Huquqshunoslik


Ayb uchun javobgarlik tamoyili



Download 0,6 Mb.
bet88/112
Sana26.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#185708
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Ayb uchun javobgarlik tamoyili. Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.

  • Javobgarlikning muqarrarligi tamoyili. Qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart.

    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topi- ladi.

    Jinoyat deb bilish uchun, albatta, qilmish ijtimoiy xavfli bo‘lishi va bu qilmish Jinoyat Kodeksida taqiqlan- gan bo‘lishi lozim. Qilmishning harakat yoki harakatsiz sodir etilishida aybli, ijtimoiy xavfli bo‘lishi asosiy o‘rin- ni egallaydi. Masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi harakatli yoki harakatsiz amalga oshirilishi mumkin. Chaqaloqni bo‘g‘ib o‘ldirish, suvga tashlash, tiriklayin ko‘mib qo‘yishi harakatli qilmish turiga kiradi. Bolani tashlab ketish, unga qaramasdan qiynoqda qoldirish harakatsiz qilmish turiga kiradi.

    Harakatsiz aybli qilmishga — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash misol bo‘la oladi.

    Aybli ijtimoiy xavfli qilmish qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. Jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan



    VII b o b. Jinoyat huquqi

    125


    bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topila- di. Jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.

    Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyati- ni anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yet- gan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday ji- noyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi.

    Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyati- ni anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yet- gan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.

    O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.

    Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi- ga ko‘ra: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan; uncha og‘ir bo‘lmagan; og‘ir; o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi.


    Download 0,6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish