Huquq va deontologiya asoslari



Download 0,83 Mb.
bet5/12
Sana08.09.2017
Hajmi0,83 Mb.
#20332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Nazorat savollari:

1. Deontologik nuqtai nazaridan terapiya bo'limida invaziv aralashish qanday dalil hisoblanadi?

2. Terapiya amaliyotida chegara kasalliklari deontologik jihatidan qanday o'rinni egallaydi?

3. Terapevtik bemorlarda yangi davolash usullarni qo'llashning deontologik prinsiplarini ko'rsating.

4. Deontologik nuqtai nazaridan foydalanilayotgan davolash metodini muhokama qilish darajasi muhimligi nimada?

5. Shifokor bilan bemorni o'zaro aloqasidagi deontologik prinsiplar qanday baholanadi?

6. Shifokor - terapevtning davolash-diagnostika va davolash-profilaktika ishlarini bajarishida deontologiyaning qanday etaplari farqlanadi?

7. Bemorlar va ularning qarindoshlari bilan suhbatning deontologik asoslariga to'xtaling.

8. Og’ir bemorlar murojaat qilganda yoki ularni davolashda shifokor-terapevtning deontologik qarashlari nimalarga bog’liq?

9. Davolash-reabilitatsiya etapida shifokor-terapevtning deontologik va psixoterapevtik yondashishi qanday?

10. Shifokor-terapevt va boshqa shifokorlar o'zaro aloqasining deontologik prinsiplarini baholang.

11. Uchastka shifokor-terapevti ishidagi deontologiyaga aloqador masalalarni ko'rsating.

12. Kasallikni profilaktikasida shifokor-terapevt qanday deontologik qoidalarga amal qilishi zarur?

13. Deontologik nuqtai nazaridan uchastka terapevtiga asosiy deontologik talablarni ko'rsating.

14. Maishiy korxonalarning tibbiy sanitariya bo'limlarida ishlaydigan shifokorlarning bemorlarga nisbatan deontologik burchlari nimada?

15. Qishloq shifokorlik punktida ishlaydigan shifokorlarga xos deontologik prinsiplarni ayting.

16. O'ziga xosligi bilan qishloq shifokor-terapevtining kasbiy aktivlik diapozoni deontologik asosini tushuntiring.

4.3. Hozirgi zamon xirurgiyasining dеontologik asoslari

Vatan xirurgiyasining butun rivojlanish tarixida shifokor-xirurg kasbiy san'atini tarbiyalashni shakllantirishga g’oyat ahamiyat berib kelingan.

Hozirgi kungacha Vatan xirurgiyasining butun shakllanish yo'lida, ayniqsa o'tgan urushni boshidan kechirgan xirurgning mehnati uning o'z halqiga sidqidildan bor kuchi bilan bayram va dam olish kunlarisiz hizmat qilganligidan darak beradi.

Xirurglik ishi javobgarlik va jiddiylikni talab qilib, bunda bosh va ikkinchi darajalik, muhim yoki muhim bo'lmagan masala bo'lmaydi, balki bemor bilan birinchi uchrashuvidan boshlab to u tuzalgunicha uni sog’lig’ini tiklash, ko'pincha hayotini saqlab qolish va aktiv mehnat qobiliyatini tiklanishi uchun u o'zining butun imkoniyatlarini ishlatadi.

Bemor odam doimo e'tiborlilik, ziyraklilik, g’amho'rlik, rahmdillikni talab qiladi. Ko'pincha o'zining og’ir kasalligi tufayli ruhan ezilgan, operatsiyadan qo'rqqan bemor, xirurgda undagi azoblanishlardan qutqarishga ishonuvchi birdan-bir siymoni ko'z oldida nomoyon qiladi.

Xirurg faoliyatining o'ziga xos hususiyatlaridan biri shundaki, u doimo yechilishi zarur bo'lgan juda murakkab muammolarga duch kelib, buning asosida avvalam bor bemor sog’lig’i va hayotini saqlash masalasi yotadi. Bu diagnostika masalasi bo'libgina qolmasdan, balki operatsiyani xavflilik darajasini aniqlash, u yoki bu qo'shimcha diagnostik, davolash muolajalari hamda bemor va qarindoshlarining tezkor xirurgik operatsiyaga roziligi masalasining maqsadga muvofiqligidir.

Bunday qaror qabul qilish xirurgdan katta mahorat, tajriba va bilim safarbarligi, bemor hamda u ishlaydigan muassasa jamoasi va nihoyat, jamiyat oldidagi javobgarlikni talab qiladi. Masalani murakkabligi shundagi, xirurg har doim ham operatsiyaning xavflilik darajasini kamaytirish imkoniyatiga mutlaqo kafolat bera olmaydi. Faqat bunday xavf kasallik xavfidan ustunlik qilgan taqdirdagina buni aytish jasorati paydo bo'lishi mumkin.

Talabalar bilan ishlash tajribasi shuni ko'rsatadiki, ularning klinikaga kelishini birinchi soatidan boshlab deontologiyaga aloqador mashg’ulotlar o'tkazilib, unda klinikaning qonun, qoida va odatlari bilan tanishtiriladi. Bunda talabalar e'tiboriga deontologik muhitning bemor emotsional va fiziologik holati, shuningdek kutilayotgan operatsiyaning davolash natijasiga ta'sir qilishlik masalalari to’g’risidagi ma'lumotlarni yetkazish muhimdir.

Xururgik muassasalar uchun ularning faoliyatidagi muhim bosqich - operatsiya jarayonidir. Bunda operatsiya qiluvchi xirurgga alohida o'rin ajratiladi. Darhaqiqat xirurg qayiqni boshqaruvchi “kapitan”ni eslatib, bu jarrohxona uchun qonun hisoblanadi. Biroq bunday fikrni mutlaqolashtirish mumkin emas, chunki u boshqa mutaxasisliklar, jumladan, anesteziologlar, transfuziologlarning fikrlari, kompyuter kuzatuv natijalari bilan hisoblashishga to’g’ri keladi. Oxirgi holat “shifokor-mashina” o'zaro munosabati muammosiga aloqador bo'ladi.

Doimiy, tez, mahalliy, hotirjamlik bilan hayajonlanmasdan, qichqiriqsiz olib borgan xirurgning faoliyati operatsiya qatnashuvchilariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatib, barcha shaxsiy negativ munosabatlar, bir-biriga nisbatan sub'yektiv fikrlar va boshqa kutilmagan holatlar operatsiya eshigidan tashqarida qolib ketishi mumkin.

Xirurgning operatsiya qilinuvchi bemorning tanlashi deontologik nuqtai nazaridan juda muhimdir. Ayrim hollarda bemor shunday qarorga kelishi mumkin, ammo uni amalga oshirib bo'lmaydi. Masalan, bemor tanlagan shifokor yetarlicha malakaga ega emas yoki aniq operativ usulini bilmaydigan davolovchi shifokordir. Bunday hollarda boshqaruvchi xirurgni operatsiya qilishi talab qilinadi. Bunda u assistent sifatida operatsiyaga qatnashishi mumkin.

Boshqa variantning ham qonuniy huquqliligi: u bilan kelishilgan bemor bilan suhbatdan keyin klinikaning (yoki bo'limning) malakali xirurgi operatsiya qilishga kirishadi. Bemor doimo operatsiyani yuqori darajada o'tishiga ishonch hosil qilishi zarur. Bunday savollarni echilishi har ikkala tomon uchun (bemor va xirurg) ham muhim bo'lib, bunda bir tomonning ruhiyati jarohatlanibgina qolmasdan, balki ikkinchi tomonni obro'si ham chegaralanmasligi kerak. Xirurgning bunday taktikasi uning faoliyatida doimo hisobga olinishi zarur.

Shifokorni operatsiya qilayotgan xirurgning holati xirurgiyada murakkab vaziyat hisoblanadi. Bunda bemor bilan o'zaro psixologik aloqa o'rnatish anchagina qiyin bo'ladi. Birinchidan, kasal-bemor o'zining kasalligi xavflilik darajasi va xarakteri hamda operativ jarayonning oqibati va xavflilik darajasini tushunsa, ikkinchidan, ko'pincha ob’yektiv ma'lumotlarga qaramasdan o'ziga ma'qul natija kutishidir. Bunday holatlarda xirurgdan yuqori san'atkorlilik, odoblilik, ehtiyotkorlik talab qilinib, kasallikning oqibati yaxshi bo'lishi uchun bemorda ishonch tuyg’usini qo'llab quvvatlaydi.

Hozirgi xirurgiyaning muhim yutuqlari shubhasiz mamlakatimizda anesteziologiya va reanimatsiya hizmati bilan bog’liqdir. Anesteziolog bemorni operatsiyaga tayyorlashda qatnashib, uning qarama-qarshi tomonlarini asoslaydi, kerakli anesteziologik qo’llanmalar bilan ta'minlab, operatsiya vaqtida bemor havfsizligi uchun javobgar hisoblanadi hamda asorati uchun kurashib, hayot uchun muhim organlar - yurak, o'pka va miya funksiyasi buzilishini oldini olishni ta'minlashda yordamlashadi.

Hozirgi davrda ko'pgina xirurgik yo'nalishidagi muassasalarda reanimatsiya bo'limi mustaqil faoliyat ko'rsatib, unda “qizil chegara” bilan aseptika qoidalariga yuqori darajada rioya qilish zarurligi belgilangan bo'lib, boshqa mutaxasislar va shuningdek bemorning oldiga qarindoshlarini kirishiga kamdan kam hollarda ruhsat beriladi.

Biroq hozirgi zamon xirurgiyasi faqat reanimatsiya va anesteziologiya bilangina emas, balki sun'iy qon aylanish, transfuziologiya, giperbarik tibbiyot va boshqa mutaxasisliklar bilan ham chambarchas bog’langandir. Ularning takomillashuvi, xirurgiya imkoniyatlarining o'sishi, operativ muolajalarning hajmi bunday hizmatlar va mutaxasislarning o'zaro munosabatlarini qiyinlashtirib, yangi deontologik muammolarni olg’a suradi. Bunday masalalarning to’g’ri yechilishi xirurg faoliyatidagi umumiy muvaffaqiyat bilan bog’liq bo'ladi.

Shuni unutmaslik zarurki, xirurglik ishi (boshqa tibbiyot sohasidagi yo'nalishlarni kamsitmasdan) - alohida soha bo'lib, juda qiyin va boshqa mutaxasisliklardan keskin farqlanuvchi kasb hisoblanadi. Xirurgiyada nuqul jamoa bo'lib ishlash xos hisoblanilib, hamkorlik bilan mehnat qilish, bir-birini yordamiga suyanish, kerakli paytda yordamlashish fazilatlari muhimdir. Masalan, operatsiyani tugatayotgan xirurg, o'zining yordamchisiga yarani tikishni yuklaydi. Bunda ishonch va yuqori javobgarlilik talab qilinib, bu aniq harakat qilishlik hamda asoratga yo'l qo'ymaslikni talab qiladi. Operatsiyani tugallashning muhim etapi bemorni reanimatsiya bo'limiga o'tkazish masalasi hisoblanadi.

Xirurg reanimatsiya bo'limiga o'tkazilgan “o'z kasalini” har kuni nazoratdan o'tkazib turishi zarur. Men operatsiya qildim, endi reanimatologning ishi, chunki operatsiyadan keyin bemor uchun to’lig’icha reanimatolog javobgar degan xirurgning qarashi xatodir, chunki u avvalam bor bemorning moral - psixologik holatini hisobga olmaydi. Bemorni yaqindagina operatsiya tufayli og’ir fizik va ruhiy hayajonlanish olganligi natijasida o'ziga tanish bo'lmagan bo'limda yotganligi, o'ziga tanish bo'lgan tibbiyot hodimlari va shifokorlar bilan aloqasini yo'qotganligi to’g’risidagi barcha deontologik masalalar moral - psixologik holatini belgilaydi.

Ba'zi hollarda reanimatsiya bo'limida ishlaydigan hodimlar ko'pincha katastrofik asoratlar va bemorlarning o'limi kuzatilib, bu yosh shifokorlar hamda hamshiralarda ayniqsa og’ir taassurotlar qoldirishi mumkin. Shuning uchun ham ularning psixoemotsional holati muhim himoyani va deontologik jihatdan xushmuomalalikni talab qiladi. Bunday hollarda xirurgik muassasalarning shtatiga shifokor-psixologlarni kiritish asoslangan bo'lib, bu har xil janjallarni oldini olishda jamoa hamda bemorlar bilan aniq maqsad sari ishlash imkoniyatini yaratadi.

Reanimatsiya bo'limining tashkil qilinishi hozirgi zamon tibbiyotining katta yutuqlaridan biridir. Bunday bo'limlarda bemorning hayotini saqlab qolish uchun mo'ljallangan barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi kerak. Bemorni kuzatishni nazorat qiluvchi apparatlardan tashqari, barcha kerakli muolajalar, jumladan, qon quyish, har xil suyuqliklar, dori-darmonlar, yurakni stimulyatsiyasi va dostimulyatsiyasi uchun kerakli moslamalar, sun'iy nafas oldirish moslamalari, miya gipotermiyasi, reanimatsion barokamera hamda boshqa apparatlar bo'lishligi talab qilinadi.

Reanimatsion bo'limi amaliy faoliyatidagi eng muhim murakkab muammo juda og’ir, ayrim hollarda o'layotgan bemorlarga munosabat masalasidir. Xirurglik kasbining insonparvarlik tomonlari bunday kasallarga va jumladan ularning qarindoshlariga nisbatan o'ziga xos munosabatda bo'lishlikni talab qiladi. Bu o'z navbatida tibbiyot muassasalarining umumiy va tibbiy madaniyatini hamda shifokorlarni tayyorlashning psixologik va deontologik sifatlarini belgilaydi.

Shifokor istalgan holatda, xatto qisqa muddatda bo'lsa ham mutlaqo barcha usullarni qo'llab bemorni hayotini saqlash uchun kurashishi zarur. Boshqacha aytganda, “Bemorga ziyon keltirma!”, balki ko’proq ish qil ma'nosidagi deontologik qoidalar - asosiy shior bo'lishini doimo esdan chiqarmaslik talab qilinadi.

Xirurgiya sohasidagi favqulotdagi holat kasallikni boshlanishidan to xirurgik yo'li bilan uni oqibatini yo'qotishgacha bo'lgan vaqt bilan belgilanadi. Vaqt yetishmasligi masalasi tibbiy yordamni tashkil qilishlikka yuqori talab bilan xarakterlanib, tibbiyot hodimlarining deontologik burchi va bu ishga nisbatan yuridik javobgarligi bilan baholanadi. Favqulotda holatlarda (xirurgik muassasalaridan tashqarida) tez tibbiy yordam sistemasi korxonalari uchun bunday muammolarni bilish (bu erda to'satdan jabrlanuvchi yoki o'tkir kasallanuvchilarga tibbiy yordam ko'rsatiladi) muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda shifokor (feldsher)ning hammaga ma'qul bo'lgan va ijtimoiy hulqi normalaridan tashqari deontologik prinsiplar saqlanishini qiyinlashtiradigan qator yangi momentlar paydo bo'ladi. Bunday ishga boshqa kerakli sharoitlarda quyidagicha muhim xususiyatlari hisobga olinishi zarur:

1) har xil sharoitlarda tibbiyot hodimlarining og’ir bemorlar bilan o'zaro munosabati (voqea sodir bo'lgan joyda, davolash muassasasida “Tez yordam avtomashinasida”);

2) butun ish jarayoni davomida navbatchi tibbiyot hodimining bardoshliligi va kasbiy tayyorgarligi, sifatiy hususiyatlari;

3) “tez tibbiy yordam” amaliyotining psixiatrik va sud tibbiyoti aspektlari.

“Bemor - tez yordam -shoshilinch operatsiya”ning o'zaro aloqadorligi dispecherning chaqiruv signalini qabul qilinishidan boshlanib, u birinchi navbatda ishga kirishadi. Tez yordam uchun murojaat qiluvchi odam, odatda hodisa uchun hayajonlangan bo'lib, bunday holatni markaziy stansiya operativ bo'limi hodimlari doimo hisobga olishlari zarur. Chaqiriq qabul qilinishida navbat yo'qligi yoki “iltimos kuting” kabi savollarni aniq qo'yilishi va ularni sxema bo'yicha birin-ketin so'ralishi, tushunarsiz javob olinganda savolni qaytarish va tez tibbiy yordam mashinasini o'z vaqtida borishiga kafolat berish keyingi ishlar uchun ijobiy sharoit yaratilishining asosi hisoblanadi.

Davolash - diagnostik ishlar tez tibbiy yordami shifokoridan faqatgina chuqur klinik bilimni talab qilibgina qolmasdan, balki fuqarolarga nisbatan og’irlik bilan munosabatda bo'lishlikni talab qiladi. Ruhiy jarohatlanishni boshidan o'tkazgan, to'satdan kasallangan yoki huruj vaqtidagi kuchli og’riq tufayli ko'pincha bemorlarda o'lim qo'rqinchi paydo bo'ladi. Bunday hollarda shifokor imkoniyati boricha bu qiyin holatni oldini olish uchun harakat qilishi zarur. Vahimali va o'limdan qo'rqish sezgisini faqatgina dori darmonlargina emas, balki psixoterapevtik vositalar bilan ham amalga oshirish mumkin. “Tez yordam” shifokori agar psixoterapevtik usulni yaxshi egallagan bo'lsa, u yuqori nevrotik va isterik reaksiyali to'satdan kasallangan bemorlarni davolashda katta davolash yutug’iga ega bo'lishi mumkin.

Shifokorni bemor bilan aloqasida so'z san'ati muhim vositadir. So'z bemorga kuchli va foydali psixoterapevtik ta'sir ko'rsatib, uni tinchlantiradi hamda umumiy holatini yaxshilaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, bemor bilan aloqa qiluvchi har bir tibbiyot hodimining muomalasi har tomonlama o'ylangan va tahlil qilingan bo'lishi kerak. Ma'lumki, so'z bemorning psixikasiga, shuningdek butun organizmga nisbiy ta'sir ko'rsatib, ayrim bemorlarda yatrogen kasalliklarni chaqirishi mumkin.

Faqat davolash maqsadida so'z san'atidan samarali foydalanish shifokor-xirurgning bilim darajasi, odobliligi, umumiy madaniy darajasi, tibbiy psixologiyani bilishiga bog’liqdir. Barcha bunday sifatlar “Tez yordam”da ishlaydigan shifokorlarning tajribasi va amaliy faoliyatining shakllanishi tufayli yuzaga keladi. Biroq to'satdan kasallangan yoki jabrlanganlar bilan birinchi marta uchrashganida xirurg bemorga o'z kasbining nozik tomonlari to’g’risida aytmasligi zarur, chunki ularning ayrimlari bemorga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Barcha gapirilgan holatlar va tibbiyot voqealari bemorda yatrogeniya manbai bo'lishi ham ehtimoldan holi emas. Bemor va ularning qarindoshlari bilan suhbat chog’ida xirurg ularning madaniy saviyasi va hayot tajribasini ham hisobga olishi zarur.

Yatrogen kasalliklarning tahlili ularning yuzaga kelishida faqatgina shifokorning so'zi va hulqi ahamiyatga ega bo'libgina qolmasdan, balki to'satdan kasallangan shaxsni yoki jabrlanuvchining qobiliyatiga, shuningdek unga jarohatlovchi faktor ta'sir qilayotgan paytdagi psixologik holatga ham bog’liqdir. Xirurg to'satdan kasallanuvchi shaxs shifokor bilan muomala paytida aniq javobgar hisoblanishini doimo esdan chiqarmasligi zarur. Bu tez tibbiy yordam ko'rsatish muassasasida ishlaydigan shifokorni oldiga har bir ishlatiladigan so'zni ehtiyotkorlik bilan o'ylangan holda talaffuz qilish zarurligi, u yoki dorivor moddalar va retsept dozalarini tuzilishiga yetarlicha ahamiyat berish majburiyatini qo’yadi.

Bemorni tinchligini himoya qilgan holda shifokor tushunarli va oddiy shaklda to'satdan sodir bo'lgan kasallikni xarakteri va darajasi muhimligi to’g’risida habardor qiladi. Bunda barcha ko'rsatilgan yo'llanmalar, topshiriq va profilaktika tadbirlariga yetarlicha ahamiyat berilganida tuzalish imkoniyati borligiga bemorni to’lig’icha ishontirish muhim ahamiyatga egadir.

“Tez tibbiy yordam” shifokori bemor yoki jabrlanuvchi bilan qisqa muddatda uchrashadi. Shuning uchun ham bemor ko’pchilik hollarda hatto shifokorning familiyasi, ismi sharifini ham bilmaydi. Bunday hollarda, agar bemor va jabrlanuvchi hushsiz holatda bo'lganlarida, kasal uchun shifokor ham noma'lum bo'lib, ko’pchilik hollarda bemorlar o'zini qutg’azgan, hayotini saqlab qolgan shifokorni ham bilmaydi.

Shoshilinch bemorni kelgusi bosqichga topshirish - juda murakkab masala hisoblanadi. Bunda bemorning reaksiyasi har xil bo'lishi mumkin. Masalan, peritonit tufayli tezda operatsiya talab qilinuvchi og’ir bemor qabul bo'limida uni kutib turganligi to’g’risida ogohlantirilgan, shifokor uni yana ko'rishi zarur, kasalxonada javobgar xirurg ham ko'rishi va tezlikda operatsiya qilishi zarurligi to’g’risidagi ma'lumotga ega bo'lgan bo'lsa, operatsiyaga hech bir qarshilik yoki kelishmovchilik, odatda, kuzatilmaydi. Aksincha, agar qabul bo'limiga olib kelingan bemor katalkada, bo'sh ko'rish xonasida, eshigi yopilgan holda uzoq vaqt qoldirilganda va unga hech bir e'tibor berilmaganda bemor va uning qarindoshlarida vahima, ishonchsizlik paydo bo'lib, bu ko'pincha yoqimsiz janjallarning sababchisi bo'lishi mumkin.

Bunday vaziyatda bemorning psixologik holatini tasavvur qilish qiyin emas: agar “Tez tibbiy yordam” brigadasi bemorni operatsiya qilish uchun kasalxonaga tezlikda yotqizish va operatsiya qilish zarurligini qat'iy talab qilsa, bemor esa kasalxonada buni jiddiylik bilan kutadi. Shubhasiz, shunday paytlar bo'ladiki, qabul bo'limiga bir vaqtning o'zida bir necha og’ir bemorlar keltiriladi va navbatchi hodim birdaniga barchasi bilan shug’ullana olmaydi, ayniqsa, ulardan birortasiga reanimatsion yordam talab qilingan taqdirda. Bunday hollarda navbatchilardan biri bu to’g’risida bemor yoki ularning qarindoshlarini habardor qilishi zarur.

“Tez yordam” shifokori va navbatchi xirurglar kuchli irodali, yuqori madaniyatli, sahiy va axloqiy sifatlarga ega bo'lishi kerak. Biroq “Tez yordam” brigadasining doimiy shtatli hodimlari va kasalxona qabul bo'limi hodimlarining ba'zan habardorlik va javobgarlik sezgisi zaiflashadi, yoki deontologiya qoidalari buziladi. Buning natijasida tibbiyot hodimlariga nisbatan bemorlar va ularning shikoyatlarigina emas, balki muhimrog’i bemor holati hamda kasalligining og’irlik darajasini baholash muhimdir. Bunday hollarda o'tkir xirurgik kasalliklarga shubha tug’ilishi va aniq qaror qabul qilinishida uni kasalxonaga yotqizish, uyda qoldirish yoki qabul bo'limidan qo'yib yuborish masalasi anchagina havfli hisoblanadi.

Agar tezlikda operatsiya qilinishidan bosh tortgan yoki kasalxonaga yotqizilishidan bo'yin tovlagan bemorlar bo'lganida “Tez yordam” shifokori qiyin ahvolda qoladi. Bunda ko'pincha bemorning qarindoshlari va qo'shnilari o'zlarining tibbiy savodsizligi, madaniyat darajasining pastligi, xirurglarga nisbatan negativ munosabati (“ular uchun faqat kesish bo'lsa!”), bemorlarga kutishni tavsiya etishi (“Balki o'tib ketar!”) yoki umuman kasalxonaga yotqizilishini rad etish masalalari nisbiy rol o'ynaydi. Bu ko’pchilik hollarda shifokorning tajribasi, talabchanligi va odobliligi, bemorning ishonchiga kirishi va ko'ndirishiga bog’liq. Bemorni kasalxonaga yotqizilishidan keskin bo'yin tovlash og’ir deontologik va kasbiy xato hisoblanadi.

Tez tibbiy yordam ko'rsatishda muhim va bosh o'rinni o'rta tibbiyot hodimi o'ynaydi. Tez yordam ko'rsatishda ular mustaqil ravishda yoki shifokorlar bilan birgalikda kerakli davolash-diagnostik tadbirlarini o'tkazadilar. Tez yordam mashinasida ishlaydigan fel’dsherni shifokorning birinchi yordamchisi ekanligini doimo unutmaslik kerak. Shuning uchun ham fel’dsherdan bilim va deontologik prinsiplarga rioya qilishda e'tiborlilik va shifokorning ko'rsatmalarini sidqidildan bajarishi, favqulotda holatlarda kerakli tibbiy yordam ko'rsatishni bilishi zarur. O'zining butun harakatlari bilan fel’dsher (yoki sanitar) shifokorni qo'llab quvvatlashi va bemorga optimistik kayfiyat bag’ishlashi zarur.

“Shifokor – fel’dsher - sanitar - shofer” brigadasi - birlashgan jamoa bo'lib, umumiy vazifa va bitta maqsadni ko'zlovchi “barcha kuch bemorga yordam ko'rsatish, uni qutqarish” masalasi ekanligi doimo ulug’vor shiorligini unutmaslik talab etiladi.

Shubhasiz, “Tez yordam”da ishlaydigan shifokordan g’ayratlilik, axloqiy va fizik kuch, chidamlilik va o'z-o'zini boshqarishni taqozo qiladi. Biroq bemor uchun kelib chiqadigan murakkab va havfli holatlarni chuqur his qilishlikda shifokorning mulohazalari muhim ahamiyatga egadir.

Xirurg uchun ommaviy profilaktika yo'nalishini to’g’ri amalga oshirishda uning barcha etapi, darajasi va zvenolarida qator aktual hamda murakkab masalalarni hal qilish talab qilinadi. Muammoning ko'pchiligi o'z vaqtida aniqlash, kuzatish, tashkiliy va profilaktik tadbirlarini o'tkazish, xirurgik kasallarni sog’lomlashtirish hamda davolashni takomillashtirishni talab qiladi.

Profilaktik ko'rik paytida uchastka shifokori tomonidan bemorlarda kuzatilgan havfli faktorlarni aniqlash, shuningdek, poliklinika xirurglariga dispanser hisobiga qo’yish va keyinchalik dispanser nazoratida kuzatish, davolash hamda sog’lomlashtirishni amalga oshirishni tashkillashtirish masalasi tavsiya qilinadi. Bunda har xil mutahassisdagi shifokorlar faoliyatida ketma-ketlilikni shakllantirish masalasi muhim ahamiyatga egadir.

Shuni ta'kidlash zarurki, ketma-ketlilikning effektivligi shunday sharoitda ta'minlanadiki, mutahassislarning (barcha bo’g’in va halqalar) o'zaro aloqalari asosida rasmiy emas, balki haqiqatan ham ijodiy manfaatdorlik, sub'yektivlilik yo'li, turlari va usullari epchil taktikaga, avvalambor, inson haqida g’amho'rlik qilishlikdan iboratdir. Bu o'z navbatida g’oyaviy - tarbiyaviy ishlari va tibbiyot jamoasida deontologik prinsiplarni joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shubhasiz, xirurgdan o'zining yo'nalishiga faqatgina yuqori malaka talab qilinibgina qolmasdan, balki chegaradosh (ortopediya, urologiya, proktologiya va b.q.) mutahassislarga nisbatan ham e'tiborlilikni talab qiladi. Chunki mutlaqo tushunarliki, agar bemorni sub'yektiv shikoyatlariga bog’liq bo'lmagan holatda barcha sistema va organlari sinchiklab tekshirilgan bo'lsa, to’liq dispanser ko'rigi hisoblanadi.

Xirurgik bemorlarning o'z vaqtida dispanserizatsiyasi va kasalliklarni erta aniqlash imkoniyati har doim ham yetarlicha effektiv foydalanilavermaydi. Bu ma'lum darajada ommaviy profilaktika ko'rigi paytida xirurgning (shuningdek boshqa shifokorlarning) vaqti keskin chegaralangan bo'lib, bunday ob’yektiv holat xirurg ishining kasbiy tomonlarini qiyinlashtiradi. Vaqt yetishmasligi deontologik prinsiplari individual imkoniyatlarini kamaytirib, shifokor so'zining ta'siri, ishonchli tavsiyalarining kuchi profilaktik ko'rikdan o'tuvchiga nisbatan o'z samarasini ko'rsatadi. Bu ishning muhim tomoni bo'lib, buni e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.

Masalani bajarishda oqilona yo'l terapiya va xirurgiya bo'limlari davolovchi shifokorlari, bo'lim boshliqlari, kafedra rahbarlari, shuningdek konferensiya, simpoziumlar va boshqalarda birgalikda ob’yektiv muhokama qilish yetarlicha murakkab muammo hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda ishning muvaffaqiyati bunday muhokama, munozara va fikr almashinuvida bemorga yordam ko'rsatishning eng optimal variantiga intilish bo'lishi, faqat ularning o'z mutahasisligi obro'yini himoya qilish nuqtai nazaridan bo'lmasligi kerak. Bu shundaygina tibbiyot deontologiyasi ta'sirini ko'rinishimi?

Bir butun, jamoa muhokamasi fikrini mujasamlantirilishi ishlab chiqarish dispanserizatsiyani muvaffaqiyatli o'tkazishning ta'sirchan faktoridir. U amaliy jihatdan har xil tashkiliy usulda amalga oshirilishi tufayli mustahkam profilaktika tadbirlari sistemasini yaratilishi, hususan har xil mutahasis vakillarining o'zaro aloqasi, tajribasi, mutahasisligi, individual hususiyalari bilan bog’liq anglashilmovchiliklarni yo'qotish masalasi yetakchi o'rinni egallaydi.

Hulosa qilib aytganda, shifokorlik mutahasisligi, shuningdek xirurglik sohasi inson faoliyatining barcha turlari ichida muhim insonparvarlikni o'zida mujassamlantiruvchi soha bo'lib, ko'pincha dramatik holatlar bilan bog’liq bo'lgan qahramonlikdir. Bemorning hayoti va sog’lig’ini saqlashdan yuqori oliyjanob vazifa bo'lmasa kerak. Shuning uchun ham mamlakatimizda shifokorlarning butun kuchi, bilimi va tajribasi shu ulug’ ishni bajarishga qaratilganligidir. Bunda tibbiyot hodimlari faoliyatida deontologik qoidalarga amal qilish juda muhimdir.


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish