasi doirasida pasayishi mumkin. SHu sababli analitik hisob ma’lumotlaridan foydalanish juda muhim sanaladi, chunki o’tgan davrdagi oshirilgan narx hamda joriy davrdagi tushirilgan narxlarning solishtirilishi asosiy vositalar ob’etlari kesimida aloxida bajariladi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 4 dekabrda 1192-son bilan ro’yxatga olingan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasining 2002 yil 29 oktyabrdagi 4-son, 129-son, 2002-86-son qarori bilan tasdiqlangan “1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida nizom”ga asosan ob’ektning narxini tushirish jarayonida avvalgi davrda 8500 schyotda aks ettirilgan oshirilgan narx xajmidan ortiqcha qismini hisobga olish tartibi yoritilgan. Mazkur farq 9430 schyotda o’z aksini topadi.
Qo’shilgan kapital miqdorini kurs farqlaridan zararlar kamaytirishi mumkin. Biroq bu holatda 8420 subschyotda hisobga olingan ijobiy kurs farqlaridan salbiy kurs farqlari ortiqcha chiqib qoluvchi vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Bizning fikrimizcha bu farqlarini 8400 schyotning boshqa subschyotlarida hisobga olingan summalar hisobidan kamaytirilishi mumkin emas. SHu boisdan bu maqsadda 8700 schyot qo’llanilishi mantiqan to’g’ri bo’lar edi, ya’ni 8420 schyotida mablag’larning yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi holatida salbiy kurs farqlari taqsimlanmagan foyda hisobiga yopilishi kerak.
Taqsimlanmagan foydadan 8400-schyotga tegishli subschyotlarda summalar bo’lmagan holda ayrim operatsiyalarni aks ettirish uchun foydalanishda, taqsimlanmagan foydani amaldagi Schyotlar rejasida ko’rsatilgan yo’nalishlarda sarflashga yo’l qo’yiladi. Haqiqatan ham, 8400-schyotda hisobga olingan summalarni Ustav kapitalini ko’paytirish yoki ularni tasischilar o’rtasida taqsimlashga yo’naltirish haqida qaror qabul qilib, mulk egasi faqat unga tegishli bo’lgan mablag’lardan foydalanishni rejalashtiradi. Bu shundan kelib chiqadiki, keyinchalik tashkilot faoliyati natijasida yuzaga kelgan, 8400-schyotda hisobga olinishi lozim bo’lgan operatsiyalar, 8400-schyotga taalluqli subschyotlarda mablag’ mavjud bo’lmagani tufayli taqsimlanmagan foydadan foydalanish bo’yicha yozuvlarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. Hisobning bunday tartibi Qo’shilgan kapitalni mulkdorning kapitali deb atashga imkon beradi va uni balans passivining birinchi bo’limida xususiy kapital tarkibida hisobga olishning asoslanganligini tasdiqlaydi.


Download 226,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish