Insonparvarlik tamoyili. Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qim- matini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26- moddasida «Hech
124 Huquqshunoslik
kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki in- son qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas», deyilgan.
Odillik tamoyili. Jinoyat sodir etishda aybdor shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligi- ga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga mu- vofiq bo‘lishi kerak. Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |