Huquqshunoslik



Download 0,6 Mb.
bet45/112
Sana26.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#185708
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘l- gan muddat.

Umumiy da’vo muddati uch yil deb belgilangan. Ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin.

IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari 65

Mulk huquqi



Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkiga o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qi- lish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu- ningdek, o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qi- lish huquqidan iboratdir.

Mulk huquqi muddatsizdir. Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi. O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘la- di. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqi- ning subyektlaridir. Yer, yerosti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan, bi- nolar, xonadonlar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom- ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek, intellektual mulk obyektlari mulk bo‘lishi mumkin.

Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiy- mati cheklanmaydi.

Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo‘lgan davlat mulki ommaviy mulkdir.

Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komp- lekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muas- sasalari, shuningdek, boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo‘ladi.

Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol- mulk ularga umumiy huquqi asosida tegishli bo‘ladi.

Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huqu- qidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bun-

3 —Huquqshunoslik



66 Huquqshunoslik

day ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.

Mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qo- nunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli. Bu vin- dikatsiya (mulkni talab qilish) deb ataladi. Mulk egasi noqonuniy ravishda uning mulkini egallab olgan boshqa shaxsdan vindikatsiya shikoyat ariza bilan sudga, xo‘jalik sudiga murojaat qilib o‘z mulkini qay- tarib olish huquqiga ega.

Mulkdor o‘z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishi mumkin. Bu negator da’vo (mulkni boshqarishni talab qilish) deb ataladi. Masalan, mulkdor, ozini egalik qil- gan turar joyining derazalarini ochish imkoniyatidan mahrum qilish darajasida qo‘shnisi imoratini qurgan bo‘lsa, qo‘shnisidan imoratini boshqacha shaklda qu- rishni talab qilishga, agar talabni bajarmasa, sudga murojaat qilishga haqli.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish