Hurmatli senator va deputatlar! Qadrli yurtdoshlar!


Birinchidan, parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish lozim



Download 82,24 Kb.
bet12/17
Sana27.06.2022
Hajmi82,24 Kb.
#710000
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Dinora 101

Birinchidan, parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish lozim.
Hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin vazirlarni lavozimga qoʻyishda qatnashmaydi.
Shuning uchun Hukumat aʼzolari parlament oldida masʼuliyatni yetarli darajada his etayotgani yoʻq. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman. Boʻlajak vazir parlament aʼzolari oldida sohani rivojlantirish boʻyicha oʻz dasturini himoya qilsin va unga erishish yoʻllarini asoslab bersin. Bir soʻz bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin. Ayni vaqtda joylardagi mahalliy kengashlarda ham viloyat va tuman idoralari rahbarlarini tasdiqlash boʻyicha mana shunday amaliyotni joriy etish kerak. Parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan biri boʻlgan Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini koʻrib chiqishga alohida ahamiyat berishimiz zarur. Bu ishni yuqori professional darajada yoʻlga qoʻyish uchun Oliy Majlis qoshida Davlat byudjeti boshqarmasini tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlur edi.
Ikkinchidanijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qoʻllash zarur.
Barcha davlatlarda Hukumat islohotlar ijrosi uchun javob beradigan yuqori vakolatli organ hisoblanadi.
Hozirgi kunda Hukumat komplekslari tarkibiga 160 dan ortiq idora va tashkilotlar kiradi, Bosh vazirning soha va tarmoqlar boʻyicha 8 nafar oʻrinbosari mavjud.
Lekin Vazirlar Mahkamasi va uning tarkibidagi idoralarning islohotlar jarayonidagi oʻrni bugungi kun talabiga javob beradimi? Bu savolga, afsuski, ijobiy javob berolmaymiz.
Vazirlar va kompaniya rahbarlari arzimagan masala boʻyicha ham Vazirlar Mahkamasiga qatnashga oʻrganib qolgan. Oqibatda, Hukumat faqat kundalik joriy masalalarni hal qiladigan tuzilmaga aylanib bormoqda.
Iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni chuqur tahlil qilish va joylardagi haqiqiy ahvolni oʻrganish esa eʼtibordan chetda qolmoqda.
2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb nom berganimiz munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi va uning chet eldagi vakolatxonalari ham oʻz ishini qayta koʻrib chiqishlari lozim boʻladi. Bundan buyon bizning xorijdagi elchilarimizga ham talab oʻzgaradi. Ularning faoliyatiga birinchi navbatda investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha qanday ishlayotganiga hamda ana shu investitsiya miqdoriga qarab baho beriladi. Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, Hukumat va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralar faoliyatini optimallashtirish va takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish, rahbar kadrlarning shaxsiy javobgarligi va masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash vazifasi yuklatiladi. Prezident qabulxonalarining ikki yillik ish tajribasi shuni koʻrsatdiki, biz yaqin oʻtmishda xalqdan, uning tashvish va muammolaridan ancha uzoqlashib qolgan ekanmiz. Biz fuqarolar bildirgan fikr-mulohaza va takliflarni inobatga olib, davlat boshqaruv tizimini isloh qilishimiz, ilgʻor davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplariga bosqichma-bosqich oʻtishimiz lozim. Bu shuni bildiradiki, endi davlat muassasalari bevosita fuqaro bilan ishlashga oʻtadi. Davlat idoralari xalqqa, jumladan, tadbirkorlarga yaqin koʻmakchi boʻlishi zarur. Davlatning boshqaruv sohasidagi baʼzi funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida, jumladan, “autsorsing” shaklida xususiy sektorga topshirish lozim.

Download 82,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish