Huquq tushunchasi va ta’rifi


XXI asr boshida oldimizda murakkab vazifalar turibdi



Download 118,5 Kb.
bet13/14
Sana22.04.2022
Hajmi118,5 Kb.
#574216
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Huquq tushunchasi va ta’rifi

XXI asr boshida oldimizda murakkab vazifalar turibdi:
birinchidan, butun bir avlodning ruhiyatini o‘zgartirish va unda yangi siyosiy va huquqiy madaniyatni tarbiyalash;
ikkinchidan, jamiyatimizning ayrim guruhlari o‘rtasida har qanday ekstremizmni, murosasizlikni istisno etish hamda xar bir shaxsning huquq va erkinliklariga rioya etilishiga ko‘maklashish.
O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro shartnomalar va konvensiyalarga, shu jumladan inson hukuqlari buyicha 40 dan ortiq hujjatlarga qo‘shildi.
Bular orasida Inson hukuqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqorolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi, Iktisodiy, ijtimoiy va madaniy hukuqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Paktlar, Bola huquqlari to‘g‘risidagi, onalikni muhofaza o‘ilish to‘g‘risidagi Konvensiyalar bor.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda inson hukuqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari tizimini vujudga keltiruvchi 100 dan ortik, muhim qonunlar qabul qilingan. Bu qonunlar inson huquklarining quyidagi turlariga bag‘ishlangan.
Birinchidan: fuqarolarning shaxsiy huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar. Chunonchi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida (yangi tahrirda), ta’lim to‘g‘risida, fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida, muqobil xizmat to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchidan: fuqarolarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar. Siyosiy partiyalar to‘g‘risida, ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida, Prezident saylovi, Oliy Majlisga, mahalliy Kengashlarga saylov to‘g‘risida, fuqorolarning saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida, kasaba uyushmalari to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul kilindi.
Uchinchidan: fuqorolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlariga oid qonunlar. Bu sohada hozirdayoq 100 ga yaqin, shu jumladan mulk, tadbirkorlik, ijara, yer to‘g‘risidagi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, mehnatni muxofaza qilish sug‘urta, aholini ish bilan ta’minlash, istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga sodiq bo‘lishlikni o‘z milliy manfaatlarimiz taqozo etmokda. Bu O‘zbekiston uchun xalqaro huquq normalarining ustuvorligi e’tirof etilishini, inson huquq-larini mustaxkamlashga moyillikni, demokratiya, fuqarolar osoyishtaligi, milliy va millatlararo totuvlik g‘oyalariga sodiqlikni bildiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga ko‘ra O‘zbekistonda inson huquqlari buyicha quyidagi milliy institutlar tuzilgan va ishlab turibdi:
1. Inson hukuqlari buyicha Oliy Majlis vakili (Ombudsman) (1995 yil);
2. Oliy Majlis xuzuridagi Amaldagi konun hujjatlari monitoringi instituti (1996 yil);
3. Inson xuquklari buyicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (1996 yil).
Ombudsman O‘zbekistonda ancha keng huquqiy maqomga ega. Uning faoliyati davlat va fuqaro, jamiyat va shaxs o‘zaro aloqalarining eng muhim sohalarini, tarbiyaviy va ma’rifiy vazifalarni kamrab oladi. Ombudsman inson huquqlari to‘g‘risida Ombudsman o‘zining xar yilgi ma’ruzasida parlamentga ma’lum qiladi.
Hozirgi kunda bu sohada turgan eng muhim vazifalardan biri, mamlakatimiz mintaqalarida Inson xuquqlari buyicha vakil samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, Ombudsman institutining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash zarur.
Bundan tashqari, inson huquklari sohasida Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, inson huquqlarini himoya qiladigan davlat va jamoat tashkilotlarinnng yaxlit tizimini barpo etish lozim".
O‘zbekistonda inson huquqlari va demokratik institutlarni rivojlantirishdagi ustuvor yunalish qanday? Shahar va kishloqlarda odamlarning, yoshlarning, ayollarning keksalarning o‘z hukuqlarini bilish va ulardan foydalanishga bo‘lgan intilishi kuchayib bormokda. Bu — O‘zbekistonning, davlat mustaqilligi yillarida paydo bo‘lgan siyosiy va huquqiy madaniyati uchun yangi hodisadir.
«O‘z haq xuquqini taniydigan, o‘z kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, atrofida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabatda bo‘ladigan, shu bilan birga, o‘z shaxsiy manfaatlari mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish darkor».
Shu o‘rinda prezidentimiz I.A.Karimovning huquq to‘g‘risidagi bergan ta’rifini eslamasdan ilojimiz yo‘q. Prezidentimiz “Huquq – bu mustaqillikdir” – deya huquqqa ta’rif bergan. Bu so‘z zamirida chuqur ma’no yashiringan. Chunki har bir shaxs mustaqil bo‘lishi uchun avvalo o‘z huquqlarini bilishi va anglab yetmog‘i lozim. O‘z huquqini bilgan va talab qila olgan fuqaro hech qachon birovga tobe’ bo‘lmaydi. Suverinitetning eng muhim belgisi – Konstititutsiya. Konstitutsiya bu – huquqdir.
“Davlatimizning oldiga qo‘ygan zng dolzarb vazifalardan biri demokratik fuqarolik jamiyatini tuzish. Ushbu vazifani amalga oshirishda fuqarolar asosiy rol o‘ynaydi, albatta. Fuqarolar ushbu vazifani amalga oshirishdagi ishtirokida ularning huquqiy ong darajasi muhim o‘rin tutadi.
Ushbu vazifani amalga oshirishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymaslik va birinchi navbatda halqimizning huquqiy ongini shakllantirish har bittamizning oldimizga qo‘ygan vazifamiz, burchimiz bo‘lishligi lozimdir.”



Download 118,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish