Ta'limda eng muhim muammo o‘quvchi (talaba)ning o‘z fikrini erkin ifoda eta olishiga yo‘l qo‘yish, unga imkoniyat yaratishdan iboratdir.
Masalan, bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimini kunda qo‘yidagi usullarda bohalanadi:
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat;
Mavzu: Huquqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat olib borish. Huquqiy tarbiya jarayonini tashkil etish.
Fuqarolik ta'lim - umum ta'limning ajralmas qismi b o‘lib, asosiy maqsadi shaxsning yashayotgan jamiyatiga taalluqligini xis qilishni tushuntirish va rivojlantirishdan iborat. Bu jarayonda shaxsga: birinchidan - jamiyatning milliy istiqlol mafkurasini va qonunlarini; ikkinchidan - o‘z huquq va burchlarini tushunishini; uchinchidan – huquqni himoya qilish organlari oldida o‘zini va boshqalarni himoya qila olish, qonuniy harakat va muomilada b o‘lish, qonunga b o‘ysunish kabi bilimlar beriladi. Bilimli bo‘lish biror-bir sohada ishlash uchun kerakli bilimga, tushunchaga, k o‘nikmaga ega b o‘lish tushuniladi.
Ta'lim insonga birinchidan - maxsus dastur, reja asosida beriladi; ikkinchidan - inson hayoti davomida o‘z ustida ishlab, rivojlanishga ko‘maklashadi.
Ta'lim asosida inson uch narsaga erishadi:
1. O‘qish - o‘rganish, yangiliklarni bilish.
2. Qidirish - izlanish, atrofimizdagi o‘zgarishlarni, bu o‘zgarishlarning sababini aniqlash.
3. Amaliy - u yoki bu muommolarni yechishda olgan ilmi asosida yondoshish va ijobiy natija olish.
Ta'lim va inson huquqi bir-biri bilan chambarchas bo g‘liq.
Ta'limning inson huquqi bilan bo g‘liqligi avvalo insonning yashashi, turush, yurishidan kelib chiqadi. Bilimni egallashi uchun insonning qorni to‘q, engi but bo‘lishi shart. Agar farzandimiz ertalab nonushta qilmasdan maktabga ketsa u darsda hyech narsa tushunmaydi, chunki uning fikri, hayoli och qornini to‘ydirishdir. Demak ota-ona o‘z farzandlarining oldidagi bolasini ovqat bilan ta'minlash, uni och qoldirmaslik, uni toza kiyintirib maktabga yuborishdek burchlarini amalga oshirishlari lozim. Farzandlarimiz ilk bilimni bog‘chada, boshlang‘ich sinfda oladi. O‘z o‘qituvchisining, ota-onasining shu davrda bolaga bo‘lgan munosabati, ta'limning hayotda suv, ovqat kabi zarurligini uqtira bilishi, bolaning vujudiga ilmli b o‘lish, o‘qimishli b o‘lish uning butun kelgusi hayotini aniqlab berishini uqtirishdek harakatlar, so‘zlar, tushunchalar farzandlarimizning ta'limga mehr qo‘yishiga asos b o‘la oladi va bilimga intilishiga undaydi.
Fuqarolarning ta'limga qiziqishi, o‘qimishli bo‘lishi kelgusi hayotidagi rejalarida ham o‘z ijobiy yoki salbiy oqibatini topadi. Masalan, bilimga intilgan, o‘qimishli yoshlarimiz, ayniqsa qizlar, turmush qurishga shoshilmaydilar. Statik ma'lumotlarga qaraganda oliy o‘quv yurtlarida ta'lim oluvchi qizlar kechroq turmush ko‘radilar, o‘qishga kira olmagan, yoki o‘qishni hoxlamagan qizlar nikoh yoshiga yetmasdan ham erga tegib ketadilar. Bundan tashqari o‘qimishli ayollar yoki oilalar farzandlik bo‘lishda ham o‘z rejalariga ega. Iloji boricha ikki yoki uch farzandlik b o‘lishini rejalashadi va shu farzandlarni o‘qimishli inson qilib yetkazishga harakat qiladi. O‘qishga xavasi y o‘q ota-ona farzandlik b o‘lishda reja tuzib ham o‘tirmasdan, qancha bola tu g‘lsa shunisiga shukur qiladi va farzandlarining ilmli b o‘lishiga ham uncha ahamiyat bermaydi.
Ta'lim insonni o‘sishga, k o‘z qarashlarining k o‘p qirrali b o‘lishiga, madaniyatli, tartibli, maqsad sari intilishga ega shaxs bo‘lib yetshishiga ko‘maklashadi. qancha bilimi yuqori bo‘lsa inson shuncha jamiyatga o‘z xissasini qo‘shadi. Fan yutuqlari, texnika rivojlanishi, yangi-yangi izlashishlar vujudga kelishi insonning ongi, mehnati, fikrlashi natijasida amalga oshadi. Bunday yutuqlarga ega b o‘lish uchun inson k o‘p qirrali bilimi bo‘lishi kerak. Ta'limni to‘la ta'minlab berish, ta'lim tizimini, standartlarini yaratish, tasdiqlash, ta'limni moddiy ta'minlanishi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Ta'limli bo‘lish ham burch, ham huquqhisoblanadi. Ta'lim to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga binoan umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim majburiy hisoblanadi.
Ta'limli inson jamiyatning siyosiy hayotida - masalan, saylovda qatnashganda, majlislarda so‘zga chiqqanida, biror-bir taklif, tanqid qilganida ongli, bilimli ekanligini k o‘rsatadi. Ta'lim insonga keng ko‘zqarashida, millatlarora tinch-totuv yashashda, boshqalarni hurmat qilishda, ayash, inson taqdiriga befarqqaramaslik, yaxshilik qilish, g‘amho‘r b o‘lish kabi xususiyatlarni mujassamlantiradi. Ta'lim kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Zamon talabiga maslashib ta'lim berish jarayonida kompyuter, internet, o‘yin darslari, treyning va boshqa usullarda foydalanishi zarur. Endilikda yoshlarimiz XXI asr ta'limi yo‘nalishlariga xos bilimlarini talab qiladi, ta'lim beruvchi bu talabga javob berish uchun o‘z malakasini oshirishi lozim. Ta'lim yosh avlodga fuqarolik faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatni qurishda o‘z xissasini qo‘shishiga, har-bir ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarda o‘z bilimini ko‘rsatishga yordam beradi. Ta'lim insonning ma'naviy k o‘z qarashlarini ijobiy y o‘naltirishga, jamiyat ishlarida qatnashib o‘z fikr-mulohazalarini bildirishga, o‘z maqsadlarini bayon etshiga, kamchiliklarni bartaraf etishga, huquqiy demokratik davlatni barpo etishda yangi-yangi yutuqlarini, ilmiy izlanishlarini tavsiya etishga k o‘maklashadi.
Yoshlar ta'lim olish jarayonida o‘z huquq va burchlarini o‘rganib, bu bilimlaridan hayotda, ish jarayonida foydalanishga erishadilar. O‘quv muddatida bilim maskanining hayotida faol qatnashib, yoshlarning komil inson b o‘lishida o‘rnak ko‘rsatadilar. Ta'lim insonlarga o‘zora aloqa vositasi b o‘lib ham xizmat qiladi. Masalan xat yozish, xol-ahvol so‘rash, maktubda o‘z fikr-mulohazasini ifoda etishda, albatta, savodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |