Uchinchi yo'nalish. Tadbirkorlarni eng ko'p qiynayotgan muammolardan yana biri – yer ajratish masalasi bo'yicha 4 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan.
Joriy yilda ushbu yo'nalishda katta islohotlarni boshladik. Bu borada Oliy Majlis palatalari tomonidan ma'qullangan qonunni kuni kecha imzoladim. Bu hujjatning qabul qilinishi mamlakatimizning yangi tarixida islohotlar yo'lidagi eng katta qadamlardan biri bo'ldi, deb hech bir mubolag'asiz ayta olamiz. Mana shu islohotlarning ma'no-mazmunini tarmoq va hudud rahbarlari ham, tadbirkorlar ham, aholimiz ham yaxshi tushunib olishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |