Intellektual mulk va uning huquqiy asoslari
«Intellekt» lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «aql» de- gan ma’noni bildiradi. Intellektual mulk asosida aqliy mehnat natijasidagi huquqiy munosabatlar yotadi. Intellektual mulk obyektlari moddiy ko‘rinishda emas, balki g‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo‘ladi. Intellektual mulk obyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1031-moddasiga binoan quyida- gilar kiradi:
Intellektual faoliyat natijalari. Bunga fan, adabiyot va san’at asarlari, u yoki bu eshittirish tashkilotchilari- ning ijrolari, fonogrammalari, eshittirishlari, ixtirolar va boshqalar kiradi.
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlari xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar; ularga firma nomlari, tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), tovar chiqarilgan joy nomi kiradi.
Fuqarolik Kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks etti- ruvchi vositalar kiradi.
74 Huquqshunoslik
Intellektual mulk obyektlari davlat qonunlari bilan huquqiy muhofaza qilinadi. Huquqiy muhofazani vako- latli davlat organlari — O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo‘mitasi, patent idorasi va boshqa te- gishli organlar amalga oshiradi.
Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq- larga ega bo‘ladilar.
Shaxsiy nomulkiy huquq muallifning asari, ijod etgan narsasi daxlsizligini va shu muallifgagina tegishli ekanli- gini bildiradi. Muallif, intellektual mulk egasi, shu bilan bir qatorda, mulkiy huquqlarga ham ega. Muallif o‘zi yaratgan intellektual faoliyati natijasidan o‘zi foydala- nishi, boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish yoki haq evaziga foydalanish uchun ruxsat berish yoxud haq evaziga bu natijaga nisbatan huquqlarini boshqalarga o‘tkazish imkoniyatlariga ega (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qismiga sharhlar. T.,
«Adolat», 1998. 31-bet).
Litsenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan taraf (litsenziar) boshqa tarafga (litsenziyatga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsatnoma beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1041-moddasiga binoan mualliflik huquqi ijodiy faoli- yat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shu- ningdek, ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq eti- ladi.
Muallif (hammualliflar)ning o‘zi yaratgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ayni shu asarga bo‘lgan mualliflik huquqi e’tirof qilinishini istisno etadi.
Muallif asardan o‘z ismi, taxallusini ko‘rsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruxsat berish borasidagi alohida huquqqa egadir.
IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari 75
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qi- ladi.
Asarga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish mud- dati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi.
Muallif yoki uning merosxo‘ri mualliflik shartnomasi tuzish orqali o‘z asaridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Mualliflik shartnomasi uchun haq to‘lash talab qilinadi.
Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
Turdosh huquqlar sahna asarlariga, ijroga, ijroning audio va videoyozuviga (ijro yozuviga), efir va kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuv va eshittirishlariga tatbiq etiladi.
Ijro etish huquqi ijrochilarga — artistlarga, sah- nalashtiruvchi rejissorlarga, dirijorlarga, shuningdek, ularning merosxo‘rlariga tegishlidir. Bunday ijrodan foy- dalanish huquqi boshqa huquqiy vorislarga o‘tishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 62- bobi Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan huquq) deb ataladi.
Sanoat mulki obyektlari intellektual mulk obyektla- rining tarkibiy qismi hisoblanadi. Sanoat mulki obyekt- lariga — ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomi, manbali ko‘rsatkichlar, tovar chiqarilgan joy nomi, g‘irrom raqobatning oldini olish kiradi (O‘zbe- kiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qis- miga sharhlar. T., «Adolat», 1998. 155-bet).
Intellektual mulk huquqi obyektlari bo‘lib seleksiya yutuqlari (o‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari) hisoblanadi.
Fuqarolik qonunlarida uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmagan texnikaviy, tashkiliy yoki tijorat axborotiga, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlariga (nou-xau) qo-
76 Huquqshunoslik
nunan ega bo‘lib turgan shaxs uni (oshkor etilmagan axborotni) noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqiga ega.
Yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisob varaqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va o‘zining faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda, shuningdek, mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa ega.
Yuridik shaxsning firma nomi uning nizomini tas- diqlash vaqtida belgilanadi va u yuridik shaxslar davlat reyestriga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazilishi ke- rak.
Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ro‘yxatdan o‘tkazish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasi o‘ziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |