Huquqshunoslik


Shartnomalar, ularning turlari



Download 0,6 Mb.
bet49/112
Sana26.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#185708
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Shartnomalar, ularning turlari

«Shartnoma» so‘zi keng ma’noga ega. Shartnoma deb fuqarolik huquqiy munosabatda ikki yoki bir necha shaxs- ning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuviga aytiladi. Shartnomalar bitimlarga o‘xshash ikki va ko‘p taraflama



72 Huquqshunoslik

bo‘lishi mumkin. Shartnoma majburiyatning kelib chiqishini isbotlovchi yuridik fakt, desak ham bo‘ladi. Chunki majburiyatlar shartnomalardan kelib chiqadi.

Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin harakat qiladilar. Agar qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shartnoma tuzishga birovni — shaxslarni maj- bur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Demak, shartnomaning asosiy shartlaridan biri taraflarning xohishi bilan belgi- langan asosda tuzilishidir.

Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida bosh- qacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli qo‘lla- niladigan me’yor (dispozitiv me’yor)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib, uning qo‘lla- nishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv me’yor bilan belgilanadi.

Shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo‘ladi.

Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi.

Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 366-moddasiga binoan shartnomalar uchun ma’lum bir shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzi- lishi mumkin.

Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va taklifni kiritgan shaxs- ning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.

IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari 73

Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi.

Aksept to‘liq va pisandasiz bo‘lishi kerak.

Agar shartnomaning mazmunidan boshqacha tartib anglashilmasa, u kimoshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Shartnoma kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuziladi.

Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv ham, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muo- malasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, shunday shaklda tuziladi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish