Хudoynazarova sayyora ravshanovnaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari”



Download 0,71 Mb.
bet32/36
Sana24.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#223769
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Sayyora .....

Dastur bo`limlari

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Jami

1. Nazariy ma’lumot

2

-

-

2

4

2. Gimnastika

-

10

10

-

20

3. Engil atletika

10

-

-

10

20

4. Kross tayyorgarligi

8

6

-

6

20

5. Sport o‘yinlari Voleybol

16

12

22

10

60

6. Milliy o‘yinlar

-

-

6

6

12

Jami

36

28

38

28

136

Dasturda berilgan 68-soat darsni to‘liq hammasi shu setkaga kiritish maqsadga muvofiq deb bilaman.


Chunki bunday o‘quvchilar gimnastika, engil atletika, kross tayyorgarligi bo‘yicha ham etarli darajada bilimga ega bo‘lishadi. bolgan 68 soatda esa o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan sport turi bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Darsdan keyin o‘quv trenirovka mashg‘uloti o‘tkazishi uchun ham setkada fakultativ 2-soat darsi berilgan. Maxsus sinfda 25 tadan 30 tagacha o‘quvchi bo‘lishi kerak. Dars esa 2 guruhga bo‘lib o‘tiladi, o‘g‘illar va qizlar alohida. Shu 25-30 ta o‘quvchidan o‘quv trenirovka mashg‘ulotiga 10 yoki 15 o‘quvchini saralab ular bilan trenirovka o‘tkazish lozim. Murakkab mashqlar uchun, o‘zining aniq maqsadiga ega bo‘lgan, bir necha yordamchi mashqlar mavjud. Agar misol uchun, to‘pchani uloqtirishni olsak, aniq yordamchi mashqlar uning alohida fazolarga taaluqli.
Har xil o‘quvchilar uloqtirish fazolarini bir xil bo‘lmagan muvaffaqiyatlari bilan o‘zlashtirib oladi.Ba’zi birlarida, yugurib borish boshqalari almash qadamini yaxshi o‘zlashtirib olmaydi.
Uchinchilari finalida zo‘r berishni bilmaydi, shuning uchun o‘rgatish jarayonida har bir o‘quvchiga fazoni o‘zlashtirib olishga yordam beruvchi yordamchi mashqlar berish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun o‘qituvchi butun mashg‘ulot davomida bolalar bilan ishlaganida oxirgi maqsadni aniq belgilab olish zarurdir. Bir yilga, chorakka, qator mashg‘ulotlarga, ya’ni har xil davr vaqtiga qarab faoliyat natijasini ko‘z oldiga keltirish kerak.
– chuqurlashtirilgan sinfda o‘tiladigan har xil mashg‘ulotni yoki darsni o‘z oldiga g‘o‘ygan aniq vazifasi bo‘lishi shartddir.
– chuqurlashtirilgan sinflarda mashg‘ulot o‘tishdan maqsad shuki yosh o‘quvchilarni yoki sportchilarni yuqori pog‘onalarga olib chiqish va ularni mahoratlarini sinab ko‘rib, mustaqil O‘zbekistonimiz sportini yanada rivojlantirish vazifasi turadi.
Maktabda chuqurlashtirilgan sinf ochish uchun avvalo shu maktabni sport bazasi, malakali o‘qituvchilarini, hamda tanlangan sport turiga o‘quvchilarni qiziqishi bo‘lishi kerak.
Chuqurlashtirilgan sinf ochilganidan so‘ng darsdan keyingi mashg‘ulotlarni reja asosida olib borish maqsadga muvofiqdir.
Dastavval sinfdagi 30 nafar o‘quvchini jismoniy tayyorgarligini ularni tanlangan sport turiga layoqat bo‘yicha sinov orqali o‘quvchilar mashg‘ulotlarga tortiladi.
Mashg‘ulot o‘tkazish reja asosida olib borilib undan o‘quvchilarni mashg‘ulotga qatnashishi xisobga olib borish uchun jurnal yurgiziladi. Reja esa sportni basketbol turini dastlabki bosqichidan boshlab ya’ni o‘rgatish metodlari orqali o‘quvchilarga o‘yin sirlarini, basketbol barcha texnikalari va taktikalarini hammasi rejalashtirilib o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotni qattiq reja asosida haftasiga 3 (uch) kun o‘tkazishi etarlidir.Bundan tashqari o‘quvchilarni albatta vrach ko‘rigidan o‘tkazish kerak. Mashg‘ulotlarni tartibli olib borish va tashkil qilishda jismoniy tarbiya o‘qituvchisining mahoratini juda ham yuqori bo‘lishini talab qiladi.
Chuqurlashtirilgan sinf bilan oddiy sinf o‘rtasidagi o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarligi albatta o‘z-o‘zidan bir xil ko‘rinishda bo‘lmaydi.
Chunki chuqurlashtirilgan sinfda dars nagruzkasini haftasiga 4-soatni tashkil qilsa, oddiy sinfda esa 2-soatni tashkil qiladi.
Demak o‘quvchilarni darsda va darsdan tashqari olgan nagruzkalarini tahlil qilib ko‘rganimizda quyidagi natijalar qayd etilgan.
Biz o‘z tadqiqotimizni rejali va samarali o‘tkazish uchun maktab direktorining shartli ruxsati bilan ikki paralel 5-6 sinfda kuzatuv olib bordik. Bu sinflar ikki shartli guruhga bo‘linadi:
Nazorat va tajriba guruhi.
Nazorat guruhi amaldagi reja asosida darslarda ishtirok etishdi.Bu guruhda dars turlari va mazmuni odatdagi tarzda tashkil etildi.
Tajriba guruhida yuqorida qayd etilganidek barcha choraklarda dars faqat voleyboldan o‘tkazilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar davomida umumiy va maxsus jismoniy sifatlar hamda voleybolga texnik-taktik malakalar muvofiq mashqlar yordamida keng tarzda shakllantirlib borildi. Bu guruhdagi o‘quvchilarda haftada bir dars faqat ikki yoqlama o‘yin asosida o‘tkazilgan.
Ikki guruhdagi o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligi o‘quv yilining boshida va oxirida maxsus testlar yordamida aniqlandi.
1, 2, 3, 4, 5 jadvallarda nazorat va tajriba guruhlari o‘quvchilari jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatgichlari aks ettirilgan.
Ushbu jadvallardan shu narsa kuzatiladiki, nazorat va tajriba guruhlari o‘quvchilari jismoniy tayyorgarligi o‘quv yilining boshida bir-biridan deyarli keskin farq qilmadi.
Jumladan, o‘g‘il bolalarda o‘tkazilgan turnikda tortilish testi natijalari oddiy sinf o‘quvchilarida o‘rtacha 8,6 martaga teng bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilarida bu ko‘rsatgich 7,9 martani tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, tajriba guruhida ( ixtisog‘slashtirilgan sinf) turnikda tortilish oddiy sinf (nazorat guruhi) o‘quvchilarinikidan 0,5 martaga kam (1 jadval).
100 m ga yugurish ( 2 jadval) oddiy sinf o‘g‘il bolalarida o‘rtacha 14,5 s ixtisoslashtirilgan sinf bolalarida esa 14,8 s ga teng bo‘ldi.
Biz bolalarda bu ko‘rsatgich (100) oddiy sinfda 16,1 s, ixtisoslashtirilgan sinfda 16,3 s ni tashkil etdi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish