Huquq va deontologiya asoslari



Download 0.55 Mb.
bet9/12
Sana08.09.2017
Hajmi0.55 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

V-BOB. TIBBIY YORDAM KO'RSATISHNI

HUQUQIY BAHOLASH

Mamalakatimizda sotsial vazifalar orasida fuqarolarning sog’lig’ini saqlashdan muhimroq vazifa yo'qdir. Shuning uchun ham O'zbekiston respublikasi hukumati respublikamizda sog’liqni saqlashni takomillashtirish va rivojlanishiga doimiy ravishda e'tibor berib kelmoqda.

Respublikamizda sog’liqni saqlash sistemasining asosiy prinsiplari quyidagicha: davlat xarakteriga egaligi; sotsial-gigienik va profilaktik yo'nalishning xosligi; tibbiy yordamning rejaliligi va hammabopligi; fanning amaliyot bilan uzluksiz bog’liqligi; barcha aholining sog’lig’ini saqlashni tashkillashtirishda keng qatnashishi va boshqalar kiradi.

Fuqarolar sog’lig’ini saqlash huquqi masalasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq ko'rsatilgan. Bu huquq malakali tibbiy yordam ko'rsatishni ta'minlaydi; aholini sog’lig’ini mustahkamlash va davolash uchun sog’liqni saqlash muassasalari tarmog’ini kengaytirishda texnika havfsizligi va maishiy sanitariyani takomillashtirish va rivojlanishi hamda keng profilaktika chora-tadbirlari o'tkazish atrof muhitni sog’lomlashtirish to’g’risida g’amho'rlik qilishiga yordamlashadi; kasalliklarni kamaytirish va profilaktika ishlari uchun qaratilgan ilmiy tekshirish ishlarini takomillashtirish tufayli fuqarolarning uzoq muddatli hayotiy aktivligini ta'minlashga yordamlashadi.

Mehnatkashlarni bunday huquqlarini amalga oshirishda hukumatimiz to’g’ridan to’g’ri aholini sog’lig’ini saqlashni tashkil qiladi va sog’liqni saqlash organlari sistemasini boshqaradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamentida qabul qilingan ayrim hujjatlarda mamlakatimizda tibbiy yordamni tashkil qilishni takomillashtirish dasturining keng ko'lamliligi, sog’liqni saqlash sohasida profilaktik yo'nalishni rivojlantirish va aholini sog’lig’ini saqlash masalasiga atayin yondashish ruhida tarbiyalash ko'zda tutilgan. Kasalliklar va jarohatlanishlarning oldini olishni ta'minlovchi effektiv vositalar va usullar atrof muhitni sog’lomlashtirish, mehnat, turmush va dam olish sharoitlarini yaxshilash yo'llari aniqlanilgan.

Mamlakatimizda aholini sog’lig’ini saqlash tadbirlari sog’liqni saqlash to’g’risidagi qonunlar, huquqiy aktlar va normalar asosida amalga oshiriladi. Bunga sog’liqni saqlashni tashkil qilish haqidagi normativ talablar to’g’risidagi qoidalar kiritilib, bular aholi mehnat va turmushining sanitar-gigienik normalari, yuqumli va boshqa kasalliklarga qarshi kurash choralari hisoblanadi. Sog’liqni saqlash to’g’risidagi qonunchilik mamlakatimizda sog’liqni saqlash sistemasining hozirgi davr holatini aks ettirib, bu o'zida yig’ilgan butun huquqiy tajriba va qator yangi progressiv holatlarni ro'yobga chiqaradi.

Respublikamizda sog’liqni saqlashning asosiy vazifalaridan biri aholini sog’lig’ini saqlashni yaxshilash masalasi bo'lib, bunga mamlakatimizda butun aholining har yilgi etapli dispanserlashdan o'tkazish masalasi kiradi. Fuqarolarni malakali tibbiy yordam olish huquqi muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu “O'zbekiston Respublikasining sog’liqni saqlash qonunchilik asosida” ko'rsatilgandir. Unda aholiga davolash-profilaktika chora-tadbirlarini o'tkazish tartibi, diagnostika usullari, sanitariya profilaktikasi masalalari aniq belgilangan. Qonunda tibbiyot va farmatsevtika hodimlari fuqarolarga ko'chada, yo'lda, jamoa joylari va uyda birlamchi tez tibbiy yordam ko'rsatishlari zarurligi aniq aytib o'tilgan.

Qonunda tibbiyot hodimlarining moral-etik normalari va tibbiyot deontologiya qoidalariga rioya qilishligi o'qtirilgan. Biroq bunday normalar va prinsiplar faqat qonunchilikka aniq rioya qilingandagina ko'zda tutilishi mumkin. Aks holda shifokorlar (yoki butun tibbiyot hodimlari)ning o'z burchlarini bajarmasligi yoki yetarlicha bajarmasligi tufayli tibbiyot hodimlari faoliyatida kasb huquqbuzarligining sababchisi bo'lishi mumkin.

Mamlakatimiz qonunchiligida sababsiz tibbiy yordam ko'rsatilmaganligida javobgarlikka tortilish ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 116 moddasida “Bemorga sababsiz tibbiy yordam ko'rsatmaslik”, qonun yoki mahsus qoida bo'yicha ularga bunday yordam ko'rsatilishi shart bo'lganligi uchun ham tibbiyot hodimi bir yilgacha axloq tuzatish yoki jarima solish jazosi bilan jazolanadi.

Shuningdek, bunday holat, agar bemorni o'limiga sababchi bo'lsa yoki uning uchun havfli oqibatlarni keltirib chiqargan taqdirda 2 yilgacha ozodlikdan va o'z kasbiy faoliyati bilan shug’ullanishdan 3 yilgacha mahrum qilinadi.

Madomiki, qonun bo'yicha tibbiy yordam shifokorlar, fel’dsherlar, hamshiralar, akusherkalar va boshqa tibbiyot hamda farmatsevtika hodimlari tomonidan berilishi, bunday kishilar, o'z vazifalari yoki ko'rsatilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun jinsiy javobgarlikka tortiladilar.

Agar tibbiy yordam ko'rsatilmaganlik masalasi sababli yoki sababsiz bo'lgan taqdirda bunday holat barcha ish tafsilotlarini aniq baholash orqali hal qilinadi. Masalan, asosli sabablar tufayli agar tibbiyot hodimi bir vaqtning o'zida boshqa tibbiy yordamga muhtoj odamga ko'rsatayotgan bo'lsa; kuchining yetishmasligi yoki tibbiyot hodimining kasalligi; bemor bilan aloqa qilish imkoniyati yo'qligi (masalan, uzoqdagi bemorga borish uchun transportning bo'lmasligi) va boshqalar hisoblanadi.

Bemorning talabiga ko'ra yoki uning roziligi bilan, 16 yoshga to'lmagan bemorlarga nisbatan va ruhiy kasallarga ularning harindoshlari, ota-onasi yoki ularga haraydigan odamlarning roziligi bilan shifokor yangi, ilmiy asoslangan, ammo hali umumiy qo’llanishga ruhsat berilmagan diagnostika, profilaktika, davolash va dori-darmon vositalarini qo'llashi mumkin. Yuqorida aytilgan diagnostika, davolash va dorivor vositalarni qo'llanilish tartibini O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi belgilaydi.

Ko'pgina tibbiy davolash tadbirlari, avvalambor xirurgik, shuningdek hozirgi davrda ayrim terapevtik tadbirlar o'z-o'zidan organizm uchun befarq emas, ular organizmga ma'lum darajada ziyon yetkazadi, ba'zan esa hayot uchun havfli hisoblanadi. Ayrim diagnostik muolajalar masalan, endoskopik, aorta va artrografiya, to’sh suyagining funksiyasi va boshqalar odamning sog’lig’i va hayoti uchun havfli muolajalar hisoblanadi.

Istagan prinsipial yangi tibbiyot muolajalari, ayniqsa, organizm va hayot uchun havflilari eksperiment va klinikada sinchiklab tekshirilgandan keyin O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ruhsat berilishi mumkin. Bu qoida ayrim holatlar (shifokorning harakatida haddan tashqari zaruriyat tug’ilgan)da amalga oshiriladi.

Xirurgik muolajaning zaruriyati (ko'rsatmasi) haqidagi masala va murakkab diagnostik muolajalarni davolovchi shifokor hal qiladi. Amaliyotdan ma'lumki ba'zan bemorlar operatsiyani kerakliligini bilsa-da unga rozi bo'lmaydilar. Bunday hollarda shifokor bemorga operatsiya muolajasining zarurligini isbotlashi talab qilinadi. Bemordagi qo’rquv holatini yo'qotish uchun va uning qarindoshlari bilan astoydil tushuntirish olib borish orqali operatsiyani o'tkazilishi bemor sog’ayishida o'z samarasini beradi.

Qonunda bemor va qonuniy vakillarining roziligisiz qanday qilib operatsiya o'tkazish ko'rsatilmagan, shuningdek ulardan tilxat olish zarurmi yoki kasallik tarixida bemorning roziligi haqidagi yozuv bo'lsa ham kifoyami bu ko'rsatilmagan.

Ayrim davolash muassasalarida bemordan operatsiya uchun tilxat talab qilinadi. Ko'pgina aktiv operatsiya qiladigan yirik xirurglar va tibbiyot deontologiya sohasida ishlaydiganlarning ko'rsatishicha bunday qilish mumkin emas, chunki operatsiyaga rozilik haqida tilxat olish faqatgina operatsiya uchun emas, balki nohush oqibatlarning sodir bo'lishi mumkinligini ham ko'rsatadi. Tilxat bemorga ranjituvchi ta'sir qilib, u operatsiyaning oqibatiga ishonchsizlik (yoki nohush oqibat kuzatilishi mumkinligi) tufayli xirurg o'zini ehtiyot qilishligi deb tushuniladi. Tilxat bemor bilan shifokorning o'zaro munosabatlariga anchagina salbiy ta'sir ko'rsatib, ularning bir biriga nisbatan ishonchiga putur yetkazadi. Axir tilxat shaklida operatsiyaga rozilik olish asosiy dalil bo'lib, bu bemorni operatsiya stolida yoki operatsiyadan keyingi davrda o'lib qolishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjat sifatida baholanadi. Aslida agar, masalan, operatsiya uchun umuman ko'rsatma bo'lmaganida yoki texnik jihatidan noto’g’ri qilinganida hech bir tilxat bemorning o'limida shifokorning aybi bo'lishligini inkor qila olmaydi.

Bemordan operatsiya uchun rozilik olish shaxsning dahlsizligini ta'minlovchi muhim konstitutsial huquqi bo'lib, agar bemor rozilik bersa, demak bu operatsiya jarayoni uning sog’lig’i va hayotini saqlash uchun zarurligini tushunganligini ko'rsatadi. Shuni aytish zarurki, bemorning operatsiyaga roziligi davolovchi shifokor (xirurg)ning kasallik tarixidagi operatsiyadan oldingi epikrizdagi yozuvida keltirilib, unda xirurgik operatsiyaning hajmi va zarurligi asoslaniladi. Bunday yozuv bo'lim boshlig’i yoki boshqa shifokor ishtirokida qilingan hamda ularning imzosi bilan tasdiqlanilgan taqdirda yuridik kuchga ega bo'ladi.

Qonun ayrim hollarda diagnoz qo’yishni kechiktirilishi yoki operatsiya jarayoni bemorning hayotiga havf solgan taqdirda bemor yoki qarindoshlarining roziligisiz shifokorga xirurgik operatsiya o'tkazish va murakkab diagnostik usullarni qo'llashga ruhsat beradi. Bunda gap faqat murakkab diagnostik usullar va xirurgik operatsiyalar o'tkazish haqida ketadi.

Qonunda qaysi favqulotdagi ekstremal holatlarda bemorlar yoki qonun vakillarining roziligisiz aniq xavflilik darajasi ko'rsatilmagan bo'lib, bu bemorni operatsiya stolida yoki operatsiyadan keyingi davrda o'lib qolishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjat sifatida baholanadi. Aslida agar, masalan, operatsiya uchun umuman ko'rsatma bo'lmaganida yoki texnik jihatidan noto’g’ri qilinganida hech bir tilxat bemorning o'limida shifokorning aybi bo'lishligini inkor qila olmaydi.

Bemordan operatsiya uchun rozilik olish shaxsning dahlsizligini ta'minlovchi muhim konstitutsial huquqi bo'lib, agar bemor rozilik bersa, demak bu operatsiya jarayoni uning sog’lig’i va hayotini saqlash uchun zarurligini tushunganligini ko'rsatadi. Shuni aytish zarurki, bemorning operatsiyaga roziligi davolovchi shifokor (xirurg)ning kasallik tarixidagi operatsiyadan oldingi epikrizdagi yozuvida keltirilib, unda xirurgik operatsiyaning hajmi va zarurligi asoslaniladi. Bunday yozuv bo'lim boshlig’i yoki boshqa shifokor ishtirokida qilingan hamda ularning imzosi bilan tasdiqlangan taqdirda yuridik kuchga ega bo'ladi.

Qonun ayrim hollarda diagnoz qo’yishni kechiktirilishi yoki operatsiya jarayoni bemorning hayotiga havf solgan taqdirda bemor yoki qarindoshlarining roziligisiz shifokorga xirurgik operatsiya o'tkazish va murakkab diagnostik usullarni qo'llashga ruhsat beradi. Bunda gap faqat murakkab diagnostik usullar va xirurgik operatsiyalar o'tkazish haqida ketadi. Qonunda qaysi favquloddagi ekstremal holatlarda bemorlar yoki qonun vakillarining roziligisiz aniq xavflilik darajasi ko'rsatilmagan bo'lib, bunday holatlar shoshilinch xirurgiyani qamrab oladi.

Shoshilinch (urgentli) xirurgiya, agar xirurgik muolajalarga mutlaqo hayotiy ko'rsatma bo'lganida operatsiyasiz o'limning muharrarligi shubhasiz hisoblanilib, faqat o'z vaqtida qilingan operatsiya bemorni qutqazishga umid bo'lgandagina o'tkaziladi.

Shoshilinch xirurgiya muolajalarining har bir holati murakkab, o'ziga xos imtixon bo'lib, u kasbiy yetilganlik, yuklatilgan ish uchun javobgarlik darajasi shifokorning bemorni hayotini saqlab qolishga qaratilgan deontologik burchi hisoblanadi. Har bir shoshilinch operatsiya bemorning hayoti uchun kurash bo'lib, bundan boshqa yo'li yo'q, bo'lishi ham mumkin emas.

Shoshilinch xirurgik operatsiyalari har xil tashqi muhit faktorlarining ta'siri, ko'pincha o'tmas, o'tkir predmetlar, o'q otar qurollari bilan jarohatlanish, ya'ni mehanik jarohatlanishlar natijasida sodir bo'lganida amalga oshiriladi. Odatda bunday jarohatlanishlar hayot uchun havfli bo'lib, tibbiy yordamsiz o'lim bilan tugaydi.

Ayrim hollarda shoshilinch yordamga muhtoj bemorlar va jarohatlanuvchilar mastlik holatida bo'lishi mumkin va bunday holat kasallik yoki jarohatlanishlarni klinik belgilarini yashirishi, shuningdek mast odam o'zinig holatiga yetarlicha tanqidiy qaramasligi, ko'pincha uning havflilik darajasini baholay olmasligi tufayli bunday bemorlar ayrim hollarda kerakli operatsiyaga rozilik bermasligi mumkin.

Bularning hammasi shoshilinch xirurgik muolajalarda o'limning yuqori darajaliligi bilan xarakterlanadi. Shoshilinch holatlar xirurgning faoliyatida haddan tashqari zaruriyat tug’ilgandagina amalga oshiriladi.

Shuni unutmaslik zarurki, har bir xirurgik muolaja kalla bo'shlig’ini ochish, ko'krak va qorin bo'shliqlari, shuningdek katta magistral qon tomirlari operatsiyalari hayot uchun havfli operatsiyalardan hisoblanilib, belgilariga ko'ra og’ir tan jarohati sifatida baholanadi. Bunday operatsiyalarni xirurg tushuna turib amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104 moddasida og’ir tan jarohati uchun javobgarlik ko'rsatilgan. Biroq, bunday holat xirurgning faoliyatida rasman qasddan jazolanuvchi belgiga kirsa ham, balki ular qonuniy hisoblanadi va haddan tashqari zaruriyat bo'lganda amalga oshiriladi.

Shoshilinch holatlarda doimo xirurgik muolajalarga nihoyatda zaruriyat tug’ilganda, masalan, bemor yoki jabrlanuvchining hayotiga aniq havf solganida, agar buni operatsiyadan boshqa hech bir vositalar bilan oldini olish imkoniyati bo'lmagan taqdirda bajarilishi ko'zda tutiladi. Haddan tashqari zaruriyat holati haqiqatan ham odamning hayoti uchun havfli bo'lganda ko'zga tashlanadi.

Shunday qilib, agar, masalan, “rejali” operatsiya, davolash usullaridan biri sifatida tanlangan bo'lsa, bunday hollarda haddan tashqari zaruriyat haqida gap bo'lishi mumkin ham emas.

Havfni yo'qotishning muhim shartlaridan biri uni boshqa vositalar yordamida barham berishning imkoniyati yo'qligidir. Shunday ekan, hayot uchun havfli bo'lgan operatsion jarohatlanishni oldini olish qonuniy masala hisoblanilib, xirurgning harakati (operativ muolaja) hayot uchun havfni yo'qotishga qaratilganligidir.

Shoshilinch holatlarda xirurgga qo'yiladigan ikkinchi muhim qonuniy talab, operatsiya tufayli sog’liqqa yetkaziladigan zarar bartaraf qilingan zarardan oshmasligi kerak. Boshqacha aytganda xirurgik muolajaning hajmi va xarakteri bemor uchun patologik jarayonlar yoki jarohatlanishga qaraganda kamroq havfli bo'lishi lozim.

Bir yo'la, bu holat to’lig’icha shoshilinch yordamgagina emas, balki xirurg va boshqa mutaxassislikdagi shifokorlarning barcha davolash va diagnostik harakatlari ham bunga kiradi.

Agar xirurglar tomonidan operatsiya oqibatini muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlash uchun barcha kerakli choralar ko'rilmagan bo'lsa yoki uning harakatida sovuqqonlik elementlari (o'zining hizmat burchini sitqidildan bajarmagan taqdirda, o'ziga ortiq darajada ishonishi yoki tibbiy beadablilik) ko'zga tashlanganida haddan tashqari zaruriyat bo'lmaydi va operatsiyaning oqibati nohush bo'lganida xirurg o'zining noqonuniy harakati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shoshilinch xirurgiyaning yuqori pog’onasi terminal holatlardagi reanimatsion tadbirlar hisoblanadi. Ular doimo haddan tashqari zaruriyat sharoitidagi ta'sirga kiradi. Tashqi muhit faktorlari (mehanik jarohatlanish, elektrdan jarohatlanish, mehanik asfiksiya, zaharlanish) ta'siri natijasida kuzatiladigan har xil ekstremal holatlarning reanimatsiyasi, shuningdek kasalliklar reanimatsiyasi, ko'pincha statsionardan tashqarida yetarlicha sharoit masalan, priborlar va asbob uskunalar bo'lmaganida va ba'zan tayyorgarligi bo'lmagan kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Bu o'z navbatida bemorlarda qo'shimcha jarohatlanishlar sodir bo'lishining sababchisi hisoblanadi. Shuni unutmaslik zarurki, hatto kasalxona sharoitida ham reanimatsion tadbirlarni o'tkazilishida bunday jarohatlarni sodir bo'lish ehtimoli borligini ta'kidlash maqsadga muvofiqdir.

Reanimatsion jarohatlanishlar reanimatsiya tadbirlari texnikasining buzilishi, har xil kuchli ta'sirlar, masalan, yurakni ochiq yoki yopiq uqalash, yoki yetarlicha tayyorgarlikka ega bo'lmagan tibbiyot hodimining shoshilinch yordam ko'rsatishi yoki yordam ko'rsatishni bilmasliklari tufayli sodir bo'ladi.

Reanimatsiya vaqtidagi jarohatlanishlar har xil harakterlidir. Masalan, yurakni yopiq uqalashda ba'zan qobirg’alarning ko'p joyidan sinishi, o'pka va perikardning singan qobirg’alar bilan jarohatlanishi kuzatiladi. Yurakni to’g’ridan to’g’ri uqalashda yurak mushaklari zararlanishi, shuningdek epikard va endokardda keng qon qo'yilishlar ham ko'zga tashlanadi. Yuqoridagi jarohatlanishlarning ko'pchiligi klinik o'lim paytida yoki hatto biologik o'lim vaqtida ham sodir bo’lishi mumkin.

Organ va to'qimalarni ko'chirib o'tkazishning yuridik moral-etik aspektlarini o'rganish muhim e'tiborlilikni talab qiladi.Transplantatsiyani nazariy va eksperimental tekshiruv etaplaridan amaliyot sohasiga chiqishidagi shifokorning axloqiy huquqida organ va to'qimalarni odamdan odamga yoki murdadan odamga ko'chirib o'tkazishdagi huquqiy masalalarni suiste'mol qilishlikni ogohlantirish, o'limning mezonlari va boshqalar haqida qator murakkab muommalarni yechish alohida ahamiyatga egadir.

Qonunda belgilangan bu sohadagi masalalarni, shuningdek moral-etik aspektini aniq ba?olashda qo'yidagilarga e'tibor berilishi talab qilinadi:

- bemorlarga ko'chirib o'tkazish uchun tirik odamdan organ va to'qimalarni olish;

- bemorlarga ko'chirib o'tkazish uchun murdalardan organ va to'qimalarni olish;

- murdalardan organ va to'qimalarni qachon olish masalasi;

- organlarni ko'chirib o'tkazish uchun ko'rsatmani kim va qaerda berishi va bajarishini aniqlash.

Tirik donordan transplantatsiya uchun organ va to'qimalardan olish masalasi agar murdalardan yaroqli organ va to'qimalarni olish imkoniyati yoki al’ternativ davolash usuli bo'lmasa faqat retsipientning sog’lig’ini saqlash uchun amalga oshiriladi.

Qo'yidagi sharoitlarga rioya qilinganida tirik donordan transplantatsiya uchun organ yoki to'qimalar olinishi mumkin:

- agar donor undan operatsiya yo'li bilan olingan organ yoki to'qimalar uning sog’lig’i uchun asoratlarning sababchisi bo'lishligiga iqror bo'lganida;

- agar donor erkin yoki bila turib yozma shaklda organ yoki to'qimalaridan material olishga rozi bo'lganida;

- agar donor har tomonlama tibbiy ko'rikdan o'tgan va mutaxasis shifokorlar konsiliumining hulosasi bo'lganida;

- agar tirik donor retsipient bilan genetik bog’liq bo'lsa, suyak iligidan tashqari organlarni olishga ruhsat etiladi.

Murdalar donorlik masalasining huquqiy aspekti muhim muammo hisoblanadi. O'lgan odamlar organlari va to'qimalarini olishni huquqiy boshqarishning 3 ta modeli mavjud:

1. Aybsizlik roziligi modeli Avstriya, Bel’giya, Vengriya, Ispaniya, Chehiya va boshqa ayrim mamlakatlarning qonunchiligi roziligi haqidagi holatning ustunligiga asoslangan. Biroq bu modellar odam tirikligida rozilik bermasligi to’g’risida yuridik rasmiylashtirilgan bo'lsa, o'lgandan keyin organ va to'qimalardan material olish taqiqlanadi. Haqiqatan ham, o'lgan odamning rozi emasligini uning yaqin qarindoshlarining qarshiligi bilan almashtirish mumkin, chunki ular bilan qisqa vaqt (sanalgan soatlar, ba'zan minutlar) ko'pincha bog’lanishni imkoniyati bo'lmaydi.

2. Rozilik bo'lmagan prezumpsiya modeli. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiya va boshqalar) qonunchiligi ushbu modelga asoslangan. Bu model mutlaqo takomillashgan bo'lib, fuqarolarning huquqini saqlash talablariga to’lig’icha javob beradi. Model agar fuqaro tiriklik vaqtida donorlik uchun rozilik berganida yoki uning qarindoshlarini u o'lganidan keyingi roziligi bo'lgan taqdirda murdaning organ yoki to'qimalaridan ko'chirib o'tkazish uchun material olish ko'zda tutiladi.

O'zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtgacha organ yoki to'qimalarning transplantatsiyasi haqida qonun qabul qilingan emas, ammo O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 133 moddasida o'lgan odamning organ yoki to'qimalaridan trasplantatsiya, konservatsiya maqsadida, ilmiy va o’quv ishlari uchun agar fuqaro tirikligida rozilik bermagan yoki uning yaqin qarindoshlarining roziligisiz ishlatilishi jinoyat sifatida baholanadi. Bu moddaning mohiyati roziliksiz prezumptsiya modeliga to’g’ri keladi.

Haqiqatan ham, bu modelda fuqaroning huquqi aniq hisobga olinadi. Bu modelning qo'llanilish effektivliligi fuqarolar tibbiy madaniyatining ayrim jihatlari va yuqori axloqiy hususiyatlari bilan bog’liqdir.

3. Anonimli variant. Bunday qarash sobiq ittifoq respublikalarida mavjud bo'lgan. 1937 yil 15 sentyabrda SSSR Xalq Komissariati qarori qabul qilingan bo'lib, bunda sog’liqni saqlash Xalq Komissariati bemorlar murdasi organ yoki to'qimalaridan ko'chirib o'tkazish uchun material olish qoidalari haqida ko'rsatma berilgan. Biroq bunda o'lganlarning yaqin qarindoshlaridan murdaning organ yoki to'qimalaridan material olinishiga roziligi talab qilinishi ko'rsatilmagan.

Organ yoki to'qimalardan materiallarni olish murdalarni yorib ko'ruvchi patologoanatom yoki sud tibbiyoti eksperti tomonidan amalga oshiriladi. Shuni aytish zarurki, hozirgi huquqiy davlatda murdalarni organ yoki to'qimalaridan material olishda bunday modelning mavjudligi yo'l qo'yib bo'lmaydigan holatdir. Mamalakatimizda bu muammoni hal qilish masalasi faqat demokratik gumanizm prinsiplariga to’liq rioya qilingandagina amalga oshiriladi. Bunda organ yoki to'qimalarni ko'chirib o'tkazilishilozim bo'lgan retsipient - bemorlarning manfaatlarigina emas, balki donorning ho latlari ham hisobga olinadi, chunki retsipietga yordam ko'rsatilayotganida albatta donorga ham ziyon keltirilishi mumkin. Bunday hollarda yuristlarning fikricha donor yoki retsipient uchun afzalligi to’g’risidagi masalani yechish muhimdir. Hatto yuristlar ham bu savolga shunday javob beradi: bunda birinchi navbatda donorning manfaatiga maksimal e'tibor berilishi zarur va shu nuqtai nazardan tug’iluvchi savollar hal qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Mutlaqo shubhasiz, tirik odamdan transplantatsiya uchun material olish faqat uning o'z hoxishi bilan amalga oshirilishi; organlar yoki to'qimalar sotish yoki sotib olinish - sotilish vositasi bo'lishi mumkin emas. Bu demokratik gumanizm va demokratik axloq qoidalariga to’liqicha javob berilishini taqazo qiladi.

Organlarni ko'chirib o'tkazishdagi har bir operativ muolaja faqat donorning sog’lig’ini har tomonlama tekshirilganidan keyin va operatsiya tufayli hamda keyinchalik asoratlari bo'lishini hisobga olgan holda amalga oshirilishini talab qiladi. Tibbiyot muassasasida akt sifatida donorlik hujjatlarini rasmiylashtirishda asosan u donor tomonidan imzolaniladi va uning o'z hoxishi bilan roziligi hamda asoratlari bo'lishligini bilishi shartligi o'qtiriladi. Bunda donorlik uchun organ yoki to'qimalarni ko'chirib o'tkazishda 2 ta muhim shart ko'rsatiladi:

1. Bemorning manfaati uchun ko'chirib o'tkazish orqali yordam ko'rsatish, ya'ni organ yoki to'qimalarni ko'chirib o'tkazishdan boshqa yo'l bilan bemorni qutqazishning imkoniyati yo'qligi, boshqacha aytganda organ yoki to'qimalarni transplantatsiyasi uchun mutlaqo ko'rsatma bo'lganida;

2. Bemor - retsipientning ahvolini yaxshilash paytida donorga anchagina kam ziyon yetkazilishi.

Agar xatto bu shartlardan birortasiga rioya qilinmagan taqdirda donorlik bo'lishi mumkin emas. Bunda donor uchun vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlar ham hisobga olinishi zarur. Masalan, bugun uning buyragi retsipient - bemorni hayotini saqlab qoldi, demak, retsipientning eng muhim hisoblangan hayoti donorning sog’lig’iga kamroq ziyon yetkazilishi tufayli saqlab qolindi. Biroq keyinchalik holat o'zgarishi mumkin. O'z hoxishi bilan donorlikning muhim shartlaridan biri donorning o'z qilmishiga javob berishi hisoblanadi. Bunda u ruhiy jihatdan sog’lom bo'lishi va o'zining harakati uchun hisobot berishligi talab qilinadi.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, organ yoki to'qimalarni ko'chirib o'tkazishda donor - retsipient muammosida ko'pgina juda murakkab masalalarni yechilishini hayot ilgari suradi.


Nazorat savollari:

1. Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash huquqi qaysi qonunda ko'rsatilgan?

2. Aholiga malakali tibbiy yordam ko'rsatish masalasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida keltirilgan?

3. Mamalakatimizda aholini sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini huquqiy boshqarilishida nimalarga ahamiyat berilishi zarur?

4. Aholini sog’lig’ini saqlashni yaxshilashda O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash sistemasining qanday asosiy vazifalarini bilasiz?

5. Fuqarolarga tibbiy yordam ko'rsatishda tibbiyot hodimlari nimaga asoslanadi?

6. Tibbiyot hodimlarining kasbiy huquqbuzarligidagi yuridik javobgarligi haqida ma'lumot bering.

7. Bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatmaslik sababi to’g’risidagi masalani kim hal qiladi?

8. Fuqarolarning sog’lig’i va hayoti uchun havfli bo'lganida tibbiy muolajalarni o'tkazishda qanday yangi qoidalarga rioya qilinadi?

9. Murakkab diagnostik muolajalar o'tkazishda qanday qoidaga asoslaniladi?

10. Xirurgik tadbirlar va murakkab diagnostik muolajalar o'tkazilishi zarurligi masalasini kim hal qiladi?

11. Bemorning operatsiyaga roziligi to’g’risida undan tilxat talab qilinish masalasi qonunda ko'rsatilganmi?

12. Qaysi hollarda shoshilinch tibbiyot operatsiyalari o'tkaziladi?

13. Shoshilinch xirurgik muolajalarida o'limning yuqorililik darajasi nima bilan bog’liq?

14. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddasida qasddan og’ir tan jarohati yetkazilishi ko'rsatilgan?

15. Terminal holatlarda o'tkaziladigan shoshilinch xirurgik operatsiyalar paytida qanday reanimatsion tadbirlar o'tkaziladi?

16. Organ yoki to'qimalarning transplantatsiyasi uchun qanday deontologik talablar qo'yiladi?

17. Donorlik uchun tibbiyot muassasalarida qanday hujjat tuziladi?

18. O'lgan odamlarning organ yoki to'qimalaridan material olib ilmiy va o’quv ishlari uchun foydalanish O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddasida taqiqlangan?



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa