Qonuniylik tamoyili. Sodir etilgan qilmishning ji- noiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat Kodeksi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining maxsus qismida jino- yat deb ko‘rsatilgan jinoyatlar uchungina jinoiy jazo choralari qo‘llaniladi. Hech kim sudning hukmi chiq- may turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qo- nunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Respublikamiz Konstitutsiyasining 25-moddasida: «Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas», deb yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |