2 Oddiy va voleybolga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarning rivojlanish samaradorligi
Umumiy o‘rta ‘lim maktablarida muvofiq shart-sharoitlar, xududiy xususiyatlar va sport bazasiga oid imkoniyatlarga qarab muayyan sport turiga ixtisoslashtirilgan sinflarni tashkil qilish o‘ta dolzarb masalaga aylanib bormoqda. SHu bilan bir qatorda ta’kidlash joizki, masalaga ushbu tarzda yondoshish bir qarashda o‘quvchilar jismoniy tarbiyasiga bir tomonlama munosabatda bo‘lishdek tuyuladi. Lekin, har bir sport turida ham engil atletika, gimnastika va boshqa sport turlariga oid harakat elementlari mavjud, umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonlari o‘rin oladi. Binobarin, sinf qaysi sport turiga ixtisoslashmagan bo‘lsin o‘quvchilar jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanadilar, Masala shu sport turi bo‘yicha o‘tiladigan jismoniy tarbiya darsini to‘g‘ri tashkil etishdadir. Masalan, sportning ommaviy turi bo‘lgan voleybol ham bolalarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish kuchiga ega [37].
Voleybolga ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quvchilar umumiy jismoniy rivojlanishdan tashqari shu sport turiga oid nazariy bilimlar bilan bir qatorda, o‘yin malakalarini oddiy sinf o‘quvchilariga nisbatan chuqur o‘zlashtiradilar [71,65].
O‘quvchilar barcha harakatlarni o‘rganish, bilishi va yangi topshiriqlar olishi, maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonida ularning jismoniy rivojlanishlari yaxshilanayotganligini sezishlari va ko‘rishlari kerak. Shuning bilan birga har bir o‘quvchining o‘zini shaxsiy rekordi bo‘lishi va har bir o‘quvchini ana shunga olib kelish kerak. Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonuniyatlariga itoat etadi. Bu qonuniyatlardan asosiy, organizm rivojlanishining birlik qonuni va muhitdan iborat. O‘quvchilarga taaluqli bo‘lgan o‘qish, mehnat, mustaqil ishlar va bo‘sh vaqtni tashkil etishni hisobga olish kerak.
Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga olib keladi. Lekin yuqori sport natijalariga hamma bolalar ham erisha olmaydilar. Ammo har bir shug‘ullanadigan vijdonan muntazam ravishda maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonida o‘zini-o‘zi yaxshi rivojlantirish mumkin. O‘qituvchi mashg‘ulotda alohida yaxshi tayyorgarligi bor yoki qoloq o‘quvchilar bilan ishlashga huquqi yo‘q. U hamma bilan ishonchli muomalada va bir-biriga to‘liq tushungan holda ish olib bormog‘i zarurdir.
Bulardan tashqari o‘quv materiallarini o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun, mashqlarga bo‘lgan ehtiyojda katta farq mavjud. Har bir o‘quvchida zaruriy mashqlarning soni va hajmi har xil. Alohida faoliyatlarni hisobga olib, yordamchi mashqlarning xarakterini va hajmini o‘zgartirish zarur [39].
Voleybol ixtisosligi bo‘yicha maxsus sinflar ochish uchun dastavval tuman xalq ta’limi bo‘limini ruxsati bo‘lishi kerak. Chunki tuman xalq ta’limi shu maktabni sport bazasi o‘qituvchini mahoratini, har yilgi o‘quvchilar spartakiadasidagi o‘rinlarni hisobga olgan holda shu maktabda voleybol ixtisosi bo‘yicha maxsus sinf ochish mumkin degan qaror chiqaradi. Bunga qo‘shimcha maktab kollektivni o‘qituvchilar kengashida shu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib qaysi sinfda shu maxsus sinf ochish mumkinligi to‘g‘risida qarorni bir nusxasi TXTB ga yuboriladi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yuborilgan yillik setkasi bo‘yicha ish olib borish majburdir.
2-jadval
Voleybol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan 6 sinfning yillik dars jadvali (soatlar bo‘yicha)
Do'stlaringiz bilan baham: |