Hujayra va gen ingenerligi


L-lizinni ajratib olish va uning asosida yem-oziqa mahsuloti tayyorlash texnologiyasi



Download 23,72 Mb.
bet38/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

L-lizinni ajratib olish va uning asosida yem-oziqa mahsuloti tayyorlash texnologiyasi
Lizin (alfa, epsilon-diaminokapron kislota) ning molekulyar massasi 146,19 Da. U suvda, kislotalarda, asoslarda yaxshi eriydi, spirtda qiyin erib, efirda umuman erimaydi. Lizin 224-2250C da parchalanib ketadi. Geksonal plastinkalar yoki rangsiz ninachalar tarzida kristallanadi. Struktura formulasi quyidagicha:

Lizin aminokislotasiodam va hayvon organizmida hazm bo`ladigan oqsilning biologik qimmatini belgilaydi,ovqat hazm fermentlarini ajratilishini,hujayraga kalsiy elementini tashilishini ta`minlab organizmda umumiy azot muvozanatini yaxshilaydi.Bu aminokislotani hayvonlarning ratsioni tarkibiga juda kam miqdorda(0,1-0,4 %) kiritish yem-oziqa tarkibidagi oqsilning o`zlashtirilish koeffisiyentini oshiradi va natijada yem-oziqa sarfini kamaytiradi.
Oziqa muhitini, texnologik jihozlarni va kommunikatsiyalarni tayyorlash hamda sterilizatsiyalash
Sanoat ishlab chiqarishi miqyosida biosintez jarayonini tashkil qilish uchun ishni mikrob shtammlarini keyinchalik foydalanish maqsadida dastlabki o`stirish materialini inokulyatorlarda yoki mikroblarni o`stirish apparatlarida o`stirishdan boshlanadi. Lizinni produsentlari uchun asosiy karbon manbayi sifatida oziqa muhitiga qand lavlagisi chiqindilari, sirka kislota yoki ularning aralashmasi solinadi. Azot manbayi sifatida ko`pincha ammoniy tuzlari va mochevina, shuningdek makkajo`xori ekstrakti, oziq-ovqat va non sanoati hamda kazein gidrolizatlari xizmat qiladi.
Kazein qoldig`i oziqa sifatidagi ahamiyatidan tashqari, mikrobning o`sish omili vazifasini ham bajaradi, shuningdek uning tarkibida auksotrof mutant uchun zarur bo`lgan aminokislotalar va vitaminlar ham uchraydi. Biosintezning me`yoriy chegarada ketishi uchun muhitga makroelementlar: kaliy, fosfor, magniy qo`shish kerak bo`ladi. Muhitga mikroelementlarni qo`shish talab etilmaydi, chunki ular makkajo`xori ekstrakti va achitqi gidrolizatlari tarkibida yetarli miqdorda uchraydi. Qand lavlagisi qoldiqlari tarkibida quruq modda (QM) hisobida 50 % gacha saxaroza bo`ladi. Makkajo`xori ekstrakti tarkibida esa, QM hisobida 48 % gacha shakar bo`ladi. Oziqa muhitining hamma komponentlari tarkibida amaliy jihatdan aminokislotalarning to`liq komplekti va biotin bo`ladi, natijada bu muhitda ishlab chiqarishda foydalanilayotgan shtammlargina emas, balki boshqa yovvoyi shtammlarning o`sishi va rivojlanishi uchun sharoit mavjud bo`ladi. Shu sababli biosintez jarayonini qat`iy aseptik sharoitlarda olib borish kerak bo`ladi. Fermentyorlar (inokulyatorlar) ni ishga tayyorlashda ishlab turgan qurilmalarni issiq va sovuq suv bilan yaxshilab yuviladi, keyin esa, apparatlar va kommunikatsiyalarni kuchli ravishda bug`lantiriladi. Sterilizatsiyani samarali bo`lishi uchun bug`lantirishni 135-140 0C da olib borish kerak. Lekin sterilizatsiya rejimi qurilma va uning qismlarining qanday materiallardan tuzilganligiga bog`liq bo`ladi. Agar uning qandaydir qismi haroratga chidamli bo`lmasa, unda sterilizatsiyani «sovuq» xilidan foydalanib, qurilmaga ishlov berishda bakteroksid agentlar (formaldegid, fenolning ba`zi hosilalari, xlororganik birikmalar, beta-propiolakton) qo`llaniladi. «Sovuq» sterilizatsiyadan keyin qurilma steril suv bilan to, kimyoviy agentlarning qoldiqlaridan xolis bo`lgunga qadar yaxshilab yuviladi. Oziqa muhiti mahsulotlarini, shuningdek texnologik havoni tayyorlashni amalga oshirishda sterillash an`anaviy uslubda amalga oshiriladi. Muhitning eruvchi komponentlarini ma`lum darajagacha qizdiriladi va biroz shu sharoitda ushlab turiladi, keyin esa fermentatsiya harorati darajasigacha pasaytiriladi. Muhitning termolyabil komponentlarini, masalan qand lavlagisi chiqindilarini, oldindan 80 0C gacha qizdirib va doimo aralashtirib turib sterilizatsiyalanadi. Haqiqiy sterilizatsiyani amalga oshirishda aralashmani bug` bilan 120-122 0C da qisqa muddatda ushlab turiladi. Sovitilgan eritma siqilgan steril havo bilan birgalikda oldindan tayyorlab qo`yilgan fermentyorga yuboriladi. Muhitning qolgan barcha komponentlari fermentyorga yo`naltirilishdan oldin ketma-ket ravishda shu apparatning o`zida yoki unga paralel joylashgan aralashtirgichli reaktorda tegishli haroratga yetkazilib 1 soat ushlab turib sterillanadi. Produsentni o`stirish apparatida va fermentyorda ko`pik so`ndiruvchi (odatda sintetik tabiatli) modda qo`shib qattiq rejimda (harorat va davomiyligi jihatidan) alohida sterillanadi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish