(afv,
ustav)
qo'llanishi,
kuchsiz
pozitsiyada
jarangsizlanishi
{avtomat > aftomat, arxiv > am /tarzida talaffuz qiinishi) ham mumkin.
4. «F» fonemasi —lab-tish, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh. Bu undosh
sof turkiy so'zlarda qo'llanmaydi, fors, arab, rus tillaridan o'zlashgan
so'zlardagina uchraydi: farzand (toj.), farq (arab.), fabrika (ms.) kabi.
Lablashgan unlilar bilan yonma-yon qo'llanganda lab-tish «f» ning lablab ottenkasi
yuzaga
keladi:
fazl-fozil-fuzalo;
faqir-fuqaro
kabi.
Bunday
holat
firma
vafunksiya
kabi
ruscha
o'zlashmalarda
ham
uchraydi.
Jonli so'zlashuvda lab-tish «f»ning lab-lab, portlovchi, jarangsiz «р»
tarzida talaffuz qilinish holatlari uchrab turadi: faqat > paqatf qafas > qapasf
ulfat> ulpat kabi. Bundagi «р» undoshi sirg'aluvchi «f»ning kombinator
yoki pozitsion ottenkasi emas, uslubiy ottenkasidir, u turkiy til vakillarida
«f» ga xos artikulatsiya bazasining (psixo-fiziologik ko'nikmaning) o'tmishda
bo'lmaganligi
ta’sirida
sodir
bo'ladi.
5. «М» fonemasi — lab-lab, sonor, burun tovushi. So'zning barcha
qismlarida — so'z boshida (moy, mana), o'rtasida (amaki, osmdn), oxirida
(tom; xum) qo'llanadi. Qadimgi turkiy tilda so'z boshida «Ь» ning fakultativ
ottenkasi sifatidagina uchragan (ming < bing so'zida), so'z o'rtasi va oxirida
mustaqil
fonema
sifatida
qo'llangan;
qamug'
(hamma).
qum
kabi40.
Til
oldi
undoshlari
tavsifi
1. «Т» fonemasi — til oldi-alveolar, portlovchi (sof portolovchi),
jarangsiz, shovqinli undosh, «d» ning jarangsiz jufti. Bu undosh so'zning
barcha pozitsiyalarida uchraydi: so'z boshida (tosh, tog*), so'z o'rtasida
(iota, botir) va so'z oxirida (ot, qavat) kabi. Bu undosh tojik tilidan
o'zlashgan daraxt, do'st, go‘sht, musht, mast, past kabi so'zlar oxirida
(sirg'aluvchi x, s, sh undoshlaridan so'ng qo'llanganda) talaffuz etilmasligi
ham mumkin. Bunday hodisa turkiy so'zlarda, shuningdek, ruschabaynalmilal
o'zlashmalarda
kamroq
uchraydi;
yurist
>
yuris,
aferist
>
aferis,
avgust > avgus, artist > an is, to ‘rt > to ‘r kabi. Ammo ost, ust, tort (tortmoq),
yurt kabi turkiy so'zlarda va port, post, tort (konditer mahsuloti) kabi
ruscha
o'zlashmalarda
so'z
oxiridagi
«t»
tushirib
qoldirilmaydi.
2. «D» fonemasi — til oldi-alveolar, sof portlovchi, jarangli, shovqinli
undosh, «t» ning jarangsiz jufti. So'z boshida (daryo), o'rtasida (odam),
oxirida (ozod) qo'llanadi. So'z boshi (daraxt), intervokal holat (odat),
jarangli yoki sonor bilan yondosh holat (gijda, sajda, banda, onda-sonda)
bu undosh uchun kuchli pozitsiyadir. Bu pozitsiyada «d» undoshining
asosiy ottenkasi qo'llanadi, boshqa holatlar «d» uchun kuchsiz pozitsiya
hisoblanadi, bunda jarangli «d»’ ning jarangsizlashgan ottenkasi qatnashadi.
Masalan: ketdi > ketti (d > t), tushdi > tushti (d > t), asad> asat (d > t),
savod > savot (d > t) kabi. Bular jarangli «d»ning kombinator va pozitsion
ottenkalari
(allofonlari)
sanaladi.
«D»
fonemasi
qadimgi
turkiy
tilda
so'z
boshida
qo'llanmagan;
3. «S» fonemasi — til oldi-dental, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli
undosh «z»ning jarangsiz jufti. So'z boshida (savat), o'rtasida (qasam),
oxirida (olmos) qo'llanadi. Deyarli barcha pozitsiyalarda o'zining asosiy
ottenkasini
saqlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |