Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


Mavzu: Huquqiy tarbiya jarayoni



Download 0,88 Mb.
bet28/54
Sana30.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#846104
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
Хуқуқий мад ҳ қий тарб мажмуа 2020 (1)

Mavzu: Huquqiy tarbiya jarayoni


Reja: 1. Xuquqiy tarbiya jarayoni tushunchas
2. Huquqiy tarbiyaning vazifalari.
3.Huquqiy tarbiya jihatlari.


Tayanch so‘z va iboralar: Tarbiya, jarayon, vazifa, jihat, hususiyat, huquq, huquq normasi, g‘oya, mohiyat prinsip, gurux, obekt, subekt, tamoyil, bilim, bosqich.


Huquqiy tarbiya jarayoni tushunchasi
Huquqiy tarbiya jarayonining o‘ziga hosligi, eng avvalo, huquq va uning normalarining ob'ektiv o‘ziga xosligi va sifatiga bog‘lik. Huquq xususiyatlari (irodaviy va normativ xususiyati, rasmiyligi, majburiyligi va shu kabilar) ko‘rilayotgan tarbiya jarayonida o‘z izlarini qoldiradi, uni huquqiy o‘ziga xos qiladi. Chunki ob'ektiv huquq bu jarayonning boshlang‘ich asosi bo‘lishi bilan birga, uning uchun asosiy manba hisoblanadi.
Davlat huquqiy tarbiya jarayoni vositasida fuqarolar huquqiy ongiga majburiy hususiyatga ega bo‘lgan g‘oyalar olib kiradi. Shundan kelib chiqib, huquqiy tarbiya jarayonining quyidagi bosh xususiyatlarini belgilash mumkin:
birinchisi, hamma uchun majburiy huquqiy normalar tizimi uning boshlang‘ich asosi hisoblanadi;
ikkinchisi, u amalga oshirilayotganda tarbiyalanuvchilar huquqiy ongiga davlat tomonidan o‘rnatilgan, ularning fe'l-atvoriga taalluqli huquqiy yo‘l-yo‘riklar, ruxsatlar, man qilishlar singdiriladi;
uchinchisi, huquqiy tarbiya zarur hollarda davlat tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan kuch ishlatish kafolatiga tayanadi;
to‘rtinchisi, uning ta'sir doirasi nafaqat huquq normalariga rioya qiluvchi odamlarni, shuningdek, huquqbuzarlikka moyil yoki huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ham qamrab oladi va bu ma'lum darajada huquqbuzarlikning oldini olish masalasini yechishga xizmat qiladi;
beshinchisi, u maxsus huquqiy tarbiyaviy shakllarda, maxsus huquqiy vosita va uslublar yordamida amalga oshiriladi;
oltinchisi, uni amalga oshiruvchi shaxslar, odatda, yuridik ma'lumotga ega yoki maxsus yuridik tayyorgarlikni o‘tagan bo ‘lishadi.
Huquqiy tarbiya jarayonining samaradorligi, tarbiyachilar bilan bir qatorda tarbiyalanuvchilar faolligini ham taqozo qiladi.
Inson faol mavjud ot bulsada, unga tavsiya etilayotgan xuquqiy bilimlarni ko‘r-ko‘rona kabul kilmaydi, u bir vaktning uzida xuquqiy tarbiyaning xam ob'ektga, xam sub'ektga bo‘lib xisoblanadi. Tarbiyalanuvchining faol bulishi azaldan tabiatan, belgilab kuyilgan. Chunki u oliy mavjudot sifatida uzini tugrilab, ustirib, uzluksiz mukammallashtirib borish imkoniga ega.
Huquqiy ongni xuquqiy tarbiyaga berish orqali shakllantirishga urinilganda ikki tomonlama jarayon sodir bulayotganga uxshaydi. Bittasi bu jarayonning sifat darajasi —(individlar, jamoat guruxdari) tomonidan xuquqiy bilimlarni tuplash, ikkinchisi, mana shu tuplangan bilimlarni uz e'tik.odiga aylantirish.
Demak, tarbiya jarayoni, eng avvalo huquqiy bilimlarning tarbiyalanuvchilarda xuquqiy e'tikodga aylanishini ta'minlashi lozim.
Huquqiy e'tiqod xosil qilish tarkibi, nafaqat ququqiy normalarni bilishni, nafaqat bu bilimlarning haqiqiyligiga ishonchni taqozo qiladi, shuningdek, ularga tayanib harakat qilishga doim tayyor bo‘lishni ham talab qiladi. Huquqiy e'tiqodlarni shakllantirish, shu tariqa olingan huquqiy bilimlarni ichki ma'naviy qadriyatlarga aylantirish bilan chambarchas bog‘liq.
Binobarin, xuquqiy tarbiyani shunday kurish zarurki, berilayotgan xuquqiy bilimlar, tarbiyalanuvchilar uchun kadrli, qimmatli, ahamiyatta molik bulib chiqsin, ya'ni u shunday bilim bulsinki, unga shaxslar yoki guruxlar yuqori baxr bersinlar, uzlari uchun doimiy zarurat deb bilsinlar.
Huquq normalari huquqiy tarbiya mobaynida, tarbiyalanuvchilar kuzlaydigan bunday ob'ekt bulib, hisoblanadi. Huquqiy tarbiya esa mazkur normalarning ijtimoiy-siyosiy qimmatani har bir shaxs hamda jamiyat manfaatlarini ta'minlashdagi ahamiyatini chuqur ochishga qaratilmog‘i zarur.
Biroq, huquqiy normalar haqidagi bilimlarni qat'iy e'tiqodga va ma'naviy qadriyatlarga aylantirishning o‘zi yetarli emas. Shu bilan birga, huquqqa monand odatlar, qonunga mos fe'l-atvor xosil qilishi lozim.
Shunday qilib huquqiy tarbiya jarayoni masalasi tarbiyalanuvchilar huquqiy ongida bilimlar, xuquqiy e'tikdslar, xuquqiy ehtiyojlar va kadriyatlar yigindisi hosil bulgandagina yechilishi mumkin.
Xuquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlarda kechadi va u huquq normalari bilan boshqariladi. Shu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar xuquqiy tarbiya doirasi xisoblanadi. Uning ichida tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruxlar) xuquqiy ongining shakllanishi kechadi. Huquqiy tarbiya jarayoni, kup jixatdan u kechayotgan sharoit bilan belgilanadi. Fukarolarni xuquqiy tarbiyalash sharoiti deyilganda xuquqiy tarbiya ishlarini utkazishga ko‘maklashadigan yoki uni kiyinlashtiradigan xolatlar tushuniladi.
Huquqiy tarbiya faoliyatini utkazishga ko‘maklashadigan (ijobiy sharoitlar) sharoitlarga ijtimoiy xarakterdagi (demokratlashtirish va oshkoralik soxasidagi muvaffaqiyatlar, huquq yaratuvchi, huquqni qo‘llovchi, tadbiq qiluvchi faoliyatlar) hamda shaxsiy individual sharoitlar (inson fukarolik yetukligining yuksak darajasi, uning siyosiy va xuquqiy faolligi xamda shu kabilar) kiradi.
Huquqiy tarbiya ishlarini uyushtirish va o‘tkazishni qiyinlashtiruvchi sharoitlar guruhiga (salbiy sharoitlar) ijtimoiy xarakterdagi sharoitlar (xuquqiy tarbiya shakllarining nomukammalligi, xuquqiy tarbiyaviy ishlar axamiyatini mensimaslik va tarbiyachilarning tayyorlanmasligi, huquqni tadbiq qilish faoliyatida yo‘l qo‘yiladigan xatolar) xamda shaxsiy individual (aholi o‘rtasida tarqalgan huquqiy nigilizm, fuqarolarning katta qismida jamiyatdagi xatti-xarakatlarga chidab kelish) sharoitlari kiradi.
Fuqarolarni xuquqiy tarbiyalashda jiddiy xatolarga yo‘l ko‘ymaslik uchun mana shu shart-sharoitlarning xammasini hisobga olish zarur.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish