Bankning tenologiyalari bank biznesini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishning vositalari



Download 18,2 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi18,2 Kb.
#577677
Bog'liq
Bankning tenologiyalari bank biznesini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishning vositalari


Bankning tenologiyalari bank biznesini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishning vositalari
Reja:



  1. Korporativ biznes.

  2. Chakana savdo biznesi.

  3. Bank xarajatlari va moliyaviy natijalar.

  4. Bank elektron tizimida axborot texnologiyalari.

Bank korporativ mijozlarni shartli ravishda ikkita asosiy segmentga ajratadi:


yirik korporativ mijozlar;
kichik biznes vakillari.
Katta biznes segmenti bir nechta banklarda xizmat koʻrsatilishni afzal koʻradigan, katta miqdordagi pulga ega boʻlgan va butun moliyaviy xizmatlardan foydalanadigan eng talabchan mijozlar hisoblanadi. Bunday mijozlar toʻlovlar va kreditlash da tezkorlikni, shuningdek, murakkab moliyaviy vositalarni oʻz ichiga olgan mahsulotlarni talab qiladilar. Ular mijozining faoliyat yuritayotgan sohani oʻziga xos xususiyatlarini biluvchi, yuqori malakali bank xodimlari bilan ishlashni afzal koʻradilar.
Bank individual moliyaviy yechimlarni taklif qilish orqali, ushbu segmentdagi mijozlarga xizmat koʻrsatish koʻlamini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bank qisqa muddatli kreditlash, savdoni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari va likvidlikni boshqarish mahsulotlari sohasida, oʻz mahsulot turlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, xizmatlar koʻrsatish tezligini oshirish, ayniqsa, kredit ajratishda muhim ahamiyatga ega. Bank mijoz menejerlari va mijozlar vakillari oʻrtasida operativ hamkorlik qilish mexanizmlarini yaratadi.
Kichik biznes segmenti Bank uchun katta qiziqish uygʻotadi, sababi maqbul daromadlilik darajasini taʼminlaydi, shu bilan birga mijozlar bazasini samarali diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Iqtisodiy islohotlar va davlat tomonidan kichik biznesning faol qoʻllab-quvvatlanishi tufayli, Bankning potentsial mijozlari soni jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. 2022-yilda kichik biznesni moliyalashtirish uchun, yirik xalqaro moliya institutlaridan, kredit liniyalarini jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib boriladi, bu ayni paytda bankning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshiradi. 2022-yilda kichik biznes bilan shugʻullanuvchi mijozlariga xizmat koʻrsatish jarayoni, masofaviy va raqamli kanallar orqali xizmat koʻrsatishni rivojlantirishdan iborat boʻlib, ularga oʻzlarining biznes mablagʻlarini nazorat qilish va boshqarish uchun qulay yechim taqdim etiladi. Raqamli kanallarni yanada rivojlantirish mijozlar bilan ishlovchi menejerlarini ishini yengillashtiradi va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda, shaxsiylashtirilgan xizmatlarning yangi paketlarini joriy etish imkoniyatlarini ochib beradi.
Mijozlar bazasini yaratishda asosiy eʼtibor, katta miqdordagi naqd pul qoldigʻiga va yaxshi hisob-kitoblarga ega boʻlgan mijozlarga qaratiladi. Bu 2022-yil oxirigacha yuridik shaxslarning hisoblaridagi qoldiqlarni 9,5 trln soʻmgacha oshirish imkonini beradi.
Korporativ mijozlarning milliy valyutadagi hisoblariga xizmat koʻrsatish prognozlarga koʻra, kamida 103,6 mlrd.soʻm miqdorida ldaromad keltiradi. Chet el valyutalari hisoblariga va tashqi iqtisodiy faoliyati uchun xizmat koʻrsatish esa, 269,6 mlrd. soʻm miqdoridagi daromad keltiradi.
Resurs bazasi barqarorligini taʼminlash maqsadida, yuridik shaxslarning muddatli omonatlarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratiladi. 2022-yil oxirigacha ularning qoldigʻini 3043 milliard soʻmga (shu jumladan xorijiy valyutada) yetkazish rejalashtirilgan boʻlib, foiz xarajatlari 335,4 milliard soʻmni tashkil etadi.
Olingan mablagʻlar Bankning faol operatsiyalarini moliyalashtirishning, yaʼni kreditlashnig asosiy manbai boʻladi. 2022-yilda kredit portfelini 11,9 trln. soʻmgacha oshirish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 8,3 trln soʻm milliy valyutadagi kreditlar va 3,6 trln. soʻmlik soʻm ekvivalentidagi xorijiy valyuta kreditlari tashkil etadi.
2020-yilda kichik biznesni kreditlash alohida yoʻnalish sifatida belgilandi. 2020-2021-yillardagi amaldagi moliyaviy natijalar ushbu qadam toʻgʻri qoʻyilganini koʻrsatdi va emissiya jarayonlarining optimallashtirilishi, rentabellik va muammoli aktivlarning past ulushi buni tasdiqladi.
2022-yilda Kichik kreditlash boʻyicha kredit portfeli qoldigʻini 1,7 trln. Soʻmga yetkazish taxmin qilinmoqda.
Chakana savdo biznesni, xususan, chakana kreditlashni rivojlantirish asosan kredit portfelini umuman diversifikatsiya qilish imkoniyati bilan bogʻliq ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. 2022-yilda chakana kredit portfelining qoldigʻi 6,5 trln. soʻm deya taxmin qilinmoqda. Emissiyaning prognoz qilinayotgan hajmi va foiz stavkalarini hisobga olgan holda, bank 2022-yilda jismoniy shaxslarni kreditlashdan 1132 mlrd.soʻm daromad olishni moʻljallamoqda.
2022-yilda chakana savdo biznesini rivojlantirish uchun bank quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
muntazam toʻlovlar, pul mablagʻlarini oʻtkazish, tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, mablagʻlarni tejash kabi oddiy operatsiyalarni qulay, tez va foydali amalga oshirish. Shu maqsadda mehnatga haq toʻlash loyihalari, jismoniy shaxslarning hisoblari oʻrtasida pul mablagʻlarini oʻtkazish, overdraft va moliyaviy aktivlar bilan taʼminlangan kredit liniyalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Mijozlarni masofaviy identifikatsiyalashning yangi usullarini joriy etish orqali, jamgʻarma mahsulotlarini rivojlantirish va plastik kartochkalardan foydalanishni ommalashtirish zarur;
xalqaro toʻlov tizimlariga ega plastik kartalar boʻyicha hamkor dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish. 2021-yilda Bank bosh ofisi xodimlari oʻrtasida VISA bilan hamkorlikda xorijiy valyutada toʻlash imkoniyatiga ega boʻlgan, soʻmlik ish haqi kartalarini chiqarish boʻyicha, yangi hamkorlik dasturi ishga tushirildi. 2022-yilda Bank ushbu mahsulotni ommaviy bozorga chiqarishni va uni barcha mijozlariga taklif qilishni rejalashtirmoqda;
mijozlar bilan uzoq muddatli va yaqin munosabatlar oʻrnatish. Ushbu vazifani hal qilish uchun mijozlarning ehtiyojlarini tushunish va har bir mijoz segmentiga individual yondashuvni topish muhimdir. Bank alohida mahsulotlarga qaraganda jozibaliroq boʻlgan mahsulot paketlarini ishlab chiqadi. Bunday paketlarni tuzish uchun bank mijozlar maʼlumotlarini toʻplash, saqlash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bank 2022-yilda jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatishdan 245,8 milliard soʻm daromad olishi kutilmoqda. Shu bilan birga, plastik kartochkalardan foydalangan holda koʻrsatilgan xizmatlardan (kartalarni chiqarish, tranzaksiyalarni amalga oshirish, toʻlovlarni qabul qilish va bankomatlardan naqd pul berishdan olingan daromadlar) 199,0 mlrd.soʻmni tashkil etadi. Chakana savdo boʻlimlarida koʻrsatilgan xizmatlardan (pul oʻtkazmalari, hisobdan-hisobga pul oʻtkazish, naqd pul yechib olish) daromadlari 46,8 mlrd.soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, chakana savdo mijozlari Bank uchun strategik ahamiyatga ega, chunki ularning mablagʻlari Bank resurs bazasining asosiy qismini tashkil qiladi va ularning chiqib ketish xavfi past. 2022-yilda jismoniy shaxslarning omonatlari boʻyicha qoldiqlarni 6,7 trln. soʻmni tashkil etadi, shundan muddatli depozitlar 5,7 trln. soʻm. Joriy oʻrtacha depozit stavkalarini, yaʼni xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha 5% va milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha 21%, shuningdek, depozitlar boʻyicha yangi potensial mahsulotlarni hisobga olgan holda, nafaqat milliy valyutada, balki xorijiy valyutalardagi qoldiqlarni ham bosqichma-bosqich oshirish kutilmoqda.
2022-yil uchun foiz xarajatlari bashorati (filiallararo depozitlar boʻyicha foizlarni hisobga olmaganda) 893,5 mlrd soʻm. Foizlar boʻyicha harajatlarning oʻsishi mijozlar hisoblaridagi naqd pul qoldiqlarining koʻpayishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, Markaziy bankning uzoq muddatli resurs bazasiga nisbatan, joriy talablari saqlanib qoldi, ularni bajarish uchun Bank bir yildan ortiq muddatga qoʻshimcha ravishda, “qisqa” resurslardan qimmatroq boʻlgan muddatli depozitlarni jalb qilishi kerak boʻladi.
2022-yilda foizsiz xarajatlar darajasi 240,2 mlrd soʻmga rejalashtirilgan. 2022-yilgacha oʻsish, yigʻim va komissiya daromadlarining, shuningdek, spot va konversion operatsiyalardan olingan valyuta farqlari koʻrinishida, daromadlarning oshishi kutilmoqda.
2022-yil uchun operatsion xarajatlar prognozi 561,1 mlrd. soʻmni tashkil etmoqda. Operatsion xarajatlarning oʻsishiga taʼsir qiluvchi asosiy xarajatlar moddalariga quyidagilar kiradi:
Xodimlarning ish haqi va boshqa nafaqalari shaklidagi xarajatlari;
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi;
Maʼmuriy harajatlar, reklama aksiyalarini oʻtkazilishi, soliqlar, yuridik, konsalting, audit, sugʻurta xizmatlari va boshqa operatsion xarajatlar.
Bugo`ngi kunda banklarning asosiy muammolaridan biri bu - bank elektron tizimiga yo’naltiriladigan investitsiyalarni boshqarishdir. Chunki ban elektron tizmida bank industriyasi o’zgarishlari va bank faorliyati haqida zamonaviy tasavvur to’liq aksetishi lozim. Biznesning strategik yo’nalilaridagi muvaffaqiyat to’lig’icha yangi tizimlar realizatsiyasiga bog’liq.
Bu muammoni echa olgan raqobatlashayotgan banklar 2000 yilda etakchilik orasida bo’ladi. Bankning muvaffaqiyatli ishlashi axborotlashtirishga jiddiy munosabatsiz iloji yo’q.
Avtomatlashtirilgan tizimlar bankni muvaffaqiyatga olib keluvchi bank faoliyatini rivojlantirish yo’llari izlanishni qo’llab-quvvatlashi lozim. Lekin ko’pincha bu tizimlar mehnatning “qo’l texnologiyasi”ni to’liq takrorlaydi (bunday vaziyatni anglatuvchi maxsus inglizcha atama “electronic concretc” ham paydo bo’ldi).
Ayni vaqtda zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalanish bankka mijozlar bilan ishlash, bozor tadqiqoti, moliyaviy boshqaruv kabi asosiy sohalarda yordam berishi, hisbo va hisobot bo’yicha bank ichki operatsiyalarini mutlaqo ishonchli qilishi, yanada foydali xizmatlar joriy etishi mumkin Bankda axborotlashtirish to’g’ri olib borilayotganligini baholashga imkon beruvchi tamoyillar mavjud. Muvofiqlik tamoyili. Bu tamoyilga rioya etish axborotlashtirishni shunday tarzda bajaralishini ta’minlaydiki, tizimni qisman bilish qolganlarini oldindan aytib berishga imkon beradi, ya’ni butun tizim bir asosga qurilishi zarur. Moslik va ortogonallik tamoyili tizimga qo’yilgan talablarga mos funktsiyalargina o`nga kiritilishini talab qiladi.Kiritilgan funktsiyalar mustaqil bo’lishi lozim.
Tejamkorlik va to’liqlik tamoyil tizimda funktsiyalar ikkilantirilishi mumkin emas. lekin texnologik va iqtisodiy cheklanishlarni hisobga olgan holda kiritilgan funktsiyalar foydalanuvchining istak va extiyolariga to’liq javob berishi lozimligini anglatadi.
Ochiq oshkoralik tamoyili. Dasturiy majmualar ishlab chiqish va ekspluatatsiyasi jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, tizimlarni yaratishda qator kelishuvlarga erishish lozim.Bunday kelishuvlar ishlab chiqilgan va ular bajarilayotgan tizimlarni ochiq oshkora deb atash qabul qilingan. Oshkora(ochiq) tizimlar standartiga rioya qilish tizimlar eksplulatatsiyasi va modernizatsiyasiga harajatlarni qisqartirishga, ishlanmalar sifatini oshirishga imkon beradi.Bu kelishuvlar quyidagilarni nazarda tutadi:
Komp’yuter tizimiga talablarni ifodalashdan avval tizimdan kim foydalanishi, bundan kim foyda olishi, tizimda qanday axborot ishlanishini aniqlab olish zarur. Agar komp’yuter tizimi kutubxona kitobxonlariga xizmat ko’rsatishni avtomatlashtirish uchun tashkil etilsa, aviachiptalar sotishni avtomatlashtiruvchi tizimga qaraganda boshqaroq talablar qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan bank elektron taxlil qilamiz. Tizim foydalanuvchilari bank xodimlari bo’lib, ular hisoblash texnikasi va informatika bo’yicha mahsus kasbiy ta’limga ega emas. Ular uchun komp’yuter asosiy ishi uchun qo’shimcha yordamchi instrument
Download 18,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish