Хudoynazarova sayyora ravshanovnaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari”



Download 0,71 Mb.
bet19/36
Sana24.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#223769
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
Sayyora .....

Tezlikka doir o’yinlar: “Qopqon”, “Kim oldin”, “Insiz quyon”, “To’rt oyoqlab yugurish” (emaklab yugurish), “Hakkalagan qushchalar”, “Uchinchisi ortiqcha”, turli estafetalar va boshqalar.
Kuchga doir o’yinlar: “Oq suyak”, “Chillik”, “Yelkada ko’pkari”, “Eshak mindi”, “Arqon tortishish”, “Bilak kuchini sinash”, “Qo’llarda tortinish” va boshqalar.
Chidamlilikka doir o’yinlar: “Olamon poyga”, “Dorboz”, “Oqsoq qarg’a”, “Oshiq” (gardkam), “Qilichbozlar”, “Besh tosh”, “To’qqiz tosh”, “Orqang kuydi”, “Bo’ta soldi”, “Tortishmachoq”, “Ko’z bog’lash”, “Bekinmachoq”, “Kim keldi”, “Dorboz”, “Zuv-zuv” va h.k.
Yuqorida nomlari keltirilgan murakkab va oddiy (sodda) harakatli o’yinlari barcha yoshdagilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash bilan birgalikda insoniy fazilatlardan ma’naviy, aqliy, axloqiy va estetik shakllanishi va ularni yanada takomillashtirishda bevosita xizmat qiladi. 4
Harakatli o’yinlarning o’ziga xos atamalarni chuqur o’zlashtirish fanning mazmunini muvofaqqiyatli o’zlashtirishning ajralmas qismi hisoblanadi.
O’yin-mashqqlarning maxsus shakli bo’lib, jamiyat taraqqiyoti bilan yonma-yon holatda shakllantirish.
Harakatli o’yinlar- o’yinlarning mustaqil turi bo’lib, har xil harakat turlarini o’z ichiga oladi. Ularning asosiy mazmunini yugurish, sakrash va uloqtirish kabi harakatlarni tashkil etadi.
Harkatli o’yinlarni shakllari- ishtirokchilar harakatini tashkil etish: yakka, guruhli, jamoaviy. O’yinni tashkil qilish shakli uning mazmunidan kelib chiqadi.
Harakatli o’yinlarning uslubiy jihatlari-ishtirokchilarning yoshiga o’yin o’tkazish shart-sharoitiga va hal qilinayotgan didaktik vazifalardan kelibchiqadi.
Xalq o’yinlari bu- bir necha yillarda buyon xalq orasida o’ynab kelinayotgan va shu xalqning milliy madaniyatining bir qismiga aylangan o’yinlar
Ijodiy o’yinlar bu- o’z mazmuniga hayvonlar va qushlarga taqlid qilish kabi harakatlarni o’z ichiga oladi; ular ma’lum bir qonun va qoidalarga bo’ysinadi hamda ma’lum miqdorda atrof muhitga bog’liq bo’ladi.
Jamoaviy bo’lmagan o’yinlar – bu o’yinlarda maqsadga erishishda jamoa ishtirok etmaydi va har bir ishtirokchi bir-biriga bog’liq bo’lmaydi.
Jamoaviy o’yinlar bu – shunday o’yinlarki, unda musobaqalar jamoalar orasida bo’lib o’tadi. O’yinchilar harakati jamoa maqsadiga bo’ysinadi va o’zaro kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Sport o’yinlari – qat’iy tartiblashtirilgan o’yin faoliyati va musobaqalashuv xarakateriga ega bo’lgan harakatli o’yinlarning yuqori bosqichidir.
Xilma-xil turkumlarga bo’linadigan harakatli o’yinlarni o’z vaqtida maqsadli qo’llash shaxsning har tomonlama uyg’un holda shakllanishida o’ziga xos xususiyatga egadir. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o’yinlarni ahamiyati judda katta: tezlik, chaqqonlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik shu bilan birga harakatli o’yinlarda jismoniy sifat kompleks ravishda rivojlanadi. Ko’pchilik harakatli o’yinlarda o’yin qatnashchilaridan tezlikni talab qiladi (tez qochib ketish, quvlab yetish, tovush, ko’rish signaliga bir onda javob berish). O’yinda doimiy ravishda o’zgarib turadigan vaziyat, o’yin qatnashchilaridan bir harakatdan boshqa harakatga tezda o’tish talab qiladigan, chaqqonlikni tarbiyalashga yordam beradi. Tezkor-kuch bo’yicha yo’nalishdagi o’yinlar kuchni tarbiyalaydi. Zo’r g’ayrat bilan qilingan harakatni ko’proq kuch va energiyani sarf qilish bilan bog’liq bo’lgan o’yinlar chidamlilikni rivojlantiradi. Harakat yo’nalishni tez-tez o’zgartirishi bilan bog’liq bo’lgan, o’yinlar egiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Bolani ma’naviy tarbiyalashda harakatli o’yinlar judda katta ahamiyatga egadir. Harakatli o’yinlar jamoa xarakteridagi deb nomlanadi, shu bilan birga bolalarni jamoa faoliyatiga o’rgatadi. O’yin bolalarda o’rtoqlik xissini bir-birini qo’llashni va do’stlarni bir-birlarini harakatlariga javobgarlikni rivojlantiradi. Bola jamoa o’yinida qatnashib komanda manfaatini ko’zlab o’zlarini qiziqishlari bilan fido qiladilar: yaxshi holatda turgan o’rtog’iga to’pni in’om qilish, “asr”ga tushirgan o’rtog’ini qutqarishga harakat qilish va shunga o’xshash. O’yinda asta-sekin bir-birini harakatini qo’llashi va do’stlik tuyg’usini tarbiyalaydi. Maktabgacha tarbiya bolalaridan to kichik maktab yoshidagi bolalargacha o’yinda faqat o’zlarini harakatlarini o’rtoqlarini harakatlari bilan o’zaro moslashishini talab qiladi. O’yinda keyinchalik bir-birlarini qo’llash o’rtog’iga yordam berish namoyon bo’ladi. Va nixoyat oxirida o’z komandalari, o’z jamoalariga qiziqishini, bo’ysunishini harakatlari bilan o’yin paydo bo’ladi. O’yinda o’ziga xos bo’lgan harakat bitta o’yinchi boshqasiga bir komanda boshqa komandaga qarshi harakatidir. Shu bilan bog’liq bo’lgan o’yinchilarni oldida, o’z vaqtida hal etishni talab qiladigan turli-tuman vazifalar kelib chiqadi. Buning uchun qisqa vaqt ichida kelib chiqqa vaziyatni baholashda turli harakatni tanlash va uni bajarish zarur. Bu o’yinchini o’z-o’zini kuchini bilishga yordam beradi.
O’yinchilar o’rtasidagi aniq o’zaro munosabat musobaqalashish, kurashish nafaqat o’zaro hamkorligini, psixologik o’zaro moslashganligini umumiy xarakteri bilan ko’pchilik o’yin harakatlarini, jadallik bilan bajarish xususiyati va kuchlanishni umumiy katta kichikligi, ayrim kechinmalari o’tkirligi bilan aniqlanadi. O’yin qoidalari ongli intizomini, o’zini tuta bilishni kuchli qo’zg’alishdan keyin “o’zini qo’lga olishni” bilish, o’zining birdan egallash jo’sh urib ketishini tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o’yinlar bolalarni san’atga va badiiylikka tarbiyalashga ham yordam beradi. Bolalarda ijodiy badiylikni birinchi bor namoyon bo’lishi o’yin shaklida qabul qilinadi. Bolalar o’yinida xususan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodiy tasavvur etish katta o’rin egallaydi: oddiy tayoqchani ot qilib minish, velosiped, miltiq va qilich bo’lishi mumkin. G’o’la shaklidagi o’yinlar va syujetli mazmuni bilan tashkil qilingan harakatli o’yinlarni tasavvur etishni riojlantiradi. O’yin atrofidagi muhitni ta’siri, bolalar tushunchasida alohida shaxslarni ro’lini, rollarni taqsimlash bilan voqealarni ijro etish tushunishida, uni bajarishida bolalar o’zlarining ijodiy tasavvur qilishlarini kiritadilar. Bunday o’yinlar jarayonida ijodiy tasavvur qilish rivojlanadi va takomillashib boradi. Ular sezishni va idrok qilishni rivojlantirishga yordam beradi, atrofni o’rab turgan buyumlarni va uni barcha o’zaro aloqasini paydo bo’lishini qabul qilishni o’rgatadi, uni o’rab turgan atrofidagi muhitni bilish va bolalarga yangi taassurot yaratadi, kuzatuvchilikka shuningdek mantiqiy fikrlashga o’rgatadi.
Musiqa jo’rligi bilan tashkil qilinadigan o’yinlar bolalarda musiqa qobiliyatini rivojlantiradi. Tarbiyachi bolalarda musiqa qobiliyatini tarbiyalashda o’yin metodidan foydalanadi: musiqa sadolari ostida harakat bilan o’tkaziladigan o’yinlar musiqa shakllarini va xarakterini yaxshi egallashga yordam beradi.
Bola o’yinda o’zining barcha shaxsiy sifatlarini va xususiyatlari ma’lum qiladi. O’yin jarayonida shaxsiy o’ziga xos xususiyatlarini namoyon bo’lishi har bir bolani yaxshi bilishga yordam beradi va bizga kerakli yo’nalishda rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Faqatgina bitta faoliyat, o’yinda ravshan va o’quvchini shaxsiy xarakter chiziqlarini har tomonlama ochib bermaydi. Bolani o’yinga berilib yoki qiziqib ketishini o’zining har tomonlama xarakteridan topib oladi.
Aynan har bir yosh uchun yetakchi faoliyat jarayonida bola butun shaxsiyatining tabiati – bilishi, irodasi, tuyg’ularida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ammo bu, bola o’z rivojlanishining ma’lum bosqichida faqat bittagina qandaydir faoliyat bilan shug’ullanishini, ya’ni u yohud kattalar bilan muloqotda bo’lishi, yohud buyumlar bilan harakat qilishi, yohud o’qishi va mehnat qilishini bildirmaydi.5
5–6 yoshli bola o’z repertuarida inson faoliyatining barcha asosiy turlariga ega bo’ladi va ularning har biri uning ruhiy rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Bolaning bu davrdagi o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning maktabgacha davrdagi yoshida yetakchi faoliyati hisoblangan o’yin o’rniga navbatdagi yetakchi faoliyat almashinuvi yuz beradi va o’quv faoliyati uning o’ziga xos xususiyati bo’lib qoladi (6 yoshlilarda). T.Yu.Krusevich 3–7 yoshli bolalar o’yinini chuqur o’rganish asosida ularning rivojlanish darajasini ajratdi .
O’yin rivojlanishining birinchi darajasi:
1. Bu darajadagi o’yinning asosiy mazmuni, birinchi navbatdagi, «ona yoki ta’limchining» bolalarga yo’naltirilgan harakati hisoblanadi.
2. Bunda o’yinning ro’li aniq bo’ladi, lekin u harakat bilan aniqlanadi, masalan, bir bola onasini, boshqasi otasini yoki yana biri tarbiyachisini, boshqa bolalar esa bog’cha oshpazini tasvirlaydi. Bolalar bir-birlariga nisbatan real hayotdagidek munosabatda bo’lmaydilar.
3. Bunda harakatlar bir xil bo’ladi va bir qator takrorlanuvchi harakatlardan tashkil topadi (masalan, birinchi ovqatdan ikkinchi ovqatga o’tishda ovqatlantirish).
O’yin rivojlanishining ikkinchi darajasi:
1. O’yinning asosiy mazmuni, xuddi avvalgi darajadagi kabi, buyumlar bilan harakatlanish bo’lib qolaveradi.
2. Bolalarning xatti-harakatlari farqlanadi, vazifalarning taqsimlanishi seziladi.
3. Harakatlarning mantiqi ularning real voqelikdagi ketma-ketligi bilan aniqlanadi.
O’yin rivojlanishining uchinchi darajasi:
1. O’yinning asosiy mazmuni ro’ldan kelib chiqadigan harakatlarni bajarish bo’lib qoladi, ular orasidan alohida harakatlar ajralib chiqa boshlaydi.
2. Ro’llar esa tasvirlab berilgan va ajratilgan. Bolalar o’z ro’llarini o’yin boshlanishidan oldin aytadilar.
3. Harakatlar mantiqi va tavsifi olingan ro’l bilan aniqlanadi.
4. Harakatlar mantiqining buzilishi. E’tiroz bildirish, odatda, bunday bo’lmaydi, degan bahonaga olib keladi.
O’yin rivojlanishining to’rtinchi darajasi:
1. O’yinning asosiy mazmuni ularning ro’llarini bajaradigan boshqa bolalarga nisbatan munosabat bilan bog’liq harakatlarni bajarish bo’ladi.
2. Ro’llar tasvirlab berilgan va ajratilgan.
3. Harakatlar real mantiqni qat’iy tiklaydigan ketma-ketlikda rivojlantiriladi.
4. Harakatlar mantiqi va qoidalarning buzilishidan voz kechish real haqiqatni bahona qilish bilangina emas, balki qoidalarning haqiqiyligini ko’rsatish bilan ham asoslanadi.
Bizning fikrimizcha, harakatli va xalq o’yinlari o’yin rivojlanishining to’rtinchi darajasiga mos keladi. 5–6 yoshda qoidalari murakkab bo’lmagan syujetsiz «Mushuk-sichqon», «Quyonlar va bo’rilar», «Ovchilar va quyonlar» kabi harakatli o’yinlar soni sezilarli darajada ortadi (kichik maktabgacha tarbiya yoshidagilar bilan taqqoslaganda). Shuni ta’kidlash muhimki, ular mazmuniga ko’ra rol emas va o’yin vaziyati ham emas, balki qoida va vazifalardir. «Qur’a tashlash», «To’p maktabi», «Bekinmachoq» kabi o’yinlarda bolalar qo’yilgan maqsadga erishadilar. O’yin turining rivojlanishi ko’proq o’yin topshirig’ini ajratish va anglashdan iborat. O’yinlarni o’tkazish jarayonida o’zining kelib chiqishi va vazifasi bo’yicha bir nechta turli xil o’zaro munosabatlar paydo bo’ladi. Bular o’yin boshlangunga qadar vujudga kelgan nisbatan barqaror shaxslararo munosabatlardir. Ular asosida o’yinning syujeti va mazmuni bilan bog’liq syujetli-rolli munosabatlar yuzaga keladi va rivojlanadi: bolalar o’z harakatlarida tasvirlayotgan qahramonlar o’zaro munosabatlarining mazmuni va tavsifi haqidagi o’z tasavvurlarini mujassamlashtiradilar (sotuvchi va xaridor, kapitan, matroslar va yo’lovchilar; shifokor va bemor).
Shunday qilib, bolalar o’z o’yinlarida real jamoa hayotidagi yanada murakkabroq o’zaro munosabatlarga kirishadilar, birgalikdagi o’yinlar ta’sirida bolalarda jamoaviy xulq me’yorlari tarbiyalab boradi; keyinchalik ular bolalar tomonidan o’yindan tashqariga ham o’tkazilib, xulqining umumiy normalariga aylanadi. Yuqorida bayon etilganlar 5–6 yoshli bolalar milliy va harakatli o’yinlaridan foydalanish dasturini maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida ishlab chiqish zarurati haqida gapirish imkonini beradi. Bir qator mualliflarning bolaning ruhiy rivojlanishida o’yinning ahamiyati haqidagi fikrlari qiziqish uyg’otadi, chunki o’yin bolalarning sevimli mashg’ulotigina emas, u maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar faoliyatining yetakchi turi hamdir. Aynan unda asosiy yangi jihatlar, bolaning kichik maktab yoshiga o’tish jarayoni shakllanadi. A.M. Ochilov, Y.A.Kirilov, Masharipovalar o’zlarining tadqiqotlarida harakatli o’yin faoliyatning o’ziga xos turlaridan biri sifatida nafaqat sog’­liqni, funksional imkoniyatlarni mustahkamlashi, balki shaxsning fikriy bog’lanishi va ijodiy asosini rivojlantirib, maktab haqidagi tasavvurlarini amalga oshirgan holda fikrlash faolligini orttirishini ta’kidlaganlar. Harakatli o’yin faoliyatida bola o’z hayotiy bilim darajasini kengaytiradi. O’yin jarayonida bolalar sabr-bardoshli bo’lishga, tajribaga asoslanishga o’rganadilar, bu sifatlar bolalar va kattalarni bir-birlariga o’z fikrlari va tuyg’ularini oshkor etishga qodir sheriklarga aylantiradi. A.I. Kravchuk tadqiqotlar natijalariga asoslanib, o’zining nuqtai nazarini aytadi. Ya’ni, anatomik — fiziologik rivojlanishning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqadigan talablarga e’tiborsizlik shunga olib keladi-ki, harakatlanishi yetuklik darajasida bo’lmagan bolalar kelgusida kamolotga erishishga intilmaydilar, yetarli darajada rivojlanmagan bolalarda esa unga nisbatan qiziqish yo’qoladi. Shunday qilib, bunda alohida yondashuv mavjudligini ta’kidlash mumkin. Bolalar bilan tarbiya ta’lim ishidagi eng muhim psixologik-pedagogik tamoyilga muvofiq har bir bolaning barcha o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi zarur. X.B.Tulenova S.N. Sladkov Ismoilov T.U lardan iborat mualliflar guruhi bola uchun eng muhimi bolalar bayramlaridir, deb hisoblaydilar — bu yaxshi hayollarga berilish, yomon narsalarni unutishga imkon beradigan quvonchli hodisa. Shu bilan birga, ularning ta’kidlashicha, bayramlar bir-biridan keskin farq qiladi, bu esa tarbiyaning turlicha nuqtai nazarlari bilan bog’liq. O’z navbatida, mualliflar nima uchundir, harakatli va milliy o’yinlarni bayram dasturiga kiritmaydilar. B.B. Kipchanov [23], B.Oreshina Daniyeva kabi ayrim tadqiqotchilar ta’kidlaganlaridek, harakatli o’yin jarayonida bolalar to’g’rilik, samimiylik, qo’llab-quvvatlash, yordam berish, baxslashishga o’rganadilar. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalar ko’pincha yetakchi hakam rollarini o’ynashlariga to’g’ri keladi, bu esa tashkilotchilikka oid bilim va malakalarning to’planishiga yordam beradi.
Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlar harakatli o’yinlar katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar harakat faolligining almashtirib bo’lmaydigan vositasi ekanligi haqida xulosa qilishga imkon beradi. Bunday o’yinlar shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgan turli xil metod va usullardan kompleks foydalanishning barcha imkoniyatlariga ega.
I.P. Voloshinaning ko’rsatishicha, mashg’ulotlarni o’yin shaklida tashkil etish o’yinning, jumladan, sport o’yinlarining (futbol, xokkey, chillak va b.) elementar malakalarini egallash uchun qulay sharoit yaratadi. Jismoniy ta’lim mashg’ulotlarining o’yin shakli bolaning harakat faoliyatiga kuch baxsh etadi, unga mavzu va vazifa o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi, tashabbus va mustaqillikni rivojlantiradi, harakatlarni bir necha marta bajarish uchun sharoit yaratadi. Shuni ta’kidlash muhim-ki, o’yin shaklidagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining dasturi 3-4 yoshli bolalar uchun ishlab chiqilgan. Shuni ta’kidlash kerak-ki, 5-6 yoshidagi bolalar uchun sport yo’nalishidagi milliy va harakatli o’yinlardan foydalanishni hisobga olib, bugungi kungacha bunday dastur ishlab chiqilmagan. 5-6 yoshli bola tabiiy imkoniyatlarining namoyon bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu paytga kelib bola qobiliyatlarining rivojlanish ko’rsatkichlari yetarlicha yuqori darajaga yetadi, ko’pchilik bolalarda ma’lum turdagi faoliyatni aniq tanlash xususiyati kuzatiladi. Shu bilan birga, bola nafaqat sevimli ish bilan shug’ullanishga qiziqish va xohishini namoyon qiladi, balki uning natijasiga yetarlicha jiddiy va qiziqish bilan qaraydi. Agar avvalgi bosqichlarda faoliyat bola tomonidan faqat shu faoliyatning o’zi uchun boshlangan bo’lsa, endi bola ushbu faoliyat muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ko’p kuch sarflagan holda unda natijaga erishish uchun intiladi. Bu yuqorida bayon etilgan shartni ta’minlovchi milliy va harakatli o’yinlardan foydalanishga bevosita aloqadordir. S.L.Rubinshteynning fikricha, bola o’yinlarining mavzusi qandaydir natija yoki manfaatli samaraga ega bo’lish emas, balki o’yin jarayonida u his qiladigan kechinmalardir. O’yin jarayonlari va o’yin harakatlarining mavjud buyumga bunday nomuvofiqligi odamdagi tasavvur qilingan vaziyat natijasidir. Shuning uchun o’yin hech qachon tasavvurlardan tug’ilmaydi, aksincha, tassavur odam tomonidan o’yin faoliyati amalga oshirilayotganda yuzaga keladi. O’yinning muhim jihati odam tomonidan tasavvur qilingan vaziyatda boshqa insonlarning mavjud harakatlari va ularning o’zaro bog’liqligi yoki o’yindagi rolning bajarilishini tasvirlashdir. Shuning uchun har qanday rol tegishli qoidalarga ega.6
A.M.Sitovskiy o’yinning suhbat sifatidagi o’ziga xos jihatini ajratib ko’rsatgan. O’yin-bu ehtiroslar, intilishlar, g’alaba va mag’lubiyatlar suhbatidir. U muloqotning o’ziga xos usuli hisoblanadi, u odamni yangi turlardagi faoliyatning ijodkori va subyekti bo’lish vaziyatiga olib boradi. O’yin o’qitishning an’anaviy shakllari chegaralanganligidan albatta ustun keladi, chunki qatnashchilarning mislsiz kurashini o’z ichiga oladi. Ko’pchilik psixolog va pedagoglarning ko’rsatishicha, o’yin insonga turli hayotiy vaziyatlarda o’zining qobiliyat va mahoratlarini sinab ko’rish, boshqa odamlar bilan aloqada bo’lish vaziyatlarida turli buyumlarni o’zlashtirish hissini rivojlantirishga imkon beradi. Adabiy manbalar tahlili katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya, ularning ruhiy va jismoniy sog’lomligi ta’limchilarning pedagogik faoliyatida asosiy o’rinni egallaydi, bolalar jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish vazifasi esa sog’lomlashtirishning asosiy vositasi sifatida qaraladi.
O’yin jismoniy tarbiya bo’yicha asosiy ish turi sifatida qaralishi ko’rsatilgan, chunki aynan u bolalarning jo’shqin xayrixohligiga sabab bo’ladi va tengi yo’q hamda bebaho sog’lomlashtiruvchi omil hisoblanadi: u kuchni ishga soladi, qon aylanishini tezlashtiradi, hayotiy jarayonlarning umumiy faolligini kuchaytiradi. Shunday qilib, o’yin sog’lomlashtiruvchi va bolaning kuchini mus­tahkamlovchi omil hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerak-ki, katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya tizimida, ayniqsa, ularning sportga intilishini hisobga olgan holda milliy va harakatli o’yinlardan foydalanish muammo bo’lib qolmoqda.
Harakatli o’yinlarni bolalarni rivojlantirish vositalaridan biri sifatida chuqur o’rganish va uni pedagogik jihatdan baholash masalasini qo’yish vaqti allaqachon kelgan. Keyingi yillarda kichik yoshdagi bolalar mashg’ulotlari va sporti bilan bog’liq ravishda bu masalaning ahamiyati yanada ortdi. Bu masala yechimining dolzarbligi yana shu bilan bog’liqki, milliy va harakatli o’yinlarga bir qator holatlarda yetarlicha baho berilmaydi va har doim ham bolalarni tarbiyalashda munosib o’ringa ega bo’lmaydi masalan, arkon bilan sakrash. Maktabgacha jismoniy tarbiya tashkilotchilari oldida turgan turli xil muammolar orasida 5-6 yoshli bolalarda harakat ko’nikmalarini tashkil etish masalasi alohida o’rinni egallaydi. Bu ular maktabga kelgach o’qish-o’rganishning yanada uyushgan darajasiga o’tishlari, jismoniy tarbiya darslarida yanada murakkab vazifalarni bajarishlari bilan bog’liq.
Tadqiqot natijasida olti yoshli bolalarga bitta mashg’ulotda beshta harakat ko’nikmasini o’rgatish harakatlarning o’xshash jihatlari bo’lgandagina mumkinligi aniqlandi. Olti yoshlilarning harakatlar texnikasini o’zlashtirishi mashg’ulotlar jarayonida ularni takrorlashga bog’liq. Harakatlanish tartibini 10 dan ortiq takrorlash orqali o’rganish bolalardan katta psixologik va amaliy kuch sarflashni talab qiladi. Bitta jismoniy tarbiya mashg’uloti jarayonida o’xshash tuzilishga ega bo’lgan 5 ta harakat ko’nikmasini o’rganish mumkin. Biroq kamida 4 marta takrorlash bilan 2-3 tadan ortiq bo’lmagan elementni o’rganish yetarli hisoblanadi. I.P. Voloshinaning tajriba ishida umumiy ta’lim dasturi doirasini salomatlik darsi, musiqa mashg’uloti, ashulaga mos harakatlanish, ertalabki gigiyenik badan tarbiya vaqtida va uyqudan keyingi ovozli harakatlanish va musiqaviy daqiqa bilan to’ldirib kengaytirdi. Olingan natijalar tajriba metodikasi ijobiy natija berdi, degan xulosaga kelish imkonini berdi: TG (tajriba guruhi) dagi 79,5% bolalar eng maqbul darajadagi harakat faolligiga ega.
A.I.Kravchuk harakatli o’yinlarni tashkil etish jarayonida harakatlanishni tarbiyalashda ularni tasnifladi: bular tirmashish, sakrash, yurish, koptokni ilish, yugurish, irg’itish bilan bog’liq o’yinlar.
Tadqiqotchi Y.A.Kirilova maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning harakat faolligini oshirish uchun tajriba guruhidagi bolalar bilan 2 marta — ertalab va kechqurun 25 daqiqa davomida qo’shimcha jismoniy ta’lim mashg’ulotlaridan foydalandi. Tekshirilayotgan davrda bolalarning nafaqat jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari, balki ularning salomatlik ko’rsatkichlari ham yaxshilandi. Biroq muallif bu mashg’ulotlar mazmunini keltirmaydi.Y.N.Chernishenko, V.A.Bolondin ijtimoiy sport tadqiqotlar natijasida 6-10 yoshli bolalar uchun har xil sport turlarining muhimligini aniqladilar. 6 yoshli bolalarning eng ommaviy mashg’ulot turi sport yo’nalishidagi, harakatli o’yinlar ekanligi ma’lum bo’ldi. Ular bilan 44,6% o’g’il bolalar va 25,6% qiz bolalar shug’ullanadi. Yosh o’sib borishi bilan bolalarning sport o’yinlariga nisbatan qiziqishlari saqlanib qoladi va 10 yoshda ular bilan 40,3% o’g’il bolalar hamda 26,2% qiz bolalar shug’ullanadilar yoki shug’ullanishni xohlaydilar.
G.N. Golubeva kuzatuvlarga asoslanib, bolaning atrof muhit sharoitlariga moslashishining asosiy davrlarini shakllantirdi. Bu davrlar orasida quyidagilar alohida ajralib turadi: kontenatal, yangi tug’ilgan davr, hayotining birinchi yili, maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan davr va maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim berish jarayoni. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, harakat faolligini (HF) kuchaytirishda tajriba guruhida quyidagilardan foydalanilganda ta’lim jarayonida ko’rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishi yuz beradi:
a) dinamik holatlar tartibidan: mustaqil harakat faolligi (HF) ning ortishi; mashg’ulotlarning alohida va umumiy nutqiy aniqligi; diqqat darajasining yaxshilanishi;
b) G.Domanning qo’l panjalari mosligini yaxshilash metodikasidan: asab tizimining muvofiqlashgan vazifasi, qo’llarning kuchi, bukiluvchanlikning ortishi;
v) 6 yoshgacha bo’lgan bolalarni jismoniy tarbiya jarayonida ishlab chiqilgan konsepsiyani amalda ro’yobga chiqarish quyidagilarni taqozo qiladi:
- Hf (harakat faolligi) darajasining o’ziga xosligi va harakatchanlik turini hisobga oluvchi individual tabaqalashtirilgan yondashuv;
- rivojlantiruvchi jismoniy tarbiya — sport muhitini faol harakat tartibining asosiy qo’zg’atuvchisi sifatida yaratish.
Muallif maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim berish davr­larida 5-6 yoshli bolalar bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya sport ishlarining samaradorligini oshirishda qanday vositalardan foydalanish kerakligini ko’rsatmaydi.
V.A.Balondin bolalarni kuzatish jarayonida ta’limchilardan so’rov yo’li bilan kun davomida 3 turdagi harakat faolligini aniqladi, bular: shiddatli-davriy, nafis va zo’raki. M.A.Qurbonovaning boshlang’ich tayyorgarlik bosqichida yosh voleybolchilarni tanlash va mashq qildirishda xalq harakatli o’yinlaridan foydalanish maqsadida o’tkazgan tadqiqotlari natijasida harakatlarning tuzilishi jihatidan eng yaqin o’ziga xos faoliyat va voleybol bo’yicha 5 ta o’yin tanlab olindi. Y.CH.Daniyeva I-II bosqich talabalarining jismoniy tarbiya darsida xalq harakatli o’yinlarni qo’llash samaradarligini ochib bergan. B.B. Kipchakov, B.U. Barakayevlarning adabiyotlar tahliliga asoslanib, tajribali murabbiylar bolalar va o’smirlarni tanlashda o’yin-testlarni mohirlik bilan qo’llab kelayotganliklarini ta’kidladilar. Jismoniy tayyorgarlik salomatlikning va ishchanlikning asosiy belgisi bo’lib uni tarbiyalash yo’llari ko’p qirralidir. Shuning uchun bir guruh olimlar A. Arifboyev, A.K. Atayev, R.A. Belov, B.V.Sermeyev R.X.Kodirov, D.D.Sharipova, X. Shomurodov, bolalarning jismoniy tayyorgarligini, salomatligini, oila xayotining holati, bolaga nisbatan oilada bo’lgan munosabat, bolalarning iqtisodiy muhit bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tadilar. T.S. Usmonxo’jayev, P. Xo’jayev [42] K.M. Maxkamdjonov [29], R.S. Salomov [32], A.N. Abdiyev fikricha jismoniy tarbiya darsi maktabda o’quv-tarbiyaviy jarayonning va umumiy tartibning asosiy qismi bo’lib, kun tartibda, katta tanafusda, kuni uzaytirilgan guruhlarda harakatli o’yinlarning ahamiyati katta. Ular bolalar orasida do’stlikni mustaxkamlaydi, axloqiy tarbiyani shakllantiradi, bir-biri bilan bo’lgan munosabatni yaxshilaydi, ularning harakat faolligini va qiziqishini oshiradi. Harakatli o’yinlarni tanlash va tashkil etishda jamoali do’stlik munosabatini shakllantiradigan o’yinlarni saralab olish lozim. Bu esa bolalarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini yaxshilaydi T.Usmonxo’jayev [42], P.Xo’jayev [42] o’tqazgan ilmiy ishlari bo’yicha ham bolalarda harakat faolligini oshirish uchun jismoniy sifatlarnini kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgandir. Harakat sifatlarini tarbiyalashda va rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlar o’yin tarzda o’tkaziladi, bunda bolalarda qiziqish, faollik, maqsadga intilish oshadi va ko’rsatilgan natijalar yuqori bo’ladi. Bu mashg’ulotlarni imkoni boricha tashqarida, ochiq havoda o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
M.M. Barkoshev [14] o’tkazilgan ilmiy tadqiqot ishi Qirg’iz Respublikasining janubidagi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash metodikasini o’zgachaliklarini ochib bergan
Keyingi yillarda ekologiyaning salbiy ta’siri natijasida kichik va katta yoshdagi xalq orasida kasallik ko’payib uzoq umr ko’rish kamayib bormoqda. Sog’lomlashtirishni muhofaza qilish tadbirlariga eng avvalo jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish, ular bilan do’stlashish, mustaqillikni tarbiyalash, ommaviy jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish va doimiy an’analarga aylantirish kiradi. Buning uchun shunday tarbiyani eng kichik yoshdan boshlash lozim. Adabiyotlar tahlili jismoniy tarbiyaning ko’p qirraliligini ko’rsatadi, uning samaradorligini oshirish haqida fikrlar ham turli-tumandir. Bir qator olimlar jismoniy tarbiyaning tibbiy- pedagogik muammolariga katta e’tibor bilan qarab ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bu to’plagan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, bolalar jismoniy rivojlanish holatini iqlim sharoit, region, urf-odatlarini aniqlashga ko’maklashadi, ularni hisobga olgan holda jismoniy tarbiya tizimida xalq va milliy o’yinlarni musobaqa shaklga olib kelish, bolalar organizmining rivojlanishiga yordam beradi hamda bolalar oldiga yangi talablar qo’yish imkoniyatlar yaratadi. Bulardan tashqari bolalarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi sathini aniqlashda nafaqat region va iqlim sharoit balki yil faslini ham hisobga olgan holda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya masalalarini rejalashtirish lozim.
Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik salomatlikning asosiy omillaridan bo’lib ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan. Masalan: X.A.Meliyev O’zbekistonning hozirgi sharoitida maktabgacha va quyi sinf yoshidagi bolalarning harakat faoligini o’rganib borib, respublikaning tabiiy,iqlimi va ijtimoiy xususiyatlarini fasllar almashinuvi, harakatning keskin o’zgarishi quyosh radiatsiyasining oshib ketishi, milliy urf-odatlar va xakozolar ko’rsatadiki, bularsiz o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalash jarayonini rejalashtirish hamda amalga oshirish mumkin emas.
T.S.Usmonxo’jayev[42] ko’rsatishicha, o’quvchilarga muntazam o’tkaziladigan jismoniy mashqlar ,ularni harakat faolligini darajasini oshiradi,u esa o’z navbatida bolalar organizmni rivojlanishi va o’sishini ta’minlaydi.
Ma’lumki bir yoshdagi bolalar jismoniy rivojlanish va harakat tayyorgarlik satxi bo’yicha bir-biridan farq qilishlari mumkin.Bunday individual farq qilishining omillariga salomatlik holati, o’sish tezligi, jismoniy holati, harakat faolligini tarkibi va boshqalar kiradi.
Jismoniy rivojlanish ko’prok tashqi muhit ta’siri ostida bo’lib, rivojlanish jarayonini salbiy yoki ijobiy tomonga o’zgarilishi mumkin.
Uchinchi guruh olimlar A.A. Gujalovskiy[17], B.T.Frolov [45], V.P.Filin [44], E A. Seytxalilov [34] o’tkazishgan tadqiqotlaridan shu narsa ma’lum bo’ldiki,yoshiga nisbatan jismoniy sifatlarni rivojlanishi notekisdir,ya’ni bir xil emas.
Harakatli o’yinlardan bolalar, o’smirlar va yoshlarni umumiy jismoniy rivojlantirishdagi kabi, ayrim sport turlari uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni egallash va takomillashtirishda ham foydalanish mumkin. Harakatli o’yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi, aql-idroki, tasavvuri, fantaziyasi takomillashadi. Ijodiy faoliyat sifatida harakatli o’yinlar nafaqat bolalarning harakatga bo’lgan tabiiy ehtiyojini amalga oshiradi, balki harakat masalasining to’g’ri yechimini topish malakasini tarbiyalaydi. O’yin yordamida bola nafaqat atrof olamni bilib oladi, balki uni kashf etadi. L.N.Smirnova, R.S.Salomovlar harakatli o’yinlar mazmunini o’rganib, ularni bir nechta turga ajratdilar:
1. «Tuzoq» tipidagi o’yinlar jon-jahd bilan o’ynashga, yo’lga qo’yilgan harakatlanish tajribasiga, qoidalarga aniq rioya qilishga asoslangan bo’lib, o’yin harakatlarining samaradorligini ta’minlaydi, ruhiy-jismoniy sifatlarni rivojlantiradi.
2. Harakatni talab qiluvchi yoki o’yin mazmuniga ko’ra harakatlarni juda tez to’xtatishga asoslangan o’yinlar yakka va jamoa ijodini rivojlantirishga yordam beradi («Joyingda to’xta», «Daryo chayqalmoqda»). Bunday o’yinlar bolaga o’z tanasini noodatiy va notabiiy holatlarda his qilish imkonini beradi, bunday turdagi o’yinlar iroda, diqqat, harakatlanish fikri va hissini rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, ular momiq va yirik muskullarini mashq qildiradi, bu esa, olimlarning isbotlashlaricha, endokrinlar (shodlik garmonlari) ajralib chiqishiga yordam beradi, ular esa o’z navbatida organizmning holati va faoliyatini yaxshilaydi.
3. Chaqqonlikni rivojlantiruvchi koptok bilan o’ynaladigan o’yinlar, bosh miyaning rivojlanishiga yordam beruvchi qo’l panjalari. Bunday o’yinlarni o’ynayotganda bola turli-tuman harakatlarni bajaradi: mo’ljalga otadi, urib qaytaradi, irg’itadi, bu harakatlarni qarsak chalib, aylanib bajaradi.
4. Musobaqa elementlari bo’lgan o’yinlar va o’yin-estafetalar o’yin qatnashchilariga katta talablar qo’yadi. Bunda o’yin faoliyati hakamlar yordamida to’g’ri va haqqoniy baholanadi.
5. Analizator tizimlarni takomillashtirishga yordam beruvchi, sensor reaksiyalarni amalga oshiruvchi o’yinlar, masalan: «Ko’z bog’lash», «Ovozidan top», «Qayerda jiringlayapti».
D.B. Elkonin [47] harakatli o’yinlarni 4 guruhga ajratadi:
1. O’xshatma-protsessual o’yinlar va buyumlar bilan o’ynaladigan o’yin-mashqlar.
2. Ma’lum syujet asosida dramalashtirilgan o’yinlar.
3. Murakkab bo’lmagan qoidali syujetli o’yinlar.
4. Syujetsiz qoidali o’yinlar.
Bayon etilganlar asosida 5-6 yoshdagi bolalar o’rtasida olib boriladigan sport-sog’lomlashtirish ishida ularning salomatliklarini yaxshilashni tarbiyalovchi harakatli o’yinlardan foydalanish bo’yicha tadqiqotlar olib borish kerak.
Shuni ta’kidlash muhimki, o’yinlarga qo’yiladigan asosiy talab ularning ma’lum darajasidagi murakkablikda bo’lishi. Vazifa juda oson bo’lmasligi kerak, u maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uchun yetarlicha murakkab bo’lishi lozim. Faqat faol harakatlanish jarayonidagina, qiyinchiliklarni yengishda bolalar zarur jismoniy tayyorgarlikka ega bo’ladilar, bular sport yo’nalishidagi harakatli o’yinlar hisoblanadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish