Hujayra va gen ingenerligi



Download 23,72 Mb.
bet42/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

6-Jadval
Lizin aminokislotasini ajratib olishda foydalaniladigan Brevibacterium sp 22 L. shtammlari uchun zarur bo`lgan ozuqa muhitning tarkibi ( % hisobida)




Moddalarning nomi

%

1

Ammoniy atsetat

1.5

2

Glyukoza

1.0

3

Bir almashingan kaliy fosfat

0.02

4

Magniy sulfat

0.04

5

Ammoniy sulfat

3.0

6

Soya uni gidrolizati (quruq modda hisobida)

1.5

8

Suv

Qolgan qism


Produsentning me`yoriy chegarada o`sishi va rivojlanishi uchun muhitda fosforning bo`lishi shart. Uni oziqa muhiti tarkibiga kaliyli tuzlar tarzida kiritiladi. Lekin fosforning muhitdagi miqdoriy ko`rsatkichlari 8-20 mg/ % chegarasida cheklangan bo`ladi. Muayyan konsentratsiyani bir pog`ona yuqoriga ko`tarish Corin. glutamicum produsenti uchun lizin hosil qilish jarayonini ikki martaga kamaytiradi. Lizinning barcha produsentlari u yoki bu darajada qator mikroelementlar: magniy, temir, mis, marganetsga nisbatan ehtiyoj bildiradi. Bu metallarni reaksion muhitga sulfat kislota tuzlari holatida: ammoniy sulfat-0,03-0,05 %, qolgan tuzlarni kamroq, ya`ni 0,0008-0,001 % gacha bo`lgan miqdorda kiritiladi. Agar makkajo`xori ekstrakti, kand lavlagisi chiqindilari va boshqa komponentlar tarkibida bu mikroelementlar yetarli miqdorda bo`lsa reaksion muhitga maxsus ravishda temir, mis va marganetslarni kiritilmaydi. Lizinni mahsulot sifatida ishlab chiqarish samaradorligi fermentatsiya jarayonini asosiy parametrlariga: harorat, erigan holdagi kislorod konsentratsiyasi, jarayonni o`tkazish muddati, o`stiriladigan mikrob materialining dozasi va uning yoshiga bevosita bog`liq bo`ladi. Lizin aminokislotasi produsentlarini o`sishi, rivojlanishi va boshqa aminokislotalarning biosintezi uchun 28-30 0Coptimal harorat hisoblanadi. Produsentni o`stirish jarayonida haroratni 5 0C oshirish hujayralarning avtolizini tezlashtiradi va lizinning muhitga ancha kam miqdorda yig`ilishini sabachisi bo`ladi. Haroratni optimalga nisbatan 5 0C ga pasaytirish lizin mahsulotini hosil bo`lishini iqtisodiy jihatdan zarar keltiradigan darajaga olib keladi, chunki biosintez jarayoni 12-24 soatga uzayadi va muhitning pH ko`rsatkichi 6-8,5 ko`rsatkich chegarasidagi o`zgarishlarga duch keltiradi. Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarishi miqyosida foydalaniladigan shtammlar uchun optimum pH chegarasi 7,0-7,5 ni tashkil qiladi. Lizinning har xil produsentlari kislorodga nisbatan har xil talabni namoyon qiladi, lekin biosintez jarayoni uch karbon kislotalar siklining degidrogenazalari va glioksil sikli fermentlarining yuqori darajadagi faolligini talab qilganligi tufayli shtammlarni o`stirish kuchli aeratsiyani talab qiladi. Demak bu shtammlar suyuq fazada erigan kislorod miqdorini optimal darajada bo`lishini talab qiladi. Reaksion muhitda aeratsiyaning yetarli bo`lmasligi lizinning hosil bo`lishini kamaytirib, alanin va sut kislotaning hosil bo`lishini kuchaytiradi. O`ta kuchli aeratsiya esa biomassaning juda ham ko`payishiga olib keladi, lekin bunda ham lizinning miqdori kamayadi. Jarayonni kechishida kislorod konsentratsiyasini nazorat qilishni portsial bosim (pO2) ni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Dastlabki biomassani jadal hosil bo`ladigan va lizinning maksimal sintezlanadigan paytida ya`ni, 16 soatdan 20 soatgacha bo`lgan oraliqda O2 ko`rsatkichi keskin pasayib ketadi, bu narsa esa aminokislotani biosinteziga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shu narsa aniqlandiki, fermentyorda portsial bosimning pasayganida unga yo`naltirilayotgan erigan kislorodning konsentratsiyasi 20-30 % dan kam bo`lmasligi kerak. O`stirish materialining miqdori sanoat ishlab chiqarishi fermentatsiyasi uchun 1-5 % atrofida bo`lishi kerak bo`ladi, o`stirish materiali dozasi oshganda, iqtisodiy koeffisient ko`tariladi. Hujayralarning o`sishi va lizin bisintezini maksimumi o`zaro bir biriga mos bo`lmaganligi, ya`ni butun biomassaning hosil bo`lishi dastlabki 12-18 soat ichida yuz bersa, lizinning ko`zga ko`rinarli miqdorda sintezlanishi biomassa o`sishini sekinlashganida boshlanadi. Lizinning hosil bo`lish jarayonini boshlanishidan keyin produsent hujayralarning kattaligi maydalashadi. Lizin biosintezini boshlanishini o`qiga xos tavsifi, shundan iboratki, bunda auksotrof mutantlar tomonidan muhitdagi defisit aminokislotalar, masalan, treonin to`liq o`zlashtirilib qo`yiladi. Bu omillar fermentatsiya jarayonini mikrobiologik va biokimyoviy nazorat qilishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Jarayonning nihoyasida hosil bo`lgan suyuq aralashma lizin va boshqa metabolizm mahsulotlaridan tashqari, produsent biomassasi va muhitdagi o`zlashtirilmay qolgan oziqa moddalaridan tashkil topgan bo`ladi. Mikroblarni o`stirish yo`li bilan sanoat ishlab chiqarishi miqyosida qo`yilgan maqsadga muvofiq ravishda suyuq lizin konsentrati (SLK) va lizinli quruq konsentrat (LQK) lar holatidagi texnik preparatlarni, shuningdek yuqori darajada tozalangan yem-oziqa va oziq-ovqat hamda tibbiyot sanoati uchun yuqori darajada tozalangan kristall preparatlarni ajratib olish mumkin bo`ladi. Bu preparatlarni ajratib olishda har biri uchun o`ziga tegishli bo`lgan texnologiyalaridan foydalaniladi. Tovar holatida ishlab chiqariladigan SLK va LQK lar tarkibida chorva mollariga qo`shimcha ravishda beriladigan bu mahsulotlar tarkibida uning oziqa qimmatini oshiruvchi boshqa birikmalar, masalan B1, B2, B3, B6, PP vitaminlar va boshqalar uchraydi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish