Uyga beriladigan topshiriqlar:
1.Ertalabki gigiyenik gimnastika (8-10 mashk). 2.Argamchida 50 marta sakrash.
3.Yonlama va chalishtirma qadamlar bilan yugurish. 4.Bolalarga tanish bulgan xarakatli o’yinlarda qatnashish. 5.7-8 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
6.Skameykada tayanib yotgan xolda qo’llarni bukish va yozish (10 marta).
Harakatli o’yinlar.
Nazariy ma’lumotlar:
Harakatli o’yinlarning insonning har tomonlama rivojlanishidagi ahamiyati, o’yinlar jarayonida ta’lim-tarbiya, axloq-odob, do’stlarga qanday munosabatda bo’lish belgilarini aniq misollar bilan yetkazish, harakat paytida o’zining qobilyatini o’zi aniqlay bilish, uzoq-yaqinni, tevarak-atrofda qilinayotgan harakatlarni ko’ra bilish va x.o.
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar.
Tanish harakatli o’yinlarni tashkil etishda o’qituvchiga, ona boshiga ko’maklashish, o’yinlar qoidasini, mazmunini tashkiliy tomonlarini bilish;, tartib- intizom qoidalariga rioya qilish hamda harakat belgilari-sakrash, uloqtirish, tortilish, yugurish me’yorlarini bajarish.
Harakatli o’yinlar va estafetalar.
" O q t e r a k m i , ko’k terak?", "Rakam bilan chaqirish", "Qirq tosh", "Kim chaqqon?", "Olib qochar", "To’pni tushirib yuborma", "To’rt tomondan to’p uzat", "To’pni samana tashla", "Quloq cho’zma", "Otishma", "Bo’ron", "Qubba", "Doiraga tort", "Sakrab va o’rmalab o’tish estafetasi", "To’pni uzatib yugurish estafetasi",
"Balandlikka sakrash estafetasi", "Yulaklar bo’ylab sakrash", "Xalqachani kiygizish", "Ilon izi bo’lib yurish", "Kalxat xujumi", "To’xtamasdan kidir", "Eng sezgir o’yinchi", "Kim ko’p ko’ziqorin teradi", "Bo’sh o’rin", "Otib qochar", "Estafetali yugurish", "Chizmadan shakl yasash", "Sexrli kataklar", "Man etilgan mashk" va boshqa o’yinlar bilan o’quvchilarni xar tomonlama rivojlantirish.
Raqs elementlari.
Milliy raqs elementlarini uyg’unlashtirish: Juftlik raks «Askariy», «Lazgi»,
«Doloncha», 16 ta raks tushish elementlari. Ritmik gimnastika va badiiy gimnastika elementlari. 3-sinfda o’rgatiladigan milliy raks elementlarini takrorlash.
Suzish.
3-sinfda o’tilgan mashqlarni takrorlash.
Erkin suzish usulida suzish. 50 metrdan 100 metrgacha bo’lgan masofada erkin suzish. Suvdagi o’yinlar: «Koptok uchun kurash», «Govvos», «Torpedo».
O’quv kun tartibida sog’lomlashtirish tadbirlari. Umumta’lim maktablari kun tartibida jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlari, tashkiliy-metodik ko’rsatmalarning mazmuni, vazifasi va maqsadi dasturning ushbu qismida ifodalangan. Ularga quyidagilar kiradi:
-ertalabki badan tarbiya, darsgacha gimnastika mashqlari, jismoniy tarbiya daqiqasi, tanaffus vaqtida o’yinlar, kuni uzaytirilgan guruxlar sayrlari;
-ertalabki badan tarbiya har kuni uy sharoitida o’quvchi tomonidan mustaqil bajariladi. Jismoniy tarbiya darslarida o’qituvchining raxbarligi ostida mashqlar majmuasi o’rgatiladi.
Darsgacha gimnastika mashqlari. Uning maqsadi - o’quvchilarning aqliy ish qobiliyatlari va oldilarida turgan o’quv faoliyatlariga tayyorlash hamda a’zolardagi salbiy xolatlarning oldini olish, uzok vaqt harakatsizlikda bo’lgan vaziyatni yo’qotish. Majmua mashklari qiyin bo’lmagan 5-6 ta mashqlardan jismoniy tarbiya o’qituvchisi yoki yukori sinf o’quvchisi, fizorgi tomonidan berilgan topshiriq asosida qoidaga muvofik tuziladi va mashg’ulotlar ochiq havoda o’tkaziladi.
Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi - xordiq chiqarish, o’quvchilar ish qobiliyatini oshirish. Ular birinchi darsdan boshlab sinfda o’tkaziladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarining majmuasi 3-5 mashqdan iborat bo’lib, 2-4 daqiqa davomida sinf fizorgi yoki fan o’qituvchisi raxbarligida olib boriladi.
Tanaffuslar vaqtida o’tkaziladigan o’yinlar. Uning maqsadi - o’quvchilar sog’ligini mustahkamlash va faol dam olish, chinikish, aqliy va jismoniy ish kobiliyatlarini oshirish, jismoniy mashklarni muntazam ravishda bajarishni odatga aylantirishdan iboratdir. Koidaga kura o’yinlar toza xavoda, katta tanaffuslarda tashkil etiladi. Xar-xil xarakatli o’yinlar qatoriga soddalashtirilgan o’yinlar xam kiritiladi. O’yinlar sinf fizorgi, sport yo’riqchisi bilan birgalikda yoki navbatchi o’qituvchilar kuzatuvida
(nazoratida) tashkil qilinadi.
Kuni o’zaytirilgan guruxda sport soati. Uning maksadi - ukuvchilar sogligini mustaxkamlash, akliy va jismoniy zurikishlarning oldini olishdan iborat. Mashg’ulotlar qiyinchilik tugdirmaydigan, o’quvchilarni jalb qila oladigan
soddaroq metodlardan foydalangan xolda o’tkaziladi va bir yo’la uyga berilgan topshiriqlar xam bajariladi. Bunday mashg’ulotlarni o’tkazishda mutaxassislar, maktabning jismoniy tarbiya faollari va ota-onalar xam jalb qilinadi. Mashg’ulotlar xar kuni 35-45 daqiqa maboynida o’tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |