Huquqshunoslik



Download 0,6 Mb.
bet48/112
Sana26.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#185708
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Zarar yetkazish — bu g‘ayriqonuniy harakat (hara- katsizlik) tufayli fuqarolarning shaxsiga yoki mol-mulki- ga zarar yetkazish deb taniladi.

Zarar yetkazish bir necha turlarga bo‘linadi: œ zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazish; œ oxirgi zarurat holatida zarar yetkazish;



  • yuridik shaxs tomonidan yetkazilgan zarar;

  • xodim tomonidan yetkazilgan zarar;

  • huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan yetkazilgan zarar;

  • zararning o‘z javobgarligini sug‘urtalagan shaxs to- monidan to‘lanishi;

  • o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan keltirilgan zarar;

  • o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar;

  • ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-ona- ning voyaga yetmagan bolalari tomonidan yetkazilgan za-rari uchun javobgarlik;

  • muomalaga layoqatsiz deb topilgan muomala layo- qati cheklangan fuqarolar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  • tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan faoliyat tufayli yetkazilgan zarar;

  • uy hayvonlari tomonidan yetkazilgan zarar va boshqalar.

Har bir zarar yetkazish uchun qo‘llaniladigan jazo choralari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Ko- deksida alohida-alohida belgilangan.

Masalan, zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar, agar bunday mudofaa chegarasidan chiqilmagan bo‘lsa, to‘lanmaydi.

Agar g‘ayriqonuniy tajovuzdan himoyalanish paytida himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan bo‘lsa,

70 Huquqshunoslik

bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan to‘lanishi lo- zim.

Shaxsga uning jinoiy harakatlarining payini qirqish yoxud uni ushlash va tegishli organlarga olib borish sababli yetkazilgan zarar to‘lanmaydi.

Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, ya’ni zarar yetkazgan shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarga tah- did solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat ho- latida yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim (Fuqarolik Kodeksi, 988-modda).

Yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtda yetkazil- gan zararni qoplaydi.

Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yoki bu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida, shu jumladan, davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hujjatlar chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, ular mansabdor shaxslarning aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi lozim.

Qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi si- fatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo‘llash, qamoq tariqasida ma’muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, qo- nunda belgilangan tartibda davlat tomonidan to‘la to‘lanadi.

O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan (kichik yoshdagi bola) tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiylari, agar

IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari 71

zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay ol- masalar, javobgar bo‘ladilar.

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vo- yaga yetmaganlar yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda mustaqil javobgar bo‘ladilar.

Sud ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota- onaga ularning voyaga yetmagan bolalari tomonidan ota-onasi o‘z huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin uch yil ichida sodir etilgan zarar uchun, agar bolaning zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan xulq-atvori ular bolani tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklarining oqibati bo‘lsa, javobgarlikni yuk- lashi mumkin.

Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni uning vasiysi yoki uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shart bo‘lgan tashkilot, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, to‘laydi.

Faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘di- radigan yuridik shaxslar va fuqarolar (transport tashkilot- lari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalari- ning egalari va boshqalar) oshiqcha xavf manbayi yetkaz- gan zararni, agar zarar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganini isbotlay olmasalar, to‘lashlari shart.

Uy hayvoni tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning mulkdori yoki bu hayvonga egalik qiluvchi va un- dan foydalanuvchi shaxs umumiy asoslarda javobgar bo‘ladi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish