Sport bayramlari.
Bu tadbirlar maktabning barcha an’analariga muvofik, ommaviy sport tadbirlari kalendari va bonщa tadbirlar bilan oldinma-keyin yilda ikki marta, ukuv yilining boshlanishi yoki yakunlanishini nishonlash, arafasida va mavsumning boshida xamda yakunida, shuningdek, musobakalarning tantanali ochilishi va yopilishida, ommaviy sport musobakalarini utkazish xamda uchrashuvlar, gimnastika va sport turlaridan katnashishlar xamda goliblarni mukofatlashda utkaziladi.
Dasturdan foydalanish bo’yicha tavsiyalar.
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi dastur asosida ish boshlashdan oldin, birinchi navbatda dasturning tushuntirish xatini, ya’ni, soatlar taksimoti, ukuv me’yorlari va nazorat darslarini dikkat va e’tibor bilan ukib chikishi lozim.
O’quv yilining boshidayoq 1-2 darslardayok kuyidagi talablar bo’yicha test o’tkaziladi:
-30 metr ga yugurish, vaqt o’lchovi soniya xisobida;
-joydan turib uzunlikka sakrash, ulchov metr va sm larda;
-tennis koptogini uzoqka uloqtirish, ulchov metr va smlar xisobida;
-argamchida 30 soniya davomida sakrash, ulchovi sanok bilan. Kursatilgan test sinovlar 2-4 sinflarda xam utkaziladi.
Chorakni yakunlash davrida yukorida kursatilgan testlar utkazilishi shart.
Ukuv yilining oxirida (may oyi) barcha kursatilgan testlar kabul kilinishi shart.
Testlar ukuvchilarga 2 martadan, ayrim vaktlarda 3 martadan utkazilishi mumkin.
.
III. BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING QIYOSIY TAHLILI
3.1. бошлангич синф укувчиларида jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilar nigohida
Maktablarida o‘tkazilgan qator suhbatlar, mahalliy mutaxassislar va mahalla faollarining fikriga ko‘ra joylarda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar sportga juda qiziqishadi. Lekin, ularni mutaxassis rahbarligida muntazam shug‘ullanish uchun deyarli imkoniyat yo‘q. Mutaxassis bo‘lsa sharoit yo‘q, sharoit bo‘lsa murabbiy o‘qituvchi yo‘q. Shuning uchun ayrim hollarda fidoyilikni o‘z qo‘llariga olgan boshqa fan o‘qituvchilari yoki katta yoshdagi sport ixlosmandlari bolalarni o‘z bag‘riga oladilar,ular bilan kunda bo‘lmasa ham ahyon-ahyonda shug‘ullanishadi [44,68]. Asosan esa bolalar o‘zlarining jismoniy harakatga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z bilganlaricha qondiradilar. Ehtimol shu sababli bo‘lsa kerak qishloq bolalarining ko‘pchiligi jismoniy jihatdan bir tekisda shakllangan bo‘lmaydilar.
Bu yumushlarning yuklamasi bola uchun qanchalik etarli bo‘lmasin organizmni har tomonlama va bir tekisda shakllantirmaydi. Aksincha, ayrim og‘ir yumushlar o‘sib kelayotgan organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Afsuski, hozirgi kunda ota-onalar uchun va turli yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug‘ullanishga o‘rgatadigan, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan hammabop kichik-kichik, lo‘nda tilda yozilgan va rasmlar bilan ilova qilingan kitobchalar, tavsiyanomalar mavjud emas [52]. To‘y va marosimlarda, an’anaviy bayramlarda, ommaviy hosil yig‘ish mavsumlarida jismoniy tarbiya va sportning inson sog‘lig‘ini mustahkamlash, jismoniy kuch, qaddi-qomatni shakllanishi va ish qobiliyatini oshirishdagi ahamiyati haqida mutaxassislar suhbatlari, maslahatlari yo‘lga qo‘yilmagan. Tan olish lozimki, me’yorsiz doiradagi jismoniy harakat, funksional imkoniyatdan ortiq bo‘lgan og‘ir yumushlar bola organizmida salbiy oqibatlarga olib keladi.
Ma’lumki, kundalik harakat xajmi va shiddati o‘quvchilar salomatligi, ularning jismoniy va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir [39]. Lekin, barcha jismoniy harakat, sport to‘garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hamda kundalik mehnat faoliyatining umumiy hajmi va shiddati o‘quvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki xiyolgina yuqori bo‘lishi lozim. Chunki, biologiya fanida o‘z isbotini topgan qonuniyatlarga ko‘ra ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida bajariladigan kundalik jismoniy yuklama(nagruzka)ning yalpi ta’sir “kuchi” bolaning jismoniy va funksional imkoniyatidan doim baland bo‘lsa, organizm (organlar, mushaklar, tomirlar, xo‘jayralar,to‘qimalar)da zo‘riqish yoki o‘ta charchoqlik “izlari” qoladi. Bunday salbiy “izlar” bolaning tungi uyqusini notinch o‘tishiga sababchi bo‘lib, provordida ish qobiliyatini to‘liq tiklanishiga to‘g‘on bo‘lishi mumkin [42]. Agar shunday yuklamalar ustunligi-bola faoliyatida surinkali qaytarilib tursa, organizmning nafaqat normal o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, balki ushbu jarayon funksional ob’ektlarda lokal yoki global patalogik asoratlarni vujudga keltirishi ehtimoldan holi emas. Binobarin, jismoniy tarbiya darslari, trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalarni tashkil qilishda o‘quvchilarning kun-tun faoliyat tartibini e’tiborga olish va shunga asoslangan holda mashg‘ulot yuklamasini quyida aks ettirilgan “to‘lqinsimon” tartibda oshira borish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |