9-mavzu: Yadroviy va sitoplazmatik genlar. Plazmidalar Prokariotlar genomi Prokariotlarning asosiy xususiyatlaridan biri bu ularda stoplazmada yadro membrana bilan chegaralangan yadroning bulmasligidadir. Prokariotlar genomi kompokt xolda tuzilgan kodlanmaydigan nukleotidlar ketma – ketligi kuzatiladi. Eukariotlardagi genlar ekspozitsiyasini boshkarish mexanizmlari prokariotlarda deyarli uchramaydi. Prokariotlar genomi tuzilishidagi oddiylik ular xaet siklining soddaligi bilan izoxlanadi.
Bakterial xromosoma tuzilishi 50 yil avval prokariotlarning barcha xromasomalari chiziqli hisoblanardi. Biroq 1956 - yilda F.Jakop va Ye. Vilman bakterial xromosomaning xalqali modelini taklif qiladi. 1989 - yilda ilk bor xromosomalarni elektroforez qilish yo’li bilan kana yoki spiroxetoza Borrelia burgdorferi bakterial xromosoma chiziqli ekanligini aniqladi. Keyinchalik Agrobakterium tumefaciens da chiziqli va xalqali xromosomalar bir vaqtda uchrashi, Streptomyces grammanfiy bakterialarda esa fakat chiziqli xromosoma uchrashi aniqlandi. Ba’zi bakterialarning genom tarkibi 8 – jadvalda berilgan.
Bakteriyalarning murakkab genomlari tarkibi
Turli bakterialarda genom o’lchami 580 nukleoproteid (Micoplasma genitalium) dan 9500 ming nukleoproteidgacha boradi. (Muxococcus xanthus) E.coli uchun genom o’lchami 4600 ming nukleoproteidga teng (mol massasi 3∙109 Da, molekula uzunligi 1,5 mm). Bakterial hujayrada xromosoma o’ta kompaktlangan. Masalan, E.coli = ~ 1,5 mm. uzunlikdagi halqasimon DNK molekulasi, tayoqcha shaklidagi diametri 1 mkm va uzunligi 2 mkm bo’lgan hujayrada joylashgan.
So’nggi yillarda bakterial xromosomaning birlamchi strukturasini o’rganishga qiziqish ortib bormoqda va 2001 yildagi 100 ta prokariot genomlarning to’lik nukleotid ketma – ketligi aniqlandi (9 – jadval).
9 - jadval