Hurmatli senator va deputatlar! Qadrli yurtdoshlar!


Ikkinchidan, ekologik xavfsizlik, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish eʼtiborimiz markazida turishi zarur



Download 82,24 Kb.
bet16/17
Sana27.06.2022
Hajmi82,24 Kb.
#710000
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Dinora 101

Ikkinchidanekologik xavfsizlik, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish eʼtiborimiz markazida turishi zarur.
Suv xoʻjaligi vazirligi 2019 yil davomida mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishi lozim. Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo boʻldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga koʻtarilmoqda. Bu esa Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida “Trast fondi”ning tuzilishi oʻzbek diplomatiyasining katta yutugʻi boʻldi.
Biz Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz. Biz Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil oʻrmonlar barpo etishga alohida eʼtibor bermoqdamiz. Agar mustaqillik yillarida Oʻzbekiston boʻyicha 1 million 220 ming gektarga yaqin oʻrmonzor yaratilgan boʻlsa, shundan 400 ming gektardan ortigʻi aynan Orolboʻyi hududida barpo etilgan. Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga koʻra, Orol dengizining suvsiz hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar oʻrmonzor barpo etiladi. Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Xususan, Moʻynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega boʻlgan zamonaviy shaharcha bunyod etiladi.
Uchinchidanochiqlik, oʻzaro teng va manfaatli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni davom ettirish va uning samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrishimiz zarur.
Siyosiy-iqtisodiy munosabatlar doirasini kengaytirish uchun chet davlatlarda Oʻzbekistonning yangi vakolatxonalarini ochish, xodimlar sonini koʻpaytirish kerak.
Xalqaro maydonda mamlakatimiz siyosiy-iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish uchun davlatimizning tashqi iqtisodiy va siyosiy faoliyatiga doir qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish lozim. Vazirlar Mahkamasi va Xavfsizlik kengashi apparatiga ushbu masalaga doir qonun loyihasini 1 aprelgacha ishlab chiqish topshiriladi. Biz kelgusi yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasi bilan, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan faol tashqi siyosat olib boramiz. Bizni oʻzaro mushtarak tarixiy-madaniy va maʼnaviy qadriyatlar bilan bogʻlab keladigan musulmon dunyosi mamlakatlari bilan hamkorlikni bundan buyon ham mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratamiz. Ayni shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, biz xorijiy sheriklarimiz bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni barcha sohalarda amaliy mazmun bilan yanada boyitish tarafdorimiz. Biz oʻz tashqi siyosatimizda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan aniq va ravshan strategiyaga tayanamiz. Bu borada Oʻzbekiston mintaqadagi qoʻshni davlatlar bilan, shuningdek, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Eron bilan amaliy va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishni muhim vazifa, deb biladi. Ushbu strategiyani amalga oshirishda qoʻshni Afgʻoniston alohida oʻrin egallaydi. Biz xalqaro hamjamiyatni Afgʻoniston hukumati rahbarligida tinchlik muzokaralarini boshlash zaruratini qoʻllab-quvvatlashga daʼvat etdik. Shu munosabat bilan, 2018 yilning mart oyida Afgʻoniston boʻyicha oʻtkazilgan yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi zamonaviy Afgʻoniston tarixida xalqaro miqyosdagi eng qamrovli anjuman boʻlganini taʼkidlash lozim.
Konferensiya yakuni boʻyicha qabul qilingan, uning barcha qatnashchilarining yakdil pozitsiyasi ifoda etilgan “Toshkent deklaratsiyasi” Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha oʻziga xos Dastur boʻldi. Aynan ushbu konferensiyadan soʻng Afgʻonistondagi barcha siyosiy kuchlar, jumladan, “Tolibon” harakati ishtirokida muzokaralar jarayonini boshlashga qaratilgan xalqaro harakatlar yanada faollashdi. Oʻzbekiston Afgʻoniston rahbariyati va mamlakatning yetakchi siyosiy kuchlari, jumladan, “Tolibon” harakati vakillari bilan bir qator muhim muzokaralar oʻtkazdi.
Ushbu siyosiy kuchlar afgʻon muammosini hal qilishda Oʻzbekiston samarali vositachi boʻla olishi mumkinligini eʼtirof etdilar.
Maʼlumki, Afgʻonistondagi vaziyatni barqaror etishning muhim sharti – mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklashdan iborat.
Bu borada biz Afgʻonistonda transport va logistika, energetika, savdo va taʼlim sohalarida yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kirishdik.
Oʻzbekiston tomonidan qurilayotgan Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasi, Termiz shahrida afgʻon fuqarolarini oʻqitish uchun ochilgan Taʼlim markazi, bojxona terminaliga ham ega boʻlgan “Termiz-kargo” logistika markazi, Mozori Sharif – Hirot va Mozori Sharif – Kobul – Peshavor temir yoʻl liniyasi loyihalari ishlab chiqilayotgani shundan dalolat beradi. Oʻzbekiston afgʻon muammosini yechish uchun bundan buyon ham har tomonlama yordam koʻrsatadi. Biz uchun eng muhim pirovard natija – Afgʻonistonda tinchlik muzokaralarini boshlash va milliy yarashuvga erishishdan iborat.
Hurmatli doʻstlar!
Oʻzbekiston millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik sohasida oʻz anʼanalariga doimo sodiq boʻlib, bu yoʻldan hech qachon ogʻishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat, doʻstlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali eʼtibor qaratiladi. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. Xabaringiz bor, yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat –“Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil sentyabr oyida Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan edi. Bizning taklifimizni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan 193 ta davlat keng qoʻllab-quvvatlagani jahon hamjamiyati tomonidan Oʻzbekistonning saʼy-harakatlariga berilgan yuksak baho va eʼtirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va gʻurur-iftixor bagʻishlaydi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, bugungi anjumanimizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlar vakillariga samimiy minnatdorlik bildirishga ruxsat etgaysiz.
Aziz vatandoshlar!
Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida har bir yil ulkan dastur va loyihalarni amalga oshirish, yurtimizni ravnaq toptirish boʻyicha yangi-yangi yutuqlar, bilim va tajribalar davri boʻlib qolmoqda. Biz yangi yildan boshlab siyosiy hayotimizda yana bir amaliyotni joriy etamiz. Kirib kelayotgan yilning bosh hujjati boʻlgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yoʻnalish boʻyicha Bosh vazir va hukumat aʼzolari amalga oshirilgan ishlar haqida Senat va Qonunchilik palatasi oldida har chorakda hisobot berib boradi. Bu jarayon ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishi lozim.
Shu tariqa fuqarolar Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni bajarish boʻyicha hukumat qanday ish olib borayotganidan xabardor boʻladi. Yaʼni, hukumat faoliyatiga xalqning oʻzi baho beradi. Hammamiz bir haqiqatni yaxshi tushunamiz, 2019 yil uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish, albatta oson boʻlmaydi. Hali faqat qogʻozda boʻlgan bu reja va dasturlarni amaliy ishlarga, real natijaga aylantirish uchun barchamiz birgalikda qattiq mehnat qilishimiz kerak. Bu yoʻlda bizga ishonch va ilhom, gʻayrat va shijoat beradigan beqiyos bir kuch-qudrat borki, biz unga tayanib, oʻz maqsadlarimizga albatta yetamiz.

Download 82,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish