Huquqshunoslik



Download 0,6 Mb.
bet98/112
Sana26.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#185708
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Intizomiy qismga jo‘natish uch oydan bir yil muddat- gacha yoki uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozod- likdan mahrum etish o‘rniga oddiy askar va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga qo‘llaniladigan jazo turidir. Bu jazo sud tomonidan belgilangan muddatga

134 Huquqshunoslik

muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etish orqali amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha jazo sifatida harbiy yoki maxsus unvon- dan mahrum qilish jazosi aybdorning og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun mahrum etilishda qo‘llaniladi.

Ozodlikdan mahrum qilish eng og‘ir jazolardan biri hisoblanadi. Bu jazo aybdorni jamiyatdan ajratilgan sharoitda unga majburiy ta’sir choralari ko‘rsatish zarur bo‘lganda qo‘llaniladi.

2008-yil 1-yanvardan boshlab o‘lim jazosi umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan. Bunday jazo o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan voyaga yetgan shaxs- larga nisbatan qo‘llanadi.

Jazoni qo‘llashda uni yengillashtiruvchi yoki og‘ir- lashtiruvchi holatlari inobatga olinadi.

Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:



  1. aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;

  2. yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;

  1. og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;

  2. majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihati- dan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;

  3. jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etishi;

  4. zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;

  5. voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;

  6. homilador ayolning jinoyat sodir etishi;

VII b o b. Jinoyat huquqi

135




  1. jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etishi.

Jazoni og‘irlashtirish holatlariga O‘zbekiston Respub- likasi JKning 56-moddasiga binoan quyidagi holatlar ki- radi:

  1. homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nis- batan;

  2. yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nis- batan;

  1. xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarin- doshlariga nisbatan;

  2. aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;

  3. o‘ta shafqatsizlik bilan;

  4. ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;

  5. yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsdan foydalangan holda;

  6. jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqan- ligi;

  7. umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;

  8. g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;

  9. irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;

  10. bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til birik- tirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;

  11. ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;

  12. mastlik holatida giyohvand, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish.

Jinoyat qonunlarida javobgarlikdan va jazodan ozod qilish turlari ko‘rsatilgan. Sodir etilgan qilmish uchun ji- noiy javobgarlikdan ozod qilishning imkoniyati masalasi ikki omildan iborat bo‘ladi:

136 Huquqshunoslik

  1. shaxs jinoyat belgilarini ifodalagan qilmishni sodir etganda, shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun barcha asoslar mavjud bo‘lmaganda;

  2. mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan holatlarda.

Javobgarlikdan ozod qilish javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan, qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi muno- sabati bilan, aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan, kasalligi tu- fayli, amnistiya akti asosida amalga oshiriladi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish