UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSA
1. Adabiyot tahlili shuni ko‘rsadadiki, harakatli o‘yinlarni hamma fazilatlar, qobiliyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda nutqni rivojlantirish, aqliy va harakat ko‘nikma hamda malakalarni shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
2. Respodentlar tomonidan berilgan javoblarga ko‘ra harakatli o‘yinlarni umumiy o‘rta maktablarning 5-6 sinflarida qo‘llash jismoniy sifatlarni 10% dan 50% gacha oshiriladi.
3. Harakatli o‘yinlar 10-11 yoshli bolalarga mo‘ljallangan jismoniy tarbiya dars turidagi mashqlar bilan qo‘shib olib borilganida nutqni rivojlantirish 20 % jismoniy sifatlardan tezkorlik 10% gacha tezkor-kuch 30%, chaqqonlik sifati 10% ga rivojlanganligi aniqlandi.
4. Tajriba harakatli o‘yinlarni jismoniy tarbiya darslariga kiritish uchun:
-o‘yinlarni turkumlarga bo‘lish;
-jismoniy sifatlarni rivojlantirishiga qarab tanlanishi;
-sport turlari texnologiyasini o‘rganishga yordamlashishni e’tiborga olishni ;
-folklor o‘yinlar (aytishuv va so‘zlashuvi bor o‘yinlar)
-yilning fasllarida qo‘llaniladigan o‘yinlarni aniqlash zarurligi isbotlandi;
5. Harakatli o‘yinlarni tanlash va ularni to‘g‘ri usuliy yo‘l bilan o‘tkazish ayniqsa 5-6 sinf o‘quvchilarining farqli ravishda rivojlanishga asos bo‘ldi.
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
1. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda savolnoma natijalari shundan dalolat berdiki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, hamda voleybolga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarida jismoniy tarbiya darsini to‘g‘ri rejalashtirish, tashkil qilish, ayniqsa dars mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, ularni muntazam mashg‘ulotlarga jalb qilish borasida muhim ahamiyatga ega. Toshkent shahri, Sergeli tumani №300-sonli davlat ixtisoslashgan ta’lim maktabida 2017-2019 yillarda foydalanilgan didaktik, metodik adabiyotlarni o‘rganib chiqqan va tanqidiy tahlil, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun jismoniy tarbiya fan dasturi va o‘quv qo‘llanma hamda darsliklarni tahliliy o‘rganish, o‘qish va o‘qitish jarayonlarini kuzatish, o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazish, anketa, og‘zaki so‘rov, yozma nazorat hamda tahlil qilish va umumlashtirish, nazariya bilan amaliyotning birligiga amal qilish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov o‘tkazish hamda undan olingan natijalarni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilarda voleybol o‘ynashga qiziqish kuzatildi va ularni jismoniy chiniqishi ko‘nikmasi ortdi.
2. 5-6 sinf o‘quvchilaridan iborat nazorat va tajriba guruhlarida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya darslarida qo‘llaniladigan standart va stereotip mashqlar (nazorat guruhida) o‘quvchilar faolligi, sakrovchanlik, tezkorlik va harakat aniqligi kabi qobiliyatlarni etarli darajada rivojlantira olgan ekan. Dars jarayonida o‘quvchilarda voleybolga bo‘lgan ko‘nikmani shakillantirishda qo‘llanilgan maxsus harakatli o‘yinlar va har xil holatlarda ijro etiladigan aylanma tezlanishlarga oid mashqlar (noan’anaviy mashqlar), yuqorida qayd etilgan voleybol o‘ynash sifatlarini tajriba guruhidagi o‘quvchilarda samarali rivojlantirish imkoniyatiga ega ekanligi isbot qilindi, hamda shu o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va kayfiyatlariga ijobiy ta’sir etganligi kuzatildi.
3. Tanlab olingan va tadqiqot asosida samaradorligi o‘rganilgan jismoniy tarbiya darsidagi maxsus harakatli o‘yinlar va aylanma tezlanishlarga oid turli noan’anaviy mashqlar 5-6 sinf o‘quvchilarida voleybolga o‘ynini tashkillashtirishda, har bir darsda va darsdan tashqari sharoitlarda muntazam qo‘llash o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiya jarayonini faol pog‘onaga ko‘tarish, ularning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishi hamda sog‘lom turmush tarzni ortishiga olib keladi. Amaliyotga tavsiya etilayotgan maxsus harakatli o‘yinlarni va aylanma tezlanishlarga oid noan’anaviy mashqlardan voleybol o‘ynini tashkillashtirishda o‘quv yilining barcha choraklarida, yilning barcha mavsumlarida ochiq va yopiq sport inshootlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda muntazam foydalanish, ayniqsa maktablarining jismoniy tarbiyani jarayonini ommaviy shakllanishiga turtki bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan xulosalar asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqilda va amaliyotga tadbiq qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |