5-sinf adabiyot Iqism(Susambilgacha)
Quyidagi qasysi adabiy janr Xorazmda varsaki deyiladi?
A)masal B) topishmoq
C) ertak D) maqol
Adabiyotning she’riyat turiga kiruvcgi janrlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) ertak, hikoya, masal
B) she’riy masallar, ballada, dostonlar
C) drama, melodrama, komediya
D) katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ocherklar
Mumtoz adabiyotimizda kichik lirik janr hisoblanadigan chiston quyidagi qaysi shakllarda yozilmaydi?
1. Masnaviy; 2. Bayt; 3. Muxammas; 4. Qit’a 5. Mustazod; 6. Ruboiy
A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 3,4,5
“Susambil” ertagidagi eshak Susambil haqida kimdan eshitgan edi?
A) onasidan B) ho’kizdan
C) xo’jasidan D) xo’jasining o’g’illaridan
“Susambil” ertagida eshakka yo‘lda nimalar hamroh bo‘ladi?
A) tulki, arilar, yumronqoziq, ho‘roz, sher
B) ho‘roz ikkita kalamush, kakku, arilar
C) ho‘roz, tulki, bo‘ri, sichqon, yo‘lbars
D) ho‘roz, xo‘kiz, ikkita kalamush, arilar
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida keltirilgan hikoyada to’ti podshodan qayerga borib kelish uchun ruxsat so’raydi
A) Eronga B) Ko’hi Qofga
C)Susambilga D) Hindistonga
“Uch og’a-ini botirlar” ertagidagi aka-ukalarning toyi qaysi bandda to’g’ri sanalgan
A) qora toy, saman toy, ko’k toy
B) to’riq toy, qora toy, ola toy
C) oq toy, qora toy, ola toy
D) saman toy, to’riq toy, qora toy
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida keltirilgan hikoyada to’ti onasining maslahati bilan podshoga nechta bebaho meva olib boradi?
A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 5 ta
“…Tuzni eshakka ortib, ustiga o’zi minib, yo’lda ketayotsa, birdan havo aynib, yomg’ir yog’a boshlabdi. Hash-pash deguncha darrov yo’llar loy bo’lib ketibdi..”. Ushbu holat qaysi asarda uchraydi?
A) “Ustiga tuz ortilgan eshak” B) “Eshak bilan baqalar”
C) “Susambil” D) “Uch og’a-ini botirlar”
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida to’ti haqidagi ertakni podshoga kim aytib beradi?
A) to’ng’ich botir B) o’rtancha botir
C) kenja botir D) kenja botirning ayoli
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida tilga olingan novvoyning o’g’li kim?
A) vaziri a’zam
B) shoh C) uch aka-ukalar D) shohning otasi
Ertakda ota o’g’illarini tarbiyalashda uch narsaga e’tibor beradi. Quyidagilardan qaysi biri shu uch narsaga kirmaydi?
A) Sog’lom vujudli qilib o’stirdi
B) Qo’rqitmay o’stiradi
C) Dangasa qilmay o’stiradi
D) Qo’rqitmay o’stiradi
1.Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona2.Buxoro atroflari 3.Xorazm 4.Toshkent
a) cho’pchak b) ushuk d) matal e) varsaki
Ertaklar qaysi hududda qanday nom bilan ataladi?
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-e
C) 1-d, 2-b, 3-e, 4-a D) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida podsho dasturxoni ustida uch aka-uka botirlarning suhbatida gap nimalar haqida boradi?
A) chog’ir, sirka, shinni B) non, uzum, sharob
C) sher, ajdar, meros D) go’sht, shinni, non
Kenja botir shohni nimadan himoya qiladi?
A) ilondan B) ajdardan
C) chayondan D) olovdan
“Do’st uldirki, o’ziga ravo ko’rmaganni do’stiga ham ravo ko’rmaydi. Do’sti uchun o’limga tayyor bo’lsa ham, ammo do’stini bu ishda sherik qilmaydi”. Ushbu fikr muallifi kim?
A) A.Navoiy B) Bobur C) Homer D) Ezop
Ezop masallarini kim she’riy yo’l bilan tarjima qilgan?
A) Krillov B) Lafonten
C) Fedr D) Babriy
Qaysi atamaning ma’nosi “so’z” degan ma’noni bildiradi?
A) chiston B) bayt C) maqol D) masal
Qayis ijodkor o’z she’rida dunyo tashvishlari uni “nolon” holga solganda Vatan yuzlarini uning yuziga bosib yupanch berishini tasvirlaydi?
A) M.Yusuf B) U.Nosir D) Oybek D)
Mirtemir
Xalq og’zaki ijodidagi maqol va topishmoqning o’xshash jihati qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) ibratliligi
B) ichki qofiyasi C) sirliligi D) fikr aniqligi
Qaysi asarda ilm yog’ayotgan yomg’irga odam esa yerga o’xshatiladi?
A) “Masallar”da
B) “Al-jome’ as-sahih”da
C) “Mahbb ul-qulb”da D) “Uch og’a-ini botirlar”da
“Susambil” ertagida bo‘rilar nazarida „eshon“ kim edi?
A) eshak B) xo‘roz C) ho‘kiz D) arilar
“Bizning joyda bir daraxtning mevasi bor, har kin bir donasini yesa, qari chol bo’lsa, yigitlik holiga qaytur. Kampir yesa qiz kabi yoshlik holiga kelur”.
Ushbu parcha qaysi manbadan?
A) “To’maris” hikoyasidan
B) “Shiroq” hikoyasidan
C) “Uch og’a-ini botirlar” ertagidan
D) “Bulbul” ertagidan
“Susambil” ertagida bo‘rilar Munkarnakir deb nimani aytishadi?
A) ho‘kizni B) eshakni C) arilarni D)ikkita kalamushni
. “To‘g‘ri bo‘ling - … . Maqtanchoq bo‘lmang - …. Dangasalik qilmang - …” . “Uch og‘a-ini botirlar” ertagidagi otaning farzandlariga aytgan ushbu nasihatlarini davom ettiring.
A) baxtsiz bo‘lmaysiz,
hijolat tortmaysiz, bexavotir bo‘lasiz
B) hijolat tortmaysiz, bexavotir bo‘lasiz, baxtsiz bo‘lmaysiz
C) bexavotir bo‘lasiz, hijolat tortmaysiz, baxtsiz bo‘lmaysiz
D) o‘g‘ri bo‘lmaysiz, hijolat tortmaysiz, baxtsiz bo‘lmaysiz
“Susambil” ertagidagi bo‘rilar “go‘rkovlar” deganda, nimani nazarda tutishgan edi?
A) arilarni B) xo‘kizni C) arilarni
D) ikkita kalamushni
Ertaklarda qonxo‘rlik va laqmalik xislati qaysi hayvon orqali ifoda etiladi?
A) ayiq B) sher
C) bo’ri D) mushuk
“Podshohlik-qonxo’rlik demakdir” degn nfikrni qaysi qahramon aytadi?
A) To’ng’ich botir
B) kenja botir
C) o’rtancha botir D) to’ti
“Uch og’a-ini botirlar” ertagida to’ng’ich va o’rtancha botirlar o’z navbatchiliklarida nimalarni mahf etadilar?
A) sher, ajdar B) ajdar, dev
C) yo’lbars, ayiq D) shayton, yalmog’iz
Kimlar Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o’z davri xususiyatlariga ko’ra to’ldirib, rivojlantiradi?
A) Lafonten va Krilov B) Lessing va Gellert
C) Lessing va Krilov D) Fedr va Gillert
(Q.Jahongir)