Vorislik huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonun-hujjatlari vorislik huquqiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tartibga soladi.
Vafot etgan shaxs (meros qoldiruvchi)ga tegishli bo‘lgan mol-mulkning boshqa shaxslar (merosxo‘rlar)ga o‘tishi vorislik deb hisoblanadi. Vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi.
Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol- mulkka nisbatan huquqini u vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi. Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatno-
maning vakil orqali tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqaro o‘zining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga
IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari 77
kiradigan, shuningdek, kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.
Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa man- sabdor shaxs, shuningdek, vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaro meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuniga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar besh navbatga bo‘lin- gan. Birinchi navbatda — meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari), eri (xoti- ni) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar); ikkinchi nav- batda — meros qoldiruvchining tug‘ishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek, uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi; uchinchi navbatda — meros qoldiruvchining tug‘ishgan amakisi, tog‘asi, ammasi va xolasi; to‘ rtinchi navbatda — meros qoldiruvchining oltinchi darajagacha (oltinchi daraja ham shunga kiradi) bo‘lgan boshqa qarindoshlari; beshinchi navbatda — meros qoldiruv- chining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari (uning qaramog‘ida bir yil muddatida boqimanda bo‘lgan shaxslar) qonun bo‘yicha vorislar bo‘lib hisoblanadi.
Meros ochilishi bilan mulk voris ixtiyoriga o‘tadi va
unda shu mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish huquqi vujudga keladi. Lekin meros mulkni tasarruf qilish huquqi qonun bilan belgilangan olti oylik muddat o‘tgandan keyingina yoki vorislik huquqi haqidagi gu- vohnoma olingandan keyin kuchga kiradi.
78 Huquqshunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |