husni matla’ (a-a, a-a, b-a, v-a, g-a )



Download 28 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi28 Kb.
#74820
Bog'liq
G‘azal va sonet


G‘azal (ar. ayollarga sevgi va munosabat izhor qilish) asosan ishq-muhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi bo‘lgan lirik she’rdir. G‘azal Mavlono Fuzuliy ta’biricha, «Shoir qudratini bildiruvchi, hunarning guli-gulistoni»dir, Mavlono Vohid Abdulla nazdida «Qalb qonidan ochilgan lola»dir. G‘azal aruzda ikki misrali bayt usulida yoziladi. Uning birinchi bayti «matla’» («boshlanma») deb yuritiladi va undagi ikki misra qofiyadosh (a-a) boladi. Keyingi baytlarning ikkinchi misralari matla’ga qofiyadosh (b-a, v-a, g-a, d-a va h.) boMadilar. G'azalning oxirgi xulosaviy bayti «maqta’» («tugallanma») deb yuritiladi va unda g‘azal muallifining ismi yoxud taxallusi («qutulish, xalos boMish») qoMlaniladi. G‘azalda, ko‘pincha, qofiyadan so‘ng radif keladi. G‘azal 3 baytdan 19 baytgacha bo'lishi mumkin. Uning mumtoz shakli 7 baytdir. Jumladan, Alisher Navoiyning «Xazonin ul-maoniy» devonidagi 3244 asardan 2600 tasi gbazal bo‘lib, ularning 1774 tasi 7 baytlidir. Bundan ko‘rinadiki, g‘azal mumtoz adabiyotimizda janrlarning sardori bo‘lib kelgan. Qofiyalanish tartibiga ko‘ra g‘azal:

1) oddiy (a-a, a-a, b-a, v-a, g-a...),

2) husni matla’ (a-a, a-a, b-a, v-a, g-a...)

3) zulqofiyatayn (a-a, b-b, v-v, g-g...),

4) zebqofiyatayn (a-a, a-a, a-a, a-a...)ga, g‘azal-mushoira, g‘azal -chiston, g‘azal-nazira, g‘azal-muvashshah, g‘azal-musajja,g‘azal-qit’a ko‘rinishlariga ega bo‘lgan.

Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim,

Darmon yo'qidin zahri balosin yuta qoldim.

Ko'rdim men oni dushmani ruhu tan ekandur

Lo o' qi bilan ikki ko'ziga ota qoldim.

Mayxonaga kirdim, bila qoldim kuyarimni,

Masjidga kirib zohidi yaxdek qota qoldim.

Zohid, menga bir shishada may, senga namozing,

Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim.

Vahdat mayini piri mug'on ilgidin ichtim,

Mansur kabi boshimi dorg'a tut a qoldim.

To telbalig'im shuhrati olamni tutubdir,

Bir jilvasig a ikki jahondin o'ta qoldim.

Ayb etmangiz bu Mashrabi bexudni yoronlar,

Nay layki, bu g" urbat ко'chasidin o'ta qoldim.

Sonet (ital. sonette — jaranglamoq) 14 misradan iborat bo‘ladi: uchta to‘rt misralik va bitta ikki misralik banddan, ba’zan esa ikkita to‘rt misralik, ikkita uch misralik banddan tashkil topadi. Birinchi ikki band-dastlabki qism — «katren» (fran. quatrain — to'rtlik), yakunlovchi qism — «terset»(ital. terretto — uchlik) deb yuritiladi va ular g‘oyaviy-kompozitsion jihatdan o‘zaro bog‘lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqaradi. Sonetda fikr g‘oyatda siqiq, ta’sirchan tarzda voqe bo'ladi. Oxirgi bandgacha fikr izchil rivojlanadi yoki uning qirralari detallashtiriladi — bor bo‘y-bastining mohiyati ochilgandan so‘ng, eng so‘nggi bandda poetik fikrga yakun yasaladi. I.Bexer sonetni badiiyatning eng yorqin dialektik ko‘rinishlaridan biri, dastlabki to‘rt misrasini tezis sifatida birinchi katren, keyingi to'rtlikni antitezis tarzida ikkinchi katren, so‘nggi ikki uchlikni sintez deb yuritishni tavsiya qilsa, A.Muxtor uni — she’riyatning olifta kamzuli, deydi. Sonetlar dastlab Italiyada (XIII—XIV asrlar) paydo boMgan, Dante, Petrarka, keyinroq Mikelanjelo; V.Shekspir (Angliya), A. Mitskevich (Polsha), Deijavin, A.S.Pushkin, Shchipayev (Rossiya) ijodlarida sonetning go‘zal namunalari yaratilgan. 0‘zbek adabiyotida sonetlaming namunalari Usmon Nosir, Maqsud Shayxzodalar tomonidan yaratildi. Barot Boyqobilov 700 dan ortiq sonetlar bitdi, uning ijodida sonetlar guldastasi yuzaga keldi. Sonetlar gulchambari- magistral (grekcha. magistralis — boshqaruvchi) 15 sonetdan (210 misradan) iborat boMadi. Birinchi sonetning oxirgi misrasi bilan ikkinchi sonet boshlanadi. Ikkinchi sonetning oxirgi misrasi bilan uchinchisi boshlanadi. Shu tariqa 14 ta sonet yaratiladi va 5-magistral sonet 14 sonetning birinchi misralaridan tuziladi. Oxirgi misra esa o‘z navbatida birinch misrani takrorlash bilan tugaydi. Muhammad Ali. Rauf Parfi, To‘ra Mirzo, Ibrohim Yusupov kabi ijodkorlar ham ko‘plab sonetlar ijod etdilar. Ularda falsafiylik, «yombi»lik — original fikrlar chuqurlasha boshladi, katren va ertsetlarning vobastaligidan so‘nggi band uchun zarur bo‘lgan poetik xulosalar chiqarish san’ati rivoj topdi. O'zbek sonetlarining eng go‘zallaridan biri Cho‘lponing «Men va boshqalar» (o‘zbek qizi og‘zidan) asaridir:

Kulgan boshqalar dir, yig'lagan menman.

O'ynagan boshqalar, ingragan menman.

Erk ertaklarini eshitgan boshqa,

Qullik qo'shig'ini tinglagan menman...

Boshqada qanot bor, ko'kka uchadir,

Shoxlarga qo' nadir, bog' da у ay ray dir.

So'zlari sadafdir, tovushi naydir,

Kuyini har yerda elga sayraydir.

Menda-da qanot bor, lekin bog langan...

Bog‘ yo'qdir, shox yo'qdir, qalin devor bor.

So'zlari sadafdek, tovushi naydek

Kuyim bor... uni-da devorlar tinglar.



Erkin boshqalardir, qamalgan menman,

Hayvon qatorida sanalgan menman.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish