Fuqarolik huquqi tushunchasi, maqsadi, vazifasi
Fuqarolik huquqi — huquq sohasining bir bo‘lagi bo‘lib, eng murakkab huquqiy tizim me’yorlarini o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik huquqi ikki — umumiy va maxsus qismdan iborat. Umumiy qismda fuqarolik huquqiga doir asosiy qoidalar, fuqarolik qonun hujjatlarining maqsadlari, fuqarolik huquqiy munosabatlarning vujudga kelish asoslari, fuqarolik huquqiy munosabat subyektlari, obyektlari tushunchasi, turlari, bitimlar haqida ma’lu- motlar, da’vo muddatlari tushunchasi, turlari, mulk huquqiga doir ma’lumotlar beriladi. Maxsus qism o‘z ichiga majburiyat huquqini, majburiyat huquqidan kelib chiqqan huquqiy munosabatlar turlarini, subyektlarning huquq va burchlarini, intellektual mulk asoslarini, voris- lik huquqi asoslarini, xalqaro fuqarolik huquq muno- sabatlari bilan bog‘liq masalalarini o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik huquqi — fuqaro degan so‘zdan kelib chiqqan bo‘lsa ham uning asosiy maqsadi hal qilish munosabati, shaxslar o‘rtasidagi mulkiy va bu muno- sabatlar bilan bog‘liq, mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishdir.
Fuqarolik huquqi har kuni hayotda uchraydigan munosabatlar bilan bog‘liq. Har bir shaxs mulkka ega bo‘lish, undan foydalanish, uni tasarruf etish huquqiga ega. Demak, kun boshlanishi bilan istagan-istamagan holda biz u yoki bu fuqarolik huquqiy munosabatlarida bo‘lamiz. Masalan, oldi-sotdi, hadya qilish, qarz berish yoki olish — majburiyat huquqini; ijod qilish, maqola,
56 Huquqshunoslik
asar, she’r yozish — intellektual huquqni; merosni egal- lash — vorislik huquqini vujudga keltiradi.
Bu munosabatlar, asosan, mulkiy hisoblanadi, chunki ular zaminida mulk yotibdi. Endi shu munosabatlar bi- lan bog‘liq, lekin mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan — insonning vijdoni, erkinligi, qadr-qimmati nima, degan savol tug‘iladi. Bunga oldi-sotdi munosabatida oluvchi- ning yoki sotuvchining xatti-harakati; intellektual mulk egasining ijodiy mahsulotini o‘zlashtirib olish, uni noto‘g‘ri nomlash, muallif to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot- lar berish; vorislik huquqida — merosxo‘rni noto‘g‘ri ayblash, u to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar berish va h. k. kiradi. Shaxsga yetkazilgan ma’naviy zarar mulkiy emas deb taniladi.
Shaxs deganda faqat fuqarolar tushunilmaydi. Fuqarolik huquqiy munosabatda fuqarolar bilan bir qa- torda boshqa shaxslar ham ishtirok etadi.
Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari bir-bir- lari bilan bog‘liq bo‘lsalar ham o‘zaro mustaqildirlar. Ular o‘z xohishlari bilan bu munosabatga kiradilar. Agar fuqarolik huquqiy munosabatidagi shaxslar o‘rtasida nizo vujudga kelsa, bunday holatlarni sud, fuqarolik sudi ko‘rib chiqadi va da’vogarga keltirilgan ziyonni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Fuqarolik huquqi manbalariga O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasi, fuqarolik huquqiga doir qonun- hujjatlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqalar kiradi.
Fuqarolik huquqining asosiy manbasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksidir. Bu kodeks ikki qism- dan iborat bo‘lib, birinchi qismi 1995-yil 21-dekabrda, ikkinchisi 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan. Res- publikamizda mavjud fuqarolik huquqiy munosabatlar de- yarli shu qonun asosida tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy manbasiga O‘zbekiston Respublikasining tadbir- korlik to‘g‘risidagi, mulk to‘g‘risidagi qonunlari ham kira- di. «Huquqshunoslik» fanida «Fuqarolik huquqi»ga ajratil-
IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari 57
gan soat bu huquqni to‘la o‘rganishga imkon bermaydi. Masalan, faqat Fuqarolik Kodeksida 1199 ta modda bo‘lib, u ko‘p huquq institutlarini qamrab olgan. Bizning maqsadimiz fuqarolik huquqiy munosabat asoslaridan hayotda muntazam uchraydiganini, umumiy tushun- chalarni, bilimlarni o‘rgatib, mutaxassislik bo‘yicha kerak- ligidan amaliyotda foydalana olishini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |