Hujayra va gen ingenerligi


Yuqori darajada konsentrlangan yem-oziqa preparatlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish



Download 23,72 Mb.
bet44/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Yuqori darajada konsentrlangan yem-oziqa preparatlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish
Yuqori darajada konsentrlangan yem-oziqa preparatlarini olishda mikrobli aralashmani oldindan sulfat kislota yordamida pH 1,6-2,0 gacha nordonlashtiriladi. Bunda lizin molekulasi ikki valentli kation holatiga o`tadi, bu narsa uning keyinchalik ionitda sorbsiyalanishiga imkon beradi. Nordon holatga keltirilgan eritma ammoniyli shaklda KU-2-8 sulfokationiti solib to`ldirilgan ion-almashinuvi kolonkalariga yo`naltiriladi. Adsorbsiya jarayoni o`tkazilgandan so`ng sorbitni suv bilan yuviladi. Produsentning hujayra qoldiqlari va adsorbsiyalanmagan boshqa komponentlar texnologik oqova sifatida utilizatsiyaga duch keladi. Ionalmashinuvini ta`minlaydigan kolonkalaridagi lizin (adsorbsiyalangan umumiy miqdordan 80-90 %) lizin 0,5-5,0 % ammiak eritmasi bilan elyutsiyalanadi. Elyuatni vakuum yordamida 60 0Cda 30-50 % quruq modda hosil bo`lgunga qadar bug`lantiriladi va so`ng konsentrlangan xlorid kislota yordamida uning pH ko`rsatkichi 4,9 ga olib kelinadi. Hosil bo`lgan lizinning monoxlorgidrati quritish qurilmasiga yo`naltiriladi. Ishlab chiqarishning so`nggi mahsuloti LEOK preparati tarkibida lizin monoxlorgidratning miqdori 70 % ga yetadi. Tarkibida produsent hujayralari, aminokislotalar va boshqa qoldiqlar, shuningdek lizinning iz qoldiqlari bo`lgan texnologik oqovalar va yuvindi suvlar birga qo`shiladi va 10 % namlik darajasigacha quritiladi. Olingan mahsulot yem-oziqa mahsuloti bo`lib, uning tarkibida 40 % gacha oqsil moddalari bo`ladi. Undan chorva mollarini boqishda foydalaniladi.
Lizinning yuqori darajada tozalangan preparatini sanoat miqyosida ishlab chiqarish
Lizin va boshqa aminokislotalarni mikrob o`stirilgan tindirilgan suyuqliklardan ajratib olinadi, lekin bu ishni amalga oshirishda aralashma produsent hujayralaridan va bo`yoqli birikmalardan xolis bo`lishi lozim. Buning uchun biosintez nihoyasiga yetgandan keyin aralashma qo`shimcha ravishda stabillashtirilmagan holda filtratsion qurilmaga yo`naltirilib, produsentning biomassasidan va muhitda mavjud bo`lgan karbonatlardan va fosfatlardan xolis qilinadi. Nam cho`kma alohida hajmli idishga, u yerdan esa quritish uchun yo`naltiriladi. Quruq bioshrot qishloq xo`jalik hayvonlarini yem-oziqasini boyitish uchun foydalaniladi. Yuqoridagi tartibda tozalangan filtrat faollashtirilgan ko`mir yoki anionitlardan o`tkazilib adsorbsiya yo`li bilan aralashmadagi pigmentlardan ham tozalanadi. Shu yo`sinda ajratib olingan pH 7,0 ga teng bo`lgan eritma ionalmashinuvi qurilmasiga yo`naltiriladi. Kristall lizinni ajratib olishning keyingi bosqichi yuqorida keltirilgan lizinning yuqori darajada konsentrlangan preparatini ajratib olish texnologiyasiga o`xshash bo`lib, farqli jihati faqat lizinning monoxlorgidrati olish bosqichida kuzatiladi. Lizinning monoxlorgidrati eritmasi 60 0C da qo`shimcha ravishda vakuum-bug`lantirgandan keyin 12-14 0C gacha sovitiladi, hosil bo`lgan lizingidroxloridning kristallari azot bosimida filtrlanadi, qolgan eritmani yana vakuum-bug`latish bosqichiga qaytariladi. Agar cho`kmaga tushgan kristallar pigmentlar bilan bo`yalgan bo`lsa ,unda filtrlashdan bir yo`la kristallizatorga yo`naltiriladi, u yerda 70 0Cda 3-4 hajmdagi deionlangan suvda eritiladi. So`ng bu massani sovitiladi, sorbent orqali o`tkazib pigmentlardan xolis qilinadi va so`ng vakuum-bug`latishga yo`naltiriladi. Lizinning tozalangan konsentratiga unga nisbatan 3-4 karra ko`p miqdorda etanol qo`shiladi va suvli-spirtli eritmadan kristallizatsiyalanadi. Cho`kmaga tushgan kristallar filtrlanadi va toza etanol bilan yuviladi. Suvli-spirtli qoldiq regeneratsiya uchun qaytariladi. Tayyor kristall mahsulot vakuumda 60 0C da quritiladi. Lizinning ajratilish bosqichida hosil bo`lgan umumiy miqdoridan ajratiladigan toza qismi 75 % ni tashkil qiladi. Tayyor mahsulot L-lizin monoxlorgidrat bo`lib, undagi asosiy mahsulot 97-98 % ni tashkil qiladi va namliga 0,5 % ni, kul 0,3 % ni, erish harorati 210 0C ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotni qadoqlash, taxlash va uni omborga joylashtirish bilan nihoyasiga yetadi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish