Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Men bugun ushbu zalda va joylardagi studiyalarda qatnashayotgan yuzlab tadbirkor yoshlar va opa-singillarimizni ko'rib turganimdan benihoya xursandman.
Biz keyingi 2 yilning o'zida faqatgina xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga 500 million dollar mablag' yo'naltirdik. Ular o'z biznesini boshlashi, jumladan, kasb va tadbirkorlikni puxta o'rganishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Namangandan – Anna Dobrix, marg'ilonlik – Nargiza Aminova, xorazmlik – Shahlo Yo'ldosheva, Toshkent shahridan – Munira Qoriyeva, Madina Ayupova, Toshkent viloyatidan – Nargiza Bekmurodova, surxondaryolik – Muhabbat Qayumova kabi yuzlab ayollarimiz bugungi kunda el-yurtimizga tanilgan tadbirkorga aylandilar.
So'nggi 5 yilda mamlakatimizda yosh tadbirkorlar 5 barobar ko'payib, ularning soni 500 mingdan oshdi.
Tadbirkor ayollar va yoshlar safini yanada kengaytirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bundan keyin ham iqtisodiy siyosatimizning eng ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |