Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan mud- datga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan mud- datga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Masalan, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini kat- ta qimmatda buzish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan ja- zolanadi (JK, 189-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |