Hurmatli tadbirkorlar va uchrashuvimiz ishtirokchilari!



Download 32,43 Kb.
bet7/11
Sana18.02.2022
Hajmi32,43 Kb.
#452699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Prizedent nutqi

Ikkinchi yo'nalish – soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishga oid.

Ma'lumki, so'nggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi.

Ko'pchilikning esidan chiqqan bo'lishi mumkin, yaqingacha Pensiya, Maktab va Yo'l jamg'armalariga biznes uchun og'ir yuk bo'lgan 3,2 foizli yig'imlar to'lanar edi. Ushbu yig'imlar korxonalarning foydasidan qat'i nazar, oborotdan olinib, ularning miqdori korxonalarning kamida 20-25 foiz foydasiga teng bo'lgan.

Byudjetdan tashqari jamg'armalarga mazkur yig'imlarni bekor qilish hisobidan 7 mingga yaqin korxonalar har yili o'rtacha 6 trillion so'm soliq to'lashdan ozod bo'ldi. Masalan, birgina “Andijonkabel” korxonasi ixtiyorida 11 milliard so'm, “Lactalis Agro” qo'shma korxonasida esa 3 milliard so'm mablag' qoladigan bo'ldi.

Mol-mulk, daromad solig'i va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobar kamaytirildi.

Aniq misollar bilan gapiradigan bo'lsak, transport sohasida soliq yuki – 3 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 2 barobar, to'qimachilik va elektr texnikasi sanoatida esa, 20 foizgacha kamaydi.

Ayniqsa, pandemiya davrida xarajatlarimiz keskin oshganiga qaramasdan, qo'shilgan qiymat solig'i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, ko'proq zarar ko'rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to'lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, o'z navbatida, tadbirkorlar ixtiyorida qolgan 2 trillion so'm mablag'ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini berdi. Lekin soliq stavkalari va soliq ma'murchiligi bo'yicha tadbirkorlar tomonidan ko'tarilayotgan haqli savollar hali juda ko'p.

Birinchidan, o'tgan yili yangi Soliq kodeksi amalga kiritilganidan keyin 23 ta maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari avvalgi imtiyozlarimiz saqlanib qoladimi yoki yo'qmi, deb bezovta bo'lmoqda. Ushbu masalada maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bo'lgan Sirdaryodan – “AWP” qo'shma korxonasi (Komil Mirzayev), Toshkent viloyatidagi – “Steel Pipe Company” (Azizxon Hafizxonov) kabi 70 dan ziyod korxona vakillari murojaat qilgan.

Bu borada bir fikrni aniq qilib aytmoqchiman: 2020 yil fevral oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi. Bunga qonun bilan kafolat berilgan. Jumladan, ushbu tadbirkorlar investitsiya miqdoridan kelib chiqib, mol-mulk, yer va suv soliqlaridan 10 yilgacha ozod qilingan edi.

Endi ushbu imtiyozlarga foyda solig'i ham qo'shiladi va korxonalar ixtiyorida yiliga qariyb 300 milliard so'm mablag' qoladi. Masalan, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Temur Med Farm” korxonasi o'tgan 6 oyda 4 milliard so'm foyda solig'i to'lagan bo'lsa, ikkinchi yarim yillikda esa kamida shuncha mablag' uning o'zida qoladi.

Shuningdek, ichki bozorda teng raqobat bo'lishi uchun eksport mahsulotlari ishlab chiqarishga olib kelingan xomashyo import bojidan ozod etiladi. Misol uchun, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Jizzax Toshtepa Textile” korxonasi mahsulotini to'liq eksportga sotadi. Bu imtiyoz evaziga ushbu korxona olib kelgan 1 million dollarlik xomashyo va yarim tayyor mahsulotga 2,2 milliard so'mlik bojxona imtiyozi beriladi.

Ayni paytda bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz qo'shilgan qiymat solig'ining uzluksiz zanjirini yaratish bo'yicha katta islohotlarni olib boryapmiz. Shu bois maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qo'shilgan qiymat solig'ining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi. Bunday tartib tadbirkorlarga bir yilda o'rtacha 350 milliard so'm qo'shilgan qiymat solig'ini qisqa muddatda qaytarib olish va aylanma mablag'larini ko'paytirish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, chetdan olib kelingan tovarlar uchun qo'shilgan qiymat solig'ini 120 kun davomida bo'lib-bo'lib to'lashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.

Ikkinchidan, mamlakatimizda qurilish sohasida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Mahsulot tannarxini kamaytirish bo'yicha Toshkent shahridagi “Shah-Polan M”, Farg'onadagi “Farg‘ona Yasin Qurilish Mollari” kabi 50 dan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalardan takliflar kelib tushgan. Masalan, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq sementning tannarxida – 14 foiz, asfaltda – 10 foiz, qum-shag'al aralashmasida – 7 foizni tashkil etadi.

Shu bois noruda qazilmalarga (qum-shag'al, ohaktosh, gips, dolomit kabi) yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. Buning hisobidan 1,5 mingga yaqin korxonalar ixtiyorida yiliga 500 milliard so'm mablag' qoladi. Masalan, “Huaxin Cement Jizzakh” qo'shma korxonasi o'z ixtiyorida qolgan 27 milliard so'm mablag'ni o'z faoliyatini yanada kengaytirishga sarflashi mumkin bo'ladi.

Uchinchidan, biz xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratyapmiz. Qisqa muddatda yangi ish o'rinlarini yaratadigan sohalardan biri ham servis sohasi hisoblanadi.

Mana, pandemiya hanuz davom etyapti va bu xizmatlar sohasi, ayniqsa, umumiy ovqatlanish va turizm korxonalari uchun qanchalik og'ir bo'layotganini barchamiz ko'rib turibmiz, albatta.

Bu borada umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan o'tgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish bo'yicha 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Shu bois jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini yil yakuniga qadar yer va mulk solig'idan ozod qilamiz. Bu imkoniyat ularga 30 milliard so'm qo'shimcha ko'mak deganidir. Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 milliard so'm qarzlari bo'yicha to'lov muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, kreditlarini qaytarish ham kechiktiriladi.

Shu bilan birga, turizm kompaniyalari va mehmonxonalarni turistik yig'imlardan 2 yil muddatga ozod qilsak, nima deysizlar? Bu – hozirgi qiyin sharoitda tushumi kamayib ketgan 2 ming nafar tadbirkor ixtiyorida 150 milliard so'm qoladi, degani.

To'rtinchidan, bugungi kunda 5 mingga yaqin tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha debitor qarzdorligi mavjud.

Pandemiya sababli ushbu tadbirkorlarga jarima solish va hozirgi paytgacha qo'llangan 6 trillion so'mlik jarimalarni undirish joriy yil yakuniga qadar to'xtatiladi.

Beshinchidan, soliq ma'murchiligini soddalashtirish, soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish yuzasidan jiddiy choralarni amalga oshirishimiz zarur.

Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab soliq idoralari o'z elektron dasturlari orqali biznes sub'ektlariga hisobotlarini shakllantirish xizmatini yo'lga qo'yadi.

Hozirgi vaqtda 228 mingta kichik tadbirkorlarda buxgalter yo'q. Oqibatda soliq hisobotlarini kamchiliklar bilan topshirgan 32 mingga yaqin tadbirkorga moliyaviy jarima solingan.

Hisobotlarni kechiktirib topshirish bilan bog'liq moliyaviy sanksiyalarni qo'llash tartibi esa to'liq bekor qilinadi.

Shuningdek, soliq idoralari qo'llayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani meni xavotirga solmoqda. O'tgan yili kameral nazorati natijasida 336 ta korxonaga 51 milliard so'm moliyaviy jarima qo'llangan bo'lsa, joriy yilning 6 oyida 3 mingdan ziyod tadbirkorlarga 900 milliard so'mdan ortiq jarima belgilangan.

Shuning uchun Bosh vazir o'rinbosari J.Qo'chqorov, moliya vaziri T.Ishmetov, Davlat soliq qo'mitasi raisi SH.Qudbiyev, adliya vaziri R.Davletov, Biznes-ombudsman D.Qosimov bir oy muddatda soliq idoralarining kameral nazorati natijasiga ko'ra moliyaviy jarima qo'llash amaliyotini bekor qilish bo'yicha taklif kiritsin.

Oltinchidan, amaldagi tartibga binoan, tadbirkorlar qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha hisobot topshirish bilan birga, undagi farqni qaytarish uchun soliq idoralariga alohida murojaat qilishga majbur. Bu – 14 ming tadbirkorning faoliyatiga bevosita bog'liq bo'lib, ular uchun qo'shimcha vaqt, ortiqcha sarsongarchilik, degani.

Moliya vaziri T.Ishmetov, Davlat soliq qo'mitasi raisi SH.Qudbiyev bu masalani chuqur o'rganib, kelgusi yildan boshlab qo'shilgan qiymat solig'ini qo'shimcha hujjatsiz qaytarish tartibini amaliyotga joriy etsin.

Yettinchidan, “SAG Agro” korxonasi rahbari Kamol Abdullayev va boshqa 200 dan ortiq tadbirkorlar soliq va bojxona idoralariga to'langan qo'shilgan qiymat solig'ini “zachyot”ga olish, ya'ni o'zaro hisob-kitob qilish imkoniyatini so'ragan.

“SAG Agro” korxonasining soliq bazasida 700 million so'm ortiqcha to'lovi bo'laturib, bojxonada 1,4 milliard so'm to'lashga majbur bo'lgan. Shuning uchun kelgusi yildan boshlab qo'shilgan qiymat solig'ini hisobga olishda soliq va bojxona idoralarining elektron bazalari o'zaro bog'lanadi. Ya'ni, soliq idoralarida qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha mavjud ortiqcha to'lovlar bojxona to'lovlarini amalga oshirayotganda ham inobatga olinadi. Ushbu yengillikdan 10 mingdan ziyod tadbirkor foydalanishi mumkin bo'ladi.




Download 32,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish