Huquq va deontologiya asoslari



Download 0,83 Mb.
bet8/12
Sana08.09.2017
Hajmi0,83 Mb.
#20332
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Nazorat savollari:

1. Akusherlik-ginekologiya muassasasi o'zining mazmuni va yo'nalishi bo'yicha qanaqa deontologik hususiyatlari bilan farqlanadi ?

2. Akusherlik va ginekologiya amaliyotidagi qaysi deontologik prinsiplar muhim ahamiyatlidir?

3. Akusherlik-ginekologik yo'nalishdagi muassasa hodimlari faoliyatida shifokorlar sirini saqlashning o'ziga xos hususiyatlarini ko'rsating.

4. Ayollar sog’lig’ini saqlash va davolashda, davolash usullari hamda vositalarini tanlashda akusher-ginekolog shifokori vazifasidagi deontologik qarashlarni ayting.

5. Davolash-diagnostika muassasalarida tibbiyot hodimlari ishi uchun deontologik javobgarlik kimga yuklatiladi?

6. Shifokorlar, akusherkalar, tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot hodimini deontologik tarbiyalashda qanday hujjatlardan foydalanilishi mumkin?

7. Ayollar konsul’tatsiyasida, ayollarni dispanserizatsiyasida akusher- ginekologning deontologik taktikasi qanday bo'lishi kerak?

8. Yatrogeniyaga olib keluvchi funksional nevrotik reaksiyalarni perinatal davrdagi ahamiyatini ko'rsating.

9. Ayollarni konsul’tatsiyasiga birinchi marta qatnashayotgan homilador ayolni tug’ishga tayyorlashda akusher-ginekolog shifokorining deontologik vazifasi nimada?

10. Abortga qarshi tashviqotda akusher-ginekologning muhim deontologik burchini baholang.

11. Ayollarning jinsiy yetilish davridan to hayz ko'rishining to'xtashigacha bo'lgan davrda ayollar bilan munosabatning deontologik asoslarini ko'rsating.

12. Akusherlik statsionarida qanday deontologik qoidalarga rioya qilinishi zarur?

13. Deontologiya qoidasiga binoan akusher- ginekolog va akusherkaga tug’ayotgan ayolni kasalxonaga qabul qilishda qanday deontologik talablar qo’yiladi?

14. Tug’ruq bo'limidagi navbatchi tibbiyot hodimlariga qanday deontologik talablar qo'yiladi?

15. Ginekologik kasallarni diagnostikasi va davolash jarayonida akusher- genekologlar qanday xatoliklar sodir qilishi mumkin?

16. Boshqa shifokorlar singari akusher-ginekologlar “shifokor kasalni” qabul qilayotganida qaysi deontologik qoidani unutmasligi zarur?

17. Homiladorlik patologiyasi bo'limida bo'lgan bemor ayollarga nisbatan qanday deontologik muhit yaratilgan bo'lishi kerak?



4.6.Otorinolaringologiyaning dеontologik muammolari.

Otorinolaringologiya shifokorining deontologiyasi umumiy axloqiy etik qoidalari bilan birgalikda boshqa tibbiyot mutahasislari uchun ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, qo'yidagicha o'ziga xos hususiyatlarga egadir:

1) LOR - organlarining nisbatan kichik anatomik tuzilishga egaligi (quloq, burun, halqum, hiqildoq) va ularning o'zaro anatomotopografik munosabatining boshqa organlarga (bosh miya, ko'z, bo'yin sohasidagi magistral qon tomirlari, qizilo'ngach va boshqalar) nisbatan murakkabligi;

2) kattalar va ayniqsa, bolalar LOR - organlarida patologik jarayonlar (angina, surunkali tonzillit)ning ko'pliligi;

3) ichki organlar (yurak, buyrak, bo'g’imlar, bronxlar va o'pkada, bosh miyada) anchagina og’ir asoratlarning kuzatilishi, o'tkir va surunkali kasalliklar ( angina, surunkali tonzillit, sinusit, otit va boshqalar)da sodir bo'lib, bu shifokorlardan ushbu kasalliklarni diagnostikasi va davolash jarayonida yuqori e'tiborlilik hamda javobgarlikni talab qiladi;

4) Etitiv, vestibulyar va hidlov analizatorlari, shuningdek hiqildoqning ovoz chiqarish funksiyasi faqat insonni rivojlanishi uchungina emas, balki organizmning barcha hayotiy faoliyatiga ta'sirida ham muhim ahamiyatga egadir;

5) Otorinolaringologiyadan mustaqil soha sifatida audiologiya, fenotriya, surdologiya, logopediya va boshqalarning ajralishi shifokorlarning yanada ko'proq sohalarni egallashlariga asos bo'ladi va bu yangi muammo hamda vazifalarni deontologik hususiyatlarini o'zlashtirishlari uchun dastak hisoblanadi.

Shuni unutmaslik zarurki, eshituv, so'zlash va vestibulyar buzilishlar (tug’ma yoki orttirilgan) bilan jabrlangan bemorlar juda murakkab kontingentli kasallar turkumiga kiradi. Ko'pincha bunday kishilar atrofdagilar bilan to’lig’icha aloqa qilish imkoniyatini yo'qotgan taqdiri og’ir insonlar bo'lib, ularni qiziqtiruvchi mutaxasislarni tanlashda ularga nisbatan bo'lib o'tayotgan voqealarga adekvatsiz reaksiya bilan qaralmaslik sanalib, huquqiy asosda otorinolaringologlar ishida deontologiya qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga egadir.

Bu sohada ishlaydigan shifokor faqat katta nazariy bilim zahirasigagina emas, balki bemorni shaxsiyati va ruhiy holatini tushunishi hamda uni o'ziga jalb qilishda yuqori sifatiy belgilar, katta tajriba va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirgan bo'lishlari zarur. Bemorni harakteri, uning rivojlanish darajasi va madaniyati, undagi kasallikning og’irlik darajasiga qarab shifokor ham o'z hulqini unga moslashtirishi lozim. Bemor bilan gaplashishni bilish istagan shifokor, ayniqsa otorinolaringologning professional sifatiy belgisidir. Bemor bilan aloqa paytida toqatlilik, e'tiborlilik, ehtiyotkorlik talab qilinib, shifokorning har bir so'zi, mimikasi, o'zini tutishi bemorni unga nisbatan ishonganligini belgilaydi. Axir birgina o'ylamasdan gapirilgan so'z bemorning qalbini chuqur jarohatlashi, uning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shifokor doimo bemorga yordam ko'rsatishdagi masalada nimani aytishnigina emas, balki qanday aytishni ham unutmasligi zarur.

Agar so'z quruqgina, yuzaki gapirilgan bo'lsa, bu kutilgan natijani bermaydi.

Onkologik, ayniqsa, hiqildoqning yomon sifatli o’smasi haqida gap ketganda, bunday bemorlar bilan aloqa paytida juda ehtiyotkorlik talab qilinadi. Operatsiyani kechiktirilishi tufayli bemorga o'lim havfi tug’dirilishi mumkinligi tushuntirilmagan bo'lsa, u hech qachon hiqildoqni olib tashlash operatsiyasiga rozi bo'lmaydi. Bunday hollarda shifokor vaziyatni bemorga yotig’i bilan tushuntirishi lozim.

Ehtimol, otorinolaringolog amaliyotidagi voqeadir. U bemorga ochiqchasiga, sizda hiqildoq saratoni, operatsiyasiz bundan qutilib bo'lmaydi, buni boshqa hamma imkoniyatlari batamom tugallanganligi to’g’risida aytgan bo'lsa, boshqasiga sizda o'sma hozircha havfsiz, agar olib tashlanmasa saratonga aylanishi mumkin yoki hiqildoq saratonini operatsiya yo'li bilan olib tashlash sizni hayotingizni saqlaydi va boshqalar. Bunday hollarda bemorni radikal xirurgik operatsiyaga tayyorlashda uni ruhiy holatini sinchiklab o'rganish zarurligiga alohida ahamiyat berilishi zarur.

Bemor uchun o'zining ijtimoiy o'rnini tushunishi, mehnatga qaytishi perspektivasi bilan bog’liq bo'lib, o'z kelajagi uchun ishonchni ta'minlaydi va muhim stimullashtiruvchi faktor hisoblanadi.

Shifokor uchun o'z shaxsiy deontologik tozalik masalasi doimo birinchi o'rinda turadi. Bemor shifokordan hech qachon “shubha bor”, “tashxisga ishonchsizlik tug’iladi”, “shilviragan xunuk bodomcha bezlari”, “baraban qopqog’ining xiralashuvi va boshqalar” kabi so'zlarni eshitmasligi zarur. Professor B.S.Preobrajenskiy shifokorning bemorlar bilan ishlash usulida qo'yidagilarga amal qilinishini tavsiya qiladi: “Nima gapirayotganingni emas, balki qanday gapirish va nimani gapirishingda seni qanday tushunishi:

a) bemor; b) uning qarindoshlari; v) u kishilar bilan suhbat paytidagi sxemaga amal qilinishi doimo ta'kidlanganligini eslatish maqsadga muvofiqdir.

Yuzida defekti bor bemorlar yuzini xirurgik usul bilan to’g’rilashda bemorlar bilan suhbatlashish masalasi muhim nozik muammo hisoblanadi. Ayniqsa, bunga burunning anomalik tuzilishi kiradi. Bu defektni yo'qotishda rinoplastika operatsiyasidan foydalaniladi. Ba'zan xatto operatsiya juda yaxshi qilingan taqdirda ham ayrim hollarda uning natijasidan rozi bo'lsada goho qo'pol shaklda tahdid qilishgacha borib yetadilar. Bunday hollarda bemor bilan suhbat paytida shifokorga toqatlilik, hushmuomalalik, xayrixoxlilik talab qilinib, bemorga tushunarli va to’liq shaklda nima uchun kutilgan natijaga erishilmaganligi to’g’risida tushuntiriladi. Ko’pchilik hollarda bunday taktika ularni bir-birini tushunishiga yordamlashadi. Bemorga traxeostomik operatsiyasi uchun ko'rsatma bo'lgan taqdirda anchagina qiyin masala tug’iladi. Bu davrda ham shifokordan chidamlilik talab qilinib, bemorga xirurgik muolajaning juda zarurligi tushuntiriladi. Agar III yoki IV darajali stenoz haqida gap ketganida bemorni nisbatan ishontirishga qiyinchilik tug’ilmaydi. Agar traxeostomiyaga ko'rsatma bo'lsa, shifokorning deontologik burchi bemorning o'zida operatsiyaning zarurligi fikrini shakllanishiga har tomonlama yordamlashish va ishontirishdan iboratdir.

Shifokor eshituvni yaxshilovchi operatsiyaga ko'rsatmani yaxshi bilishi zarur. Bunday hollarda shifokor chidamlilik bilan bemorga tushuntirishi va uni ishontirishi talab qilinadi. Eshitishni kuchaytiruvchi apparat kasallikni kuchayishini oldini olishi mumkinligi eshituv protezlashlashi uchun maxsus muassasaga murojaat qilishlikni tavsiya qiladi. Ko'pgina LOR - organlari kasalliklarini davolashda ko'pincha har xil operativ muolajalar qo'llanilishi talab qilinadi. Bu o'z navbatida bemorning fizik va psixik jarohatlanishiga sababchi bo'ladi. Shuning uchun ham shifokor operatsiyagacha bemor operatsiya xonasida o'zini qanday tutishiga tayyorlash masalasi anchagina muhimdir. To’g’ri tuzilgan suhbat bemorni bo'lajak muolajalar paytidagi qo'rqinchlarni oldini olishda ko'maklashadi va bunday hollarda tinchlantiruvchi preparatlarning effektivlilik darajasi ortadi.

Operatsiyadan keyingi davrda muhim o'rinni o'rta va kichik tibbiyot hodimlari egallaydi. Deontologik nuqtai nazaridan ular shifokorga davolash muassasasida optimal sharoitni yaratilishida (tozalik, tartib, tinchlik, bemorlarga nisbatan e'tiborlilik va g’amho'rlik) ko'maklashadi.

Yuksak madaniyatlilik va ozodalik, mehribonlik, e'tiborlilik - tibbiyot hodimlari uchun eng muhim deontologik sifatiy belgilar hisoblanadi. Bemorlar va ularning qarindoshlari bilan uchrashuvida shifokorlar yuksak insoniylik sifatlarini ko'rsatib, bemorlarning ishonchini oshirish uchun maksimum harakat qilishlari, ularning qarindoshlariga kasallikning xarakteri va davolash usullari haqida har xil ma'lumotlar bermasliklari hamda tibbiyot sirini saqlash to’g’risidagi masalada deontologik qoidalarga rioya qilinishi talab qilinadi.

Otorinolaringolog shifokoriga bolalar bilan munosabatida muhim talablar qo'yiladi. Ularning o'zaro aloqasida emotsional ta'sirlar yetakchi rol o'ynaydi. Bunga professional tajriba bilimlarigina emas, balki deontologiya asoslari bolalar psixologiyasi hamda tibbiyot pedagogikasini bilish ham yordamlashadi.

Bolalar LOR - statsionarida iliq va do'stlik muhiti yaratilgan bo'lishi kerak. Bo'limdagi sog’lom muhit, devorlarning yoqimli bo'yog’i, mebellar, qiziqarli o'yinlar, bolalarning bir-birlari bilan muomalasida tinchlik, shovqinsiz holat ularni davolanishida anchagina ko'maklashadi.

Shifokor bolalarni tekshirish, davolash, ayniqsa operatsiyaga tayyorlash paytida ularni aldashi, har xil bo'lmag’ur va'dalarni bermasligi zarur. Samimiylik, to’g’ri so'zlilik bolani o'ziga jalb qilishlik va ishonchini oshirishdagi shifokorning eng yaxshi yordamchisidir. Bo'lajak operatsiyaga tayyorlashda shifokorning bir guruh kichkina bemor bolalar bilan suhbati muhim bo'lib, bunda bolalarga tushunarli holda operatsiya haqida (masalan, tonzilloektomiya) tushuntiriladi. Ularning bodomcha bezlari muzlatilgach, ularda hech bir og’riq sezilmasligi tufayli katta bodomcha bezlarini olib tashlanishi to’g’risida suhbatlashilgach, bolalarni operatsiya xonasida o'zini qanday tutish qoidalari bilan tanishtiradilar. O'tkazilgan psixoprofilaktika va psixoterapevtik muolajalar ko'pincha operatsiya o'tkazilishini anchagina yengillashtiradi.

Otorinolaringolog shifokorining bemor bola qarindoshlari bilan o'zaro munosabati murakkab masala hisoblanadi. Ba'zan davolash jarayonida bemorning ahvoli yaxshilansa, hushmuomalalik muhiti paydo bo'ladi. Agar davolash usuli effektiv bo'lmasa yoki kasallik avj olsa boshqacha munosabat yuzaga kelishi mumkin. Albatta, bemorning qarindoshlari tomonidan bolaning holati haqida savollar berilganida kasallikning oqibati haqida yashirmasdan to’g’ri aytishi zarur.

Ko'pincha bolaning ota-onasi shifokor bilan suhbat qilish vaqtida o'zini anchagina tinchlantiradi va bu unga yaxshi deontologik ta'sir ko'rsatadi. Ota-onaga nisbatan yetarli psixologik yo'l toppish bolalar otorinolaringolog shifokorining muhim hususiyatidir. Faqat yotig’i bilan asoslangan holda tushuntirish muhim ahamiyatga ega bo'lib, uni qo'rqitish va har xil ohangda chalg’itish ularni bir-birini tushunish hamda kerakli hushmuomalalik aloqalarini buzilishiga sababchi bo'ladi. Jamiyat va bemorning manfaatlarini ko'zlagan holda ba'zan otorinolaringolog shifokori sanitar organlariga oshxonada va bolalar bilan ishlaydigan hodimlar orasida batsilla tashuvchilar borligi haqida yoki muassasa rahbariga bolalar bilan ishlaydigan ayrim hodimlarda uchraydigan kasalliklar (masalan, transport boshqaruvchilari, baland qurilish ob'yektlarida ishlovchilarda Men’er kasalligini bo'lishi va boshqalar). Bunday hollarda shifokor hech bir kelishuvchilik va iltimosga ko'nmasligi, insonning sog’lig’i va hayoti hamma narsadan ustunligi hamda boshqa odamlarning sog’lig’iga ham ziyon keltirishi mumkinligi to’g’risida prinsipial yo'l tutishi kerak. Hatto shifokorning ishida anchagina xayrixoxlik munosabati bo'lganida ham muharrar xatoliklar sodir bo'lishi mumkin. Ba'zan ular yetarlicha nazariy tayyorgarlik va amaliy tajriba yetishmasligi, chegaradosh mutaxasislik vakillarining chegaralanganligi, umumiy va klinik qobiliyatining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog’liqdir. Ayrim hollarda shifokorni o'ziga haddan tashqari ishonishi, o'zini kasbiy imkoniyatlarini ortiqcha baholashi, o'ziga tanqidiy qarashining pasayishi va deontologik qoidalariga rioya qilinishining ahamiyatiga baho berilmaslik hollari ham xatoliklarga olib keladi. Huddi shunday hol, masalan, shoshilinch otorinolaringologiyada uchraydigan eng ko'p patologiyaning turi quloq, burun, nafas yo’llari va qizilungachda uchraydigan yot jismlar bunga misol bo'la oladi. Hususan, quloqdagi yot jism (bolalarda anchagina ko'p uchraydi) odatda bolalar uchun katta havf tug’dirmaydi va yetarlicha malakaga ega bo'lgan shifokor (pista, no’hot va boshqalar) bu yot jismlarni tez, jarohatsiz va og’riqsiz holda olib tashlaydi. Agar shifokor bemorni va uning ota-onasini psixologik tayyorlashda ular bilan yetarlicha aloqada bo'lib yaxshi tinchlantirilmagan bo'lsa, unga yoqimli, qo’llab quvvatlovchi so'z aytilib, muolajaning qonsiz va og’riqsizligi to’g’risida tushuntirilishi zarur. Yosh xirurglar amaliyotida LOR operatsiyasi paytida xatoliklar va har xil asoratlar uchrashi mumkin. Bu o'z navbatida shifokorning bu soha topografik anatomiyasini yetarlicha bilmasligi, kitoblar bilan yetarlicha tanish emasligi (atlaslar, qo’llanmalar, monografiyalar va hokazolar) bilan bog’liq bo'ladi. Oldindan amal qilingan odatlar va qoidalarga rioya qilinishi, ya'ni operatsiya qilishni kasalda emas, balki assistent sifatida operatsiyada qatnashish orqali xirurgdan o'rganishi talab qilinadi.

Kattalarning tajribasidan o'rganish, murakkab operatsiyalar, standart bo'lmagan muolajalarni o'zlashtirish xirurg uchun muhim imkoniyat hisoblanadi. O'zaro maslahatlar, tajribali shifokorlarning yoshlarga yordami, murakkab savollarni kollegial muhokamasi xatoliklar va kasalliklarning asoratini oldini olishda ko'maklashadi. Oxirgi o'n yilliklarda klinika amaliyotiga hozirgi zamon texnikasi, davolash diagnostika apparatlari keng qo'llanilishi munosabati bilan ma'lum darajada shifokorning bemor bilan to’g’ridan to’g’ri aloqasi buzilayotganligi uchun ham deontologik masalalar murakkablashib bormoqda.

Shaxslararo munosabatlar ustunligining ma'lum darajada yo'qolib borishi davolash jarayonida o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Masalan, otorinolaringolog shifokori bemorni birinchi shikoyatidayoq audometrik tekshirish uchun jo'natadi. Bunda u hatto taxminiy anamnez yig’masdan, LOR - organlarini ko'zdan kechirmasdan, eshitish qobiliyatini so'z va kamerton yordamida tekshirmasdan amalga oshiradi. Biroq, yuqori texnik jihozlanishlarga qaramasdan, bemorlarni tekshirish va davolashda doimo asosiy o'rinni otorinolaringolog shifokori egallaydi. Bunday holat shifokorni tarbiyalash, uning axloqiy sifatlari, deontologik tushunchalari va ko'nikmalarini shakllanishida tibbiyot institutlarida o'qitilish davrida olib boriladigan ishlarning tayanch nuqtasidir. Tibbiyotning ma'lum sohasi hisoblanuvchi otorinolaringologiya fani anatomiya, fiziologiya, operativ jarrohligi, pediatriya va qator boshqa mutaxassisliklar bilan chambarchas bog’langan bo'lib, LOR kasalliklari kafedrasi ham boshqa fanlar qatori talabalarni kelgusi shifokorlik faoliyatiga tayyorlashda o'z zimmasiga muhim javobgarlikni oladi.

Bunda talabalarni tayyorlashdagi deontologik masalada ma'ruzalar kursiga alohida ahamiyat beriladi. Bunda asosiy o'rin otorinolaringologiya fanining kirish ma'ruzasiga berilib, unda fanning rivojlanish tarixi, bu fan asoschilarining hayoti to’g’risidagi ayrim voqealar va faktlar, hozirgi zamonning yetakchi olimlari hamda Vatan tibbiyotida etik va deontologik odatlar atroflicha tushuntiriladi. Otorinolaringologiya asoslari, ayniqsa uning bo'limlari, tez va favqulotda yordam ko'rsatish (hiqildoq stenozi, qon qotish, yot jismlar va jarohatlarda) masalalarida ma'ruzachilarning o'z shaxsiy hayotlaridan keltirilgan ma'lumotlar, shifokorlarning xatolarini tanqidiy baholash, bemorlarga e'tiborsizlik tufayli o'z burchlarini sitqidildan bajarmasligi va b.q.lar talabalarni deontologik tarbiyalashda asosiy o'rinni egallaydi. Ma'ruzada bemorlarni namoyish qilishga alohida ahamiyat beriladi va bu deontologiya bo'yicha o'ziga xos “ochiq dars” hisoblanilib, bunda keng auditoriyada tinglovchilar e'tiborini bemorni hurmat qilish, tushunish va uning psixikasini avaylash masalalariga ahamiyat berilishiga qaratiladi. Bu ayniqsa karlik, nutqini har xil buzilish hollari va kosmetik kamchiliklari bor kishilarga aloqador bo'lib, ularda atrofdagilarni eshitish qobiliyati keskin yo'qolgan bo'ladi. Shuning uchun ham bunday bemorlarning namoyishi muhim deontologik va axloqiy qiyinchiliklar bilan bog’lanib ketadi. Agar ma'ruza paytida namoyish qilinayotgan bemor eski, razmeri o'ziga mos bo'lmagan, ko'rinishi va rangi yoqimsiz bo'lgan kiyimlar kiygan bo'lsa, lektorning barcha deontologik muhokamasi yo'qqa chiqarilishi mumkin.

Bo'lajak shifokorni tarbiyalashning eng muhim manbalaridan biri mutaxasislik bo'yicha o'tkaziladigan amaliy mashg’ulotdir. Bemor bilan aloqa paytida o'qituvchi talabaga ta'sir qiluvchi deontologiya haqida axborot berib haqiqiy shifokor qanday kishi bo'lishligi haqida ma'lumot beradi. Mahsus materialni o'rganish jarayoni talabada otorinolaringologiya fanini shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. O'qituvchi doimo dars jarayonida jamlangan holatlarni hisobga olishi zarur. Masalan, bemor talabalar guruhi oldida turibdi. Uning anamnezi bilan tanishish haqida u o'qituvchiga axborot beradi, o'qituvchi esa ularga savol berib natijasini umumlashtiradi va hulosaga keladi. Talaba esa bemorning oldida unga bilishi kerak bo'lmagan gaplarni aytib, o'tkazilgan davolash usuliga hamda o'tkazilishi zarur bo'lgan operatsiyaga shubhalanish nazari bilan qaraydi. Bunday gaplar bo'lmasligi uchun o'qituvchi avvalroq shunga o'xshash xatolar bo'lishi haqida ogohlantirishi va talabalarga bemor oldida bunday gaplarni aytish mumkin emasligi to’g’risida ogohlantirilishi zarur.

Otorinolaringologiya kafedrasida o'tkaziladigan darsning o'ziga xos hususiyati mavjud. Darsning birinchi kunida talabalar bir-birlarida LOR - organlarini ko'zdan kechirish va funksional tekshiruv usullari bilan tanishadilar. Bu o'z navbatida talabalarga murakkab tuzilish va sezuvchanlikka ega LOR - organlari - burun, hiqildoq, halqum va quloqni tekshirishda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishlikni maslahat beriladi. Bu LOR - organlarining har xil kasalliklari bo'lgan bemorlarni tekshirishda ularga nisbatan oqilona yondashishni talab qiladi. O'zlariga berkitilgan bemorlar LOR - organlarini ko'zdan kechirishda kam jarohatlanishi zarurligi, ularga yoqimsiz kayfiyat yaratmaslikka intilish bo'lajak shifokorni tarbiyalashdagi deontologik muhim burchidir. Bemorni ko'zdan kechirish paytida ularga nisbatan toqatsizlik va e'tiborsizlik bilan gapirish talabalar uchun deontologiya qoidalarini buzilishi hisoblanadi. Bunga ularning o'z o'rtoqlariga hayajoni izohlari misol bo'la oladi: “Baraban qopqoqchasida qandaydir katta teshik” yoki “Burunning chegara devori kuchli qiyshaygan” degan so'zlarni aytishida yonida har bir so'zni yaxshigina eshituvchi bemor borligini batamom unutgan talabaning gaplari misol bo'la oladi.

Har narsadan gumonsiraydigan bemorga shunday so'z “ Burunda qandaydir o'sma ko'rayapman” aytilishi, garchi u burunni pastki rakovinasi oldingi o'zgarmagan devori yoki polipni ko'rganda ham gapirganida bemorga katta ruhiy jarohatlanish yetkazishi mumkin. Qisqacha aytganda, boshqa kafedralarda shakllangan onkologik ehtiyotsizlik talabalarda otorinolaringologiya kafedrasidagi mashg’ulotlarda ham ketma-ketlikni ta'minlaydi.

“O'sma” so'zi bemorda birdaniga hayot uchun havfli tushuncha onkologik kasallik tushunchasi bilan birlashib ketadi va bu muhim emotsional ruhiy buzilishning sababchisi bo'lishi mumkin. Bunday hollarda o'qituvchidan katta kuch, toqatlilik, hushmuomalalik, o'zining butun kasbiy bilimini, hususan, deontologik tajribasini safarbar qilishligini, bemorni ishontirishi va tinchlantirilishi talab qilinadi.Ba'zan o'qituvchi pedogogik nuqtai nazaridan, yoki beixtiyor talabalarga kasallik to’g’risida ko’proq ma'lumot berish maqsadida bemorni qatnashuvida unda topilgan kasallik, hatto uning hayoti uchun havfli oqibatlarga olib kelishligi to’g’risida atroflicha tushuntiradi. Bunday holatga umuman yo'l qo'yib bo'lmaydi. Shuni unutmaslik kerakki, agar shifokor o'zinig asosiy ob’yekti bemor (ba'zan sog’lom) odamni garchi bir daqiqa unutgan bo'lsa ham deontologik harakterdagi buzilishlar ko'zga tashlanib, bu o'z navbatida uning kasbiy, o'quv-tarbiyaviy faoliyatiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Agar barcha deontologik qoidalar va ko'rsatmalar tushuntiruvchi o'qituvchilar tomonidan buzilgan bo'lsa, bunday hollarda talabalar ulardan qanday saboq olishlari mumkin? Masalan, klinika hodimlari bog’lash honasida qalpoqchasiz va maskasiz bemorlarni ko'zdan kechirishi, ularga e'tiborsizlik bilan muomalasi, bir birlariga munosabatida qo'polligi, ko'rikka kechikib kirishi, hujjatlarni e'tiborsizlik bilan to'lg’azishi va hokazolarda bunday o'qituvchilardan nimani ham o'rganish mumkin!

Bunday hollarda haddan tashqari javobgarlik klinika jamoasi rahbaridan to farroshigacha yuklatilib, shifokor faoliyatining barcha sohalarida (o'quv, davolash va ilmiy) bo'lajak shifokorlarning etik va deontologik normalarini shakllanishi va tarbiyalanishlarida muhim ahamiyatga ega bo'ladi.


Nazorat savollari:

1.Otorinolaringolog shifokoriga qanday deontologik talablar qo'yiladi?

2.O'z faoliyatida otorinolaringolog shifokori qanday kasbiy deontologik ko'nikmalarni o'zlashtirishi kerak?

3.Yuzida defekti bor bemorlar yuzini xirurgik usulida to’g’rilashda shifokorning deontologik taktikasida qanday masalalarga amal qilinishi talab qilinadi?

4.LOR - organlari kasalliklarini davolashda tibbiyot hamshirasi va sanitarkasiga qanday deontologik talablar qo'yiladi?

5.Otorinolaringolog shifokorining yosh bolalar bilan aloqa o'rnatishidagi deontologik qoidalarni ko'rsating.

6.Bolalar LOR - klinikasidagi deontologik muhit kattalarnikidan nimasi bilan farqlanadi?

7.LOR - organlarining har xil kasalliklari bilan kasallangan bemor bolalarni tekshirish, operatsiyaga tayyorlash va davolashning o'ziga xos hususiyatlarini ko'rsating.

8.Bemor bolalarning qarindoshlari bilan shifokorning o'zaro munosabatlarini deontologik asoslarida nimalarga e'tibor berilishi zarur?

9.O'zining yetarlicha nazariy bilim va amaliy tajribasi yetishmasligida o'z kasbini suiste'mol qilishlikning deontologik asoslarini baholang.

10.LOR - organlari kasalliklarini davolash, xatoliklar va asoratlarini oldini olishda qanday deontologik qoidalarga rioya qilinishi zarur?

11. LOR - kasalliklarini o'rganishda talabalar uchun ma'ruzalarning deontologik ahamiyatini ko'rsating.

12.Ma'ruzalar paytida bemorlarni namoyish qilishda bemorning tashqi ko'rinishini deontologik ahamiyatini tasvirlang.

13.LOR - mutahassisligi bo'yicha bo'lajak shifokorni tarbiyalashning deontologik asoslarini ko'rsating.

14. Bo'lajak shifokorni tarbiyalashning etik va deontologik qarashlarini shakllanishida o'qituvchi faoliyatining deontologik qoidalari va ko'rsatmalarini ta'riflang.


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish