Shaxslar
Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari shaxslar deb ataladi. Shaxslar fuqarolar (jismoniy shaxslar)ga va yuridik shaxsga bo‘linadi.
Fuqarolar o‘z navbatida fuqarolik huquqiy va muo- mala layoqatiga ega bo‘lishi mumkin. Fuqarolik huquqiy layoqat deganda bu fuqarolarning huquqqa va burchga ega bo‘lishi tushuniladi. Fuqarolik huquqiy layoqat hamma fuqarolarga, yoshidan qat’i nazar beriladi. Bu layoqat inson tug‘ilishi bilan vujudga keladi va o‘lishi bi- lan tugatiladi. Inson tug‘ilishi bilan fuqaro bo‘lishi, ota- onasini bilishi, ism, ota ismiga, turar joyga, yashashga va boshqa huquqlarga ega. Ayrim vaqtda fuqarolik huquqiy layoqat inson bedarak yo‘qolganligi yoki o‘lgan deb gu- mon qilinganligida ham tugatiladi. Agar fuqaroning qa- yerdaligi haqida, uning yashash joyi to‘g‘risida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, u bedarak yo‘qolgan deb, bunday ma’lumotlar uch yil mobaynida bo‘lmasa, o‘lgan deb e’lon qilinadi.
Fuqarolar o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishi va ularni amalga oshirishi, o‘zi uchun fuqaro- lik burchlarini keltirishi va ularni bajarish layoqati — muo- mala layoqati deb ataladi. Muomala layoqati to‘la, to‘liq- siz, qonun asosida cheklangan bo‘lishi mumkin.
To‘la muomala layoqati 18 yoshdan boshlab vujudga keladi. Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar:
Mayda maishiy bitimlar.
Tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tas- diqlashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qil- maydigan bitimlar.
60 Huquqshunoslik
Qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish bo- rasidagi bitimlar.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vo- yaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarning roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:
O‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish.
Fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riq- lanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshi- rish.
Qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish.
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs meh- nat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota- onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul- lanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Bunday layoqatli bo‘lish emansipa- tsiya deb ataladi.
Fuqarolar muomala layoqatidan sudning qaroriga bi- noan mahrum bo‘lishi mumkin. Muomala layoqatidan mahrum etish spirtli ichimliklarni yoki giyohvand modda- larni iste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroga nisbatan amalga oshiriladi. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitim- larni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek, ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ra- vishda mulkiy javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |