Hujayra va gen ingenerligi



Download 23,72 Mb.
bet41/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

5-Jadval
Lizinni sanoat miqyosida ajratib olish uchun kerakli produsentni o`stirish uchun zarur bo`lgan ozuqa muhitining tarkibi (% hisobida)



Moddalarning nomi

%

1

Qand lavlagisi chiqindisi (shakarning miqdori bo`yicha)

7-12

2

Makkajo`xori ekstrakti (quruq modda hisobida 50 %)

1.2-1.5

3

Ammoniy sulfat

2.0

4

Kaliy fosfat bir almashingan

0.05

5

Kaliy fosfat ikki almashingan

0.05

6

Bo`r

1.0

7

Sintetik ko`pik so`ndirgich

0.1

8

Suv

Qolgan qism

9

Muhit pH

7.0-7.2

Mikrobning o`sishini ikkinchi bosqichi biomassani yig`ilishini keskin kamayishi va lizin aminokislotasining biosintezlanish tezligini 0,8-1,0 g (l.soat) ga oshishi bilan tavsiflanadi. Oziqa muhiti juda ham kambag`allashadi, uning pH ko`rsatkichi talay o`zgarishlarga duch keladi. Biosintez jarayonini nazorati mikrob o`stirilayotgan suyuqlikni optik zichligini (produsent hujayralarini miqdorini) aniqlash, substrat miqdorini aniqlash yoki pH ko`rsatchiklarining signaliga qarab hamda fermentativ muhitdagi kislorod miqdorini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Biosintez jarayonining oxirida reaksion muhitdagi lizinning miqdori 40 g/l ga yetadi, muhitda qolgan substrat konsentratsiyasining miqdoriy ko`rsatkichi esa 0,5-1,0 % dan oshmaydi. Yig`ilayotgan lizinning miqdorini oshirish uchun karbon va azot manbayi kamayganda, ularni qo`shimcha ravishda tizimga kiritib turilishi kerak bo`ladi. Shu yo`sinda vaqti-vaqti bilan qo`shimcha ravishda karbon va azot manbalarini tizimga kiritib turish orqali qo`shimcha ravishda 10 % gacha so`nggi mahsulotni ajratib olishga erishish mumkin bo`ladi. Qand lavlagisi oziqa muhiti vazifasini bajargan sharoitda lizin aminokislotasini ajratib olishda, uning mikrob o`stirilayotgan muhitdagi miqdorini 50 g/l gacha oshirish mumkin bo`ladi. Shakarning o`zlashtirilishini iqtisodiy samaradorlik koeffisiyenti lizinga nisbatan sarhisob qilinganda 35 % ni tashkil qiladi.


Atsetat muhitida lizinning biomassasi substratini toksikligi tufayli uni faqat tizimga sirka kislotani bo`lib-bo`lib vaqti-vaqti bilan kiritish orqali samaraga erishish mumkin bo`ladi. O`stiriladigan mikrob materialini ajratib olishda bo`lgani kabi sirka kislotaning suyuq fazadagi miqdori 2,0 % dan oshmasligi kerak. Muhitga juda kam miqdorda shakar kiritish, masalan 1,5 % gacha to`yingingacha glyukoza kiritish, tizimda lizin hosil bo`lishini 30-50 % ga oshiradi. Lizin hosil qilish nuqtai nazardan atsetatni o`zlashtirilishi bo`yicha iqtisodiy samaradorlik koeffisiyenti 27,0 % ga yetar ekan. Bunday reaksion muhitdan foydalanish produsent tomonidan o`zlashtiriladigan biotinning miqdorini har bir litr muhit suyuqligiga 1mkg ni tashkil qilar ekan, lekin bunda defisit aminokislotalarning ma`lum darajadagi mutanosibligini e`tiborga olgan holda ish yuritish lozim bo`lar ekan. Masalan, Brevibacterium sp 22 L. shtammidan 6-Jadvaldagi tarkibga ega bo`lgan ozuqa muhitdan foydalanilganda, treoninning metioninga bo`lgan nisbati 3:1, tiaminxloridning miqdori-0,04 mg/l, biotinning miqdori esa 0,05 mg/l bo`lishi kerak. Bunda tizimga uzluksiz uzatilayotgan atsetat 1 mol/l sirka kislota va 0,25 mol/l ammoniy atsetat holatida bo`lishi hamda u shunday tezlikda uzatilishi kerakki, umumiy atsetat ionining konsentratsiyasi 1,5 % oshmasin. Jarayonning kechishini 72-soatida lizinning konsentratsiyasi 34 g/l ga yetadi. Lekin ancha yuqori mahsuldor shtammlardan foydalanish va biosintezni amalga oshirishni optimal sharoitlarini tanlab olish real sanoat ishlab chiqarishida aralashmadagi lizin miqdorini 50 g/l gacha oshirish imkonini beradi. Ko`p lizinni sanoat miqyosida ishlab chiqarishda foydalaniladigan produsentlari ureaza faolligiga ega bo`lganligi sababli ularga oziqa manbayi sifatida siydikchilni kiritish ham mumkin bo`ladi. Lekin bunda har bir shtamm uchun eksperimental yo`l bilan lizinni eng ko`p miqdorda hosil bo`lishini inobatga olib ish yuritish kerak bo`ladi. Biosintez jarayonini bosqichlarida uning kechishi uchun shtammlarning xiliga qarab azot va karbonning nisbiy konsentratsiyalarida farqli jihatlar mavjudligi aniqlangan. Demak har xil shtammlar uchun har xil optimum nisbat bo`lishi mumkin ekan. Masalan, Coryn. Glutamicum 95 uchun C:H nisbati =11:1 optimum hisoblanib, uni oshirganda lizin hosil bo`lishi oshsa, kamayganda lizinning o`rniga alanin yig`iladi. Fermentatsiya jarayonida aeratsiyaning yetarli darajada bo`lmasligi sut kislotaning hosil bo`lishiga olib keladi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish