Hujayra va gen ingenerligi


Organizmdan tashqarida tuxum hujayrani otalantirish



Download 23,72 Mb.
bet91/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Organizmdan tashqarida tuxum hujayrani otalantirish
Hayvonlarni ko’paytirishning samarasini oshirishda va bir qancha ilmiy muammolarniyechishda organizmdan tashqarida (in vitro) tuxumhujayralarini otalantirish va ularni dastlabki davrida o’stirish o’ta muhimdir. Organizmdan tashqarida otalantirish texnikasini o’rganishqishloq xo’jalik hayvonlarida gen va hujayra injeneriyasini yanada rivojlantirishga asos bo’ldi. Negaki, bu yo’nalishda tajribalar olib borish uchun yosh embrionlar kerak bo’ladi, ularni organizmdan olish esa faqat jarrohlik yo’li bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, hayvonlarga gormonlar bilan ishlov berilganda ovulyatsiya va kerakli yoshdagi embrionlar soni noma`lum bo’lib qoladi. Gen va hujayra injeneriyasi usullari esa organizmdan tashqarida gameta va embrionlarda uzoq manipulyatsiya o’tkazishni talab etadi. Mana shu muammolarning barchasi tuxum hujayralar organizmidan tashqarida otalantirilsa o’z yechimini topadi. Sut emizuvchilarda tuxum hujayrani organizmdan tashqarida (in vitro) otalantirish asosan quyidagi bosqichlardan iborat: ootsitlarni yetiltirish,spermatozoidlarni kapatsitatsiya qilish, otalantirish va embrionlarni dastlabki davrida o’sish va rivojlanishiga sharoit yaratish.
Oositlarni in vitro sharoitida yetishtirish
Qishloqxo’jalik hayvonlari tuxumdonidagi pishib yetilmagan (oositlar) tuxum hujayralar, ularni ko’paytirishda muhim genetik zahira hisoblanadi. Bu tur hayvonlarda va umuman sut emizuvchilarda tabiiy holda ovulyatsiya natijasida bachadonga tushadigan tuxum hujayralar oositlarning juda kam miqdorini tashkil qiladi. Ishlatilmagan oositlar esa tuxumdon ichida regeneratsiyaga ya`ni otreziyaga uchraydi. Tabiiy holda savol tug`iladi, ishlatilmagan oositlar tuxumdondan olinib, ishlov berilib, organizmdan tashqarida otalantirilsa bo’ladimi yoki yo’qmi? Horzirgi paytda oositlarning butun zaxirasi tuxumdondan olinib, ishlatiladigan darajaga keltirishni ta`minlaydigan usul yo’q. Lekin, tuxumdonning follikula hosil bo’ladigan qismidan oositlar ajratib olinib o’stirilishi va organizmdan tashqarida otalantirilishi mumkin. Bunday ish birinchi bo’lib 1935-yilda G.Pinkus va N.Enzman tomonidan quyonlarda qilingan.
Ma`lumki, oositning follikuladan ajralishi va ovulyatsiyadan oldin LG gormonining chiqishi bilan oosit meyotik tormozlanishdan chiqadi va homila pufagi yoriladi. Qoramollarda homila pufagi yorilishi taxminan LG ajrala boshlagandan keyin 5 soatdan so’ng yuz beradi. Oositda metafaza I ga 12 soatdan va metafaza II ga 24-25 soatdan keyin erishiladi. Organizmdan tashqarida qoramollar homila pufagi yadro membranasi ham 5-6 soatdan so’ng yo’qoladi va 12 soatdan keyin xromosomalar metafaza I ga va 20-24 soatdan so’ng metafaza II ga yetiladi.
Ko’pchilik oositlar tuxumdon follikulasidan olingandan keyin meyoz bo’linish metafaza II gacha davom etadi, lekin ular otalantirilganda zigotaning o’sishi to’laqonlibo’lmaydi. Bunga sabab oositlarning o’sish va rivojlanishi to’laqonli bo’lmaganligidadir. Yana sabablardan bittasi oositlar in vitro da o’sganda sitoplazmada erkak pronukleusi shakllanishi va rivojlanishini nazorat qiladigan omil shakllanmaydi. Sitoplazmada shunday omil bo’lishi uchun oositlar meyotik sikl boshlanishida kamida 6 soat follikula ichida bo’lishi kerak.
Sut emizuvchilarda steroid gormonlar oositlarda meyoz sikli boshlanishiga ta`sir ko’rsatmasligi, lekin ularning me`yorda fiziologik yetilishi uchun kerakligi aniqlangan.
Stereoid gormonlar va boshqa omillar follikula hujayralarida ishlab chiqiladi va ular oositlarning yetilishiga ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun oositlarni follikula hujayrasi bilan birgalikda o’stirish ularning me`yorda otalanishi va embrionlarning keyingi rivojlanishida muhim rol o’ynashi to’g`risida fikrlar bildirildi. Bunda, ya`ni oositlar follikula ichida yoki follikula hujayralari bilan birga o’stirilganda gonodotropinlar muhitda albatta bo’lishi kerak. Hozirgi paytda amaliyotda faqat qoramollar oositlari in vitro sharoitida o’stirilmoqda. Bunda oositlar o’ldirilgan sigirlar va tirik hayvonlar tuxumdonidan haftasiga 1-2 marotaba olinadi. Keyingi vaqtda tirik sigir tuxumdonidan ultra to’lqini moslamasi yoki laparaskop yordamida oositlarni olish usuli ishlab chiqildi. Bunda oositlar bir hayvon follikulalardan haftasiga 1-2 marotaba olinadi. Ularning diametri 2 mm kam emas. Har safar o’rtacha bir hayvondan 5-6 oosit olinadi. Shulardan 50% dan kami in vitro sharoitida o’stirishga yaraydi. Yig’ib olingan oositlarning o’stirishga yaraydiganlari ajratilib, TSM 199 suyuqligiga isitilib ishlov berilgan 20% ga kelgan sigir qoni zardobi, granulez hujayralari va oz miqdorda antibiotik (50 i.e. penisillin, 50 mkm streptomitsin 1 ml da) qo’shilgan muhitda o’stiriladi. Granulez hujayralar oositlar ajratib olingan follikulalar muhitidan sentrifugalash yordamida olinadi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish