Huquq va deontologiya asoslari



Download 0,83 Mb.
bet12/12
Sana08.09.2017
Hajmi0,83 Mb.
#20332
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Nazorat savollari:

1. Tibbiyot hujjatlarining turlariga qanday hujjatlar kiradi?

2. Tibbiyot hujjatlarini davolash-diagnostik ahamiyatini ko'rsating.

3. Tibbiyot hujjatlari qanday ilmiy-amaliy ahamiyatga ega?

4. Kasallik tarixini yuridik ahamiyati deganda nimani tushunasiz?

5. Tibbiyot hujjatlarini tarbiyaviy ahamiyatini ko'rsating.

6. Tibbiyot hujjatlarida isbotlash masalasi nima bilan xarakterlanadi?

7. Kasallik tarixi sxemasini birinchi marta kim taklif qilgan?

8. Kasallik tarixini to'lg’azishda shifokorlar o'zining amaliy faoliyatida nimalarga e'tibor berishlari zarur?

9. Kasallik tarixidagi yozuvlarning ahamiyati qanday?

10. Kasallik tarixida tashxisning tuzilishi va uning sud tibbiyotidagi ahamiyatini ko'rsating.

11. Kasallik tarixining qaysi bo'limi eng muhim javobgarlik qismi hisoblanadi?

12. Kasallik tarixini e'tiborsizlik bilan to'lg’azishni baholang.

13. Kasallik tarixida jarohatlarni yozishda shifokorlar nimalarga e'tibor berishlari zarur?

14. Agar bemorlar mastlik holatida jarohatlanish bilan kasalxonaga olib kelinganida shifokorlar tomonidan ishga yaroqsizlik varaqasi beriladimi?


VIII-BOB. SHIFOKORLAR SIRINI SAQLASHNING HUQUQIY

VA DЕONTOLOGIK ASOSLARI

Shifokorlar siri va uning saqlanish masalasi uzoq davrlarga borib taqaladi. Bu masala ayrim shaxslarning shifokorlik kasbini tanlashlari bilan yuzaga keladi.

Hatto Gipokrat qasamyodida ham bu masalaga to'xtalib o'tiladi: “Bemorni davolashda va shuningdek davolamaslikda insonning hayoti haqida eshitgan yoki eshitmagan gaplarni oshkor qilishga harakat qilmadim va sir sifatida saqlanishini lozim deb hisobladim”. Shifokor sirini saqlash muhimligi uchun ham tibbiyotda qadim zamonlardan beri sukunat saqlash san'atiga alohida ahamiyat berilgan.

Shifokorlar sirini saqlash shifokorlar va tibbiyot hodimlari faoliyatining axloqiy prinsiplari hisoblanadi.

Uzoq yillardan beri, hatto “SSSR va Sovet ittifoqi respublikalarida sog’liqni saqlash qonunchiligining asosi” qabul qilinishi (1969) ga qadar, shifokorlarning siri faqat odobiy norma bo'lib, tibbiyot hodimlarining axloqiy burchi hisoblanilar edi. Bu axloqiy norma shifokorlar faoliyatini belgilovchi eng muhim qoidalardan biri sanalardi - Avvalambor ziyon keltirma!

U bemorga ziyon keltirmaslikka qaratilgan bo'lib, bu shifokorlar sirini oshkor qilinishi bilan bog’liq bo'ladi. Shifokorlar sirini buzilishi bemorni kuchli ruhiy jarohatlanishiga sababchi bo'lib, hatto o'zini o'zi o'ldirishgacha bo'lgan og’ir oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

Shifokorlar sirini saqlash prinsipi faqat bemorning manfaatlari bilangina emas, balki jamiyat manfaatlari bilan ham dialektik chambarchas bog’langan bo'ladi, chunki shifokorlarning siri hisoblanuvchi ayrim ma'lumotlar bemorning manfaatlariga borib taqaladi.

Bu to’g’risida o'z vaqtida buyuk rus shifokori V.V.Veresaev quyidagilarni ko'rsatadi: “Agar shifokorlarni sirini saqlash jamiyatga yoki bemorni atrofidagi fuqarolarga ziyon keltiradigan bo'lsa, shifokorlarni siri to’g’risida hech bir so'z bo'lishi mumkin emas.Shifokorlar siri haqidagi masala, shubhasiz, jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan boshqarilishi zarur. Agar shifokorlar sirini saqlash jamiyat uchun hech bir ziyon yetkazmasa, bunday hollarda shifokor bemorga aloqador bo'lgan sirni saqlashga majbur”.

Shifokorlar sirini saqlash masalasiga har ikkala tomon ham bir xil javobgar: shifokor va bemor ham, chunki shifokorlar sirini saqlash zarurligini kafolatlanishidan maqsad bemorni diagnostikasi va davolashda uning uchun ochiqlilik, shifokorga nisbatan esa ishonchlilik hisoblanadi. Bunday hollarda shifokor bemordan uning kasalligi, hayoti, odatlari va boshqalar haqida ko’proq ma'lumot olishga harakat qilsa, bemor esa shifokorni qiziqtiruvchi ma'lumotlarni berishga harakat qiladi, agar bemorda aytilgan sirlarni shifokorlar tomonidan oshkor qilinishiga shubha tug’ilmagan taqdirda.

“Shifokorlar siri” haqidagi tushuncha nima bilan xarakterlanadi?

Shifokorlar siri - bemorning kasalligi, shaxsiy, sirli hayoti haqidagi ma'lumot bo'lib, bu tibbiyot hodimlariga o'z kasbiy vazifalarini bajarishi jarayonida ma'lum bo'ladi. Biroq shunday hollar bo'ladiki, agar shifokorlarning siri hisoblanuvchi ma'lumotlar jamiyat uchun havfli oqibatlarga sababchi bo'lganida bu sir hisoblanilmaydi. Bunday holat shifokorlar sirini saqlash haqidagi qonunda ko'rsatilgan.

Shifokorlar sirini saqlash to’g’risidagi qoida “O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash qonunchiligi asoslari” ning kerakli moddasida ko'rsatilgan.

Qonunda keltiriladi: “Shifokorlar va boshqa tibbiyot hodimlari o'zlarining kasbiy burchini bajarayotganida ularga ma'lum bo'lgan kasallik haqida, bemorning oilaviy hayoti uchun sir bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilinishi mumkin emas”.

Sog’liqni saqlash muassasalari rahbarlari fuqarolarni sog’lig’i haqidagi ma'lumotlar agar aholini sog’lig’ini saqlashga zarar yetkazadigan bo'lsa, shuningdek tergov hamda sud organlari talabiga ko'ra sog’liqni saqlash organlariga o'z vaqtida xabar berishlari shartligi ko'rsatilgan.

Qonunda shifokorlar siri hisoblanadigan ma'lumotlarni tibbiyot hodimlari tomonidan oshkor qilishi mumkin bo'lmagan hollarni birma bir ko'rsatib o'tiladi.

Shifokorlar sirini qonunsiz holatda oshkor qilish mumkin emasligi quyidagi hollarda ko'rsatilgan: suhbat paytida, matbuotda chiqishda, ma'ruzalarda, kasallik tarixidagi yoki ambulatoriya kartasidagi yozuvlar bilan begonalarning tanishuvi, bemorning familiyasi o'zgartirilmasdan ochiq ilmiy ishlarda ma'lumotlarni chop ettirilishi va boshqalar.

Qonunga zid holatda shifokorlar sirini oshkor qilish qasddan yoki e'tiborsizlik tufayli amalga oshirilishi mumkin. Qasddan jinoyat sodir qilishlik to’g’ridan to’g’ri va qisman, e'tiborsizlik esa o'ziga haddan tashqari ishonish yoki ehtiyotsizlik sifatida nomoyon bo'ladi. Masalan, tibbiyot hodimi o'z qo'shnisiga bemorning hayotidagi siri haqida gapirib, guyoki maqtangandek bo'ladi (to’g’ri qasd). Ikkita tibbiyot hodimi avtobusda bitta bemorni ikkalasi birdaniga tekshirganligi to’g’risida qattiq ovozda muhokama qiladi va bundagi shifokorlarning siri bo'lgan ma'lumotlar bilan boshqa yo'lovchilar ham tanishadilar (qisman g’arazgo'ylik). Shifokor begona odamga o'z xonasidagi ambulatoriya kartasini registraturaga eltib berishni so'raydi. Biroq begona odam ambulatoriya kartasidagi ma'lumotlar bilan tanishadi (o'ziga haddan tashqari ishonish shaklidagi ehtiyotsizlik). Shifokor o'zining hushyorsizligi tufayli kasalxona bo'limining koridorida kasallik tarixini unutib qoldiradi va bu bilan begona fuqaro tanishadi (ehtiyotsizlik shaklidagi e'tiborsizlik).

Shifokorlar sirini buzilishi jinoyatning mustaqil tarkibi sifatida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko'rsatilmagan. Shunday ekan, boshqa jinoyat sodir qilish turlaridagina jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi ko'rsatilgan. Shuning uchun ham agar jinoyatchi o'zining kasbiy faoliyatida shifokorlar sirini saqlaydigan bo'lsa, masalan, shifokor sifatida uni oshkor qilsa, o'zining hizmat manfaatini suiste'mol qilgan holda (masalan, kasalxonaning bo'lim boshlig’i), u o'z mansabini suiste'mol qilgan shaxs sifatida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 301 moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

“O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash qonunchiligi asoslari”da kasallik haqidagi ma'lumotlar to’g’risida (bemorlar haqidagi istagan boshqa ma'lumotlardan tashqari, masalan, uning shaxsiy yoki oilaviy hayotidan tashqari) sog’liqni saqlash organlari yoki tergov va sud organlariga habar berilishi qonunlashtirilgan.

Bunday ma'lumotlarni qiziqtiruvchi davlat muassasalari (faqat alohida fuqarodan tashqari) tomonidan jamiyat manfaatlari, aholini sog’lig’ini saqlash masalalari yoki demokratik qonunchilikni ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Agar infeksion kasalliklar, venerik va boshqa ayrim kasalliklar haqida sog’liqni saqlash organlariga ma'lumot berilsa, sud va tergov organlariga esa jarohatlanishlar, zaharlanishlar, o'z joniga qasd qilishlik holatlari, qonunsiz abort va boshqalar haqida ma'lumot beriladi. Kerakli hollarda, sud yoki tergovchining qarori bilan shifokor yoki boshqa tibbiyot hodimi jinsiy jinoyat haqidagi ishlar tanosil kasalliklari bilan zararlanish va boshqa hollarda guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Bu sud tergov organlariga fuqarolar sog’lig’i va hayotiga qarshi jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatni o'z vaqtida qidiruv ishlari va sud jarayonida ob’yektiv huquqiy baholashda yordamlashadi.

Har bir shifokor diplom olar ekan “Shifokor qasami”ni qabul qiladi. Qasamning matnida shifokorlar sirini saqlash haqidagi talablar keltirilgan, shuningdek shifokorlar sirini saqlash hamda uning huquqiy aspektlari haqidagi ma'lumotlar ham mujassamlantirilgan.

Shifokorlarni sirini saqlash to’g’risidagi masala tibbiyot institutlari talabalarining muhim burchlariga kirib, ular, hatto, uchinchi kurs talabalik davridayoq klinikalarda ishlaydilar va o’quv jarayonida shifokorlarning siri hisoblanuvchi ma'lumotlar bilan tanishadilar.

So'zimizni oxirida shifokorlarni sirini saqlashning deontologik aspektlardan biriga to'xtalib o'tamiz. Bu yerda gap shifokorning bemorga kasalligi to’g’risidagi barcha haqiqatni aytishi yoki aytmasligi haqida ketadi. Bunday savolga bir xil ma'noli javob yo'q. Shifokor bemorga uning kasalligi haqida albatta aytishi zarur bo'lsada, biroq uning ruhiyatini jarohatlamasligi, tabiiyki, bunday holat davolashni qiyinlashtirishi yoki xatto uni davolab bo'lmasligiga ham sababchi bo'lishi mumkin (bemor davolash muolajalari, operatsiyani rad qilishi mumkin). Har bir aniq holatda kasallikning xarakteri va bemor nerv sistemasi, uning psixologik hususiyatlari hisobga olinishi zarur.


Nazorat savollari:

1. “Shifokor qasamyodi”ning matnida shifokorlar sirini saqlashga qanday talablar qo'yilgan?

2. Shifokorlar sirini saqlash haqida shifokorlar va boshqa tibbiyot hodimlarining qanday axloqiy prinsiplarini bilasiz?

3. Shifokorlar sirini saqlashning asosiy prinsipini ko'rsating.

4. “Shifokorlar siri” tushunchasi umuman qanday baholanadi?

5. O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash to’g’risidagi qonunchilik asoslarida shifokorlar sirini saqlash masalasida qanday vazifalar keltirilgan?

6. Shifokorlar sirini saqlashning qonunga qarshi shakllarini ko'rsating.

7. O'zbekiston Respublikasi JKda shifokorlar sirining buzilishi jinoyatning mustaqil tarkibi sifatida baholanadimi?

8. Qaysi hollarda shifokorlar sirini qonunsiz oshkor qilinishi qasddan yoki e'tiborsizlik tufayli jinoyat qilishlik sifatida baholanadi?

9. Qaysi hollarda tergov va sud organlari qaroriga binoan shifokor yoki boshqa tibbiyot hodimlarini shifokorlarni sirini oshkor qilganliklari uchun guvohlik sifatida chaqirilishi mumkin?



TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR

  1. Акопов В.И. Медицинское право в вопросах и ответах М., Изд.во «Приор», 2002.

  2. Александров О.А., Коротких Р.В. Морально-этические вопросы современного здравоохранения, //Сов. здравоохранения, М., 1990, № 9, - С.11-12.

  3. Алексеев А.И., Долганцев В.И., Сафонова Н.И. Роль некоторых факторов в выборе профессии врача //Здравоохранения Российской Федерации, М., 1992, №3, - С.37-39

  4. Алисиевич В.И. Вопросы медицинской этики, деонтологии и ответственности врача //Философские и социальные проблемы биологии и медицины, М., 1990, - С.72-81.

  5. Баковский З., Гаттеридж Ф. Медицинская этика и исследования на людях //Здоровье мира, М., 1998, №11, - С.10-13

  6. Бертенсон И.В. О врачебной тайны с точки зрения требований правосудия, администрации и врачебной этики //Сборник научных трудов, СПб, 2004, т.1., - С.98-99

  7. Богорад И.В. Больной и врач М., Знание, 2002, - 95 с.

  8. Бокач Т. Охрана окружающей среды, М., Медицина, 2000, - 216 с.

  9. Вагнер Е.А. Раздумья о врачебном долге. – Пермь, Пермское Изд.во, 2003, - 222 с.

  10. Васильева Р. Судебно-медицинские проблемы при трансплантации тканей и органов, София, 1995, - С.178-184

  11. Вайль С.С. Некоторые вопросы медицинской деонтологии, СПб, Медицина, 1999, - 183 с.

  12. Воячек В.И., Осипов В.П. Врачебная тайна и врачебная этика, СПб, Медицина, 2000, - 188 с.

  13. Венедиктов Д.Д. Врачебное право на здоровые и его реализация в различных странах мира. М., Медицина, 2001, - 325 с.

  14. Гиясов З.А. Shifokor faoliyatining huquqiy asoslari,Тоshkent, 2012, -165 b.

  15. Грандо А.А. Врачебная этика и медицинская деонтология, Киев, Здоровья, 2002, - 94 с.

  16. Громов А.П. Роль врачебной этики и деонтологии в воспитании врача

//Судебная медицина, Введение в специальность, М., 1990, - С.5-15.

  1. Гуляев А.В. Вопросы деонтологии в медицине //Всесоюзная конферен-ция по проблемам медицинской деонтологии, М.,1990, - С.71-81.

  2. Давыдов С.И. Деонтология в акушерстве и гинекологии, А., Медгиз, 1988, - 109 с.

  3. Деонтологические принципы в лечении хирургического больного //Тезисы Всесоюзного симпозиума, посвящ. пробл. взаимоотношений хирурга, анестезиолога, реаниматолога и трансфузиолога, М., 1989,

- 208 с.

  1. Дмитришек Л.Т., Мыркин Ю.Н. Роль морально-этических факторов в современном здравоохранения, М., 2002, №7, - С.30-32.

  2. Душкин В.А. Этические стороны экспериментальных исследований на животных //Актуальные этико-деонтологические стороны современной медицины, М., 1993, - С.116-119.

  3. Ермаков В.В., Миндлин Я.С. Специализация медицины и проблемы деонтологии //Сов. здравоохранения, М., 1992, №7, - С.27-30.

  4. Жаров Л.В. Гуманизм и медицина, 1990, № 4, - С.42-46.

  5. Искандаров А.И., Кулдашев Д.Р. Shifokor faoliyatining huquqiy asoslari, Toshkent, 2008, - 148 б.

  6. Караванов Г.Г. Некоторые аспекты деонтологии в хирургии //Хирургия, М., 2004, № 8, - С.93-96.

  7. Караванов Г.Г., Коршунова В.В. Индивидуально-психологические особенности личности врача-хирурга, Львов, Высшая школа, 2005, - 84 с.

  8. Козлов А.М., Косарев И.И. Гиппократ и морально-этические проблемы медицины М., Изд.во Ι-го ММА им. И.М.Сеченова, 2003, - 83 с.

  9. Кони А.Ф. О врачебной тайне //Сборник научных трудов. М., 2007, т. 4,

- С.144-146.

  1. Концевич И.А. Долг и ответственность врача //Судебно-медицинские аспекты. Киев, Высшая школа, 1993, - 109 с.

  2. Королев Б.А., Гагушин В.А. О хирургии и деонтологии. Лекция для студентов, Горький, 1990, - 32 с.

  3. Коротких Р.В. Вопросы этики в международных и национальных документах //Сов. здравоохранения, М., 1992, № 2, - С. 61-65.

  4. Лакостина Н.Д., Ушаков Г.К. Медицинская деонтология, М., Медицина, 1994, - 273 с.

  5. Либих С.С. Психология больного и психология болезни //Вопросы медицинской деонтологии и психотерапии, Тамбов, 2004, - С. 43-46.

  6. Лисицын Ю.П., Жиляева Е.П. Союз медицины и искусство, М., Медицина, 2005, - 192 с.

  7. Лурия Р.А. Внутренняя картина болезней и ятрогенные заболевания, 4-е изд., М., Медицина, 1997,– 117 с.

  8. Мальцева Т.В. Об этике взаимоотношений детского врача и родителей больного ребенка //Вопросы медицинской деонтологии и медицинской этики в педиатрии, Кемерово, 2001, - С. 57-58.

  9. Морозова Г.В., Царегородцева Г.И. Медицинская этика и деонтология, М., Медицина, 1993, - 270 с.

  10. Милтон И. Медицинская этика и воспитание чувство ответственности перед обществом //Всемирный форум здровоохр., М., 2003, Т.З, №4, - С. 6-7.

  11. Морозов Г.В. Проблемы медицинской деонтологии, М., Медицина, 1997, - 293 с.

  12. Носов С.Д. Деонтология в педиатрии, Ленинград, Медицина, 1987,

- 166 с.

  1. Переладова О.Л. О педиатрах и педиатрии, Киев, «Здоровье», 2008,

- 54 с.

  1. Персианинов Л.С. Деонтология в акушерстве и гинекологии //Справочник по акушерстве и гинекологии, 2-ое изд., М., 1978.

  2. Петров Н.Н. Вопросы хирургической деонтологии, СПб, Медгиз, 1996,

- 63 с.

  1. Петров Б.Д. Врач, больные и здоровье, М., Медицина, 1992, - 28 с.

  2. Петровский Б.В. Деонтология и врачебная этика с точки зрения хирурга //Актуальные этико-деонтологические вопросы современной медицины. М., 1983, - С. 60-61.

  3. Петровский Б.В. Деонтологические принципы и лечения хирургического больного //Тезисы Всесоюзного симпозиума, М., 1984, - С.3-7.

  4. Писарев Д.И. Основные проблемы врачебной этики и медицинской деонтологии, М., Медицина, 1999, - 192 с.

  5. Попов В.Л., Попова Н.П. Правовые основы медицинской деятельности, СПб, 1999.

  6. Сидоренко Г.И., Сутокская И.В., Прокопенко Ю.И. Деонтологические проблемы гигиены окружающей среды //Журнал Гигиена и санитария, М., 2003, № 1, - С. 37-41.

  7. Смирнова Г.А. Деонтология в педиатрии, Минск, 2005, - С. 8-12.

  8. Смольянинов В.М., Ширинский П.П. Годы студенчества – важный этап формирования этики врача //В кн: Этико-психологические проблемы медицины, М., Медицина, 1978, - С. 294-311.

  9. Телешевская М.Е., Погабко Н.И. Вопросы врачебной деонтологии, СПб, Медицина, 2008, - 158 с.

  10. Фролов И.Т. Прогресс науки и будущее человечества М., Политиздат, 1995, - 212 с.

  11. Шамарин И.И. Размышления клинициста о профессии врача, Соратов, Изд.во СГУ, 2004, -191 с.

  12. Шамсиев С.Ш., еренков В.А. Медицинская этика в педиатрии, Ташкент, Медицина, 1978, - 198 с.

  13. Штрассман П. Медикаментозные и диетические назначения в акушерско-гинекологической практике, М., 1997, - 175 с.

  14. Щепин О.П., Царегородцев Г.И., Ерохин В.Г. Медицина и общество, М., Медицина, 2003, - 392 с.

  15. Царегородцев Г.И. Этико-психологические проблемы медицины, М., Медицина, 2005, - 375 с.

  16. Эльштейн Н.В. Диалог о медицине, Таллин, Вагус, 2006, - 256 с.

  17. Конституция Республики Узбекистан, Ташкент, 1992.

  18. Указ Президента Республики Узбекистан от 10 ноября 1998 года «О реформировании системы здравоохранения» Ташкент, 1998.

  19. Закон Республики Узбекистан «Об охране здоровья граждан», Ташкент, 1996.

  20. Уголовный Кодекс Республики Узбекистан, Ташкент, 1996.



MUNDARIJA

1. Kirish………………………………………………………………………....4

2. I Bob. Bo'lajak shifokorni tarbiyalashning g’oyaviy - siyosiy birligi...............6

3. II BOB. Tibbiyot taraqqiyoti, deontologiya va huquq...............................20

4. III BOB. Etika va tibbiyot estetikasi muammolari…………..…………….25

5. IV - BOB. Tibbiyotda deontologiya asoslari...............................................39

6. 4.1. Pediatriyada deontologiya asoslari….....………………………………...39

7. 4.2. Terapevt faoliyatining deontologik asoslari...............................................55

8. 4.3. Hozirgi zamon xirurgiyasining deontologik asoslari............................70

9. 4.4. Travmatologiya va ortopediyaning deontologik asoslari...........................84

10. 4.5. Akusherlik va ginekologiyaning deontologik asoslari.............................100

11. 4.6. Otorinolaringologiyaning deontologik muammolari...............................113

12. V-BOB. Tibbiy yordam ko'rsatishni huquqiy baholash.........................125

13. VI-BOB. Tibbiyot amaliyotida shifokorlarning xatosi va baxtsiz hodisalarni huquqiy va deontologik baholash......................................................................139

14. VII- BOB. Tibbiyot hujjatlarining davolash-diagnostik, ilmiy amaliy, tarbiyaviy va yuridik ahamiyati………………………………………………………………...155

15. VIII-BOB. Shifokorlar sirini saqlashning huquqiy va deontologik asoslari…………….………………………………………………..……………….166



16. Tavsiya etiladigan adabiyotlar……………………………………….………171


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish