(tegirmon, agar) va oxirida (barg, juvonmarg) kela oladi. Qadimgi turkiy
tilda so'z boshida qo'llanmagan. So'z oxirida kelishi ko'proq o'zlashma
so'zlarda uchraydi, bunday pozitsiyada u jarangsiz «к» tarzida talaffuz etiladi:
barg > bark, pedagog > pedagok kabi; «g» dan so'ng unli fonemalarning
faqat old qator ottenkasi qatnashadi: go ‘zal (gezel), gul (gyl), gilam (gblem)
kabi.
3. «Ng (t|)» fonemasi - sayoz til orqa, jarangli, burun sonanti. Bu
fonema so'z boshida qo'llanmaydi, so'z o'rtasida (ko'ngil, singil) va oxirida
(ong, ming) ishlatiladi. Bu fonema bilan yonma-yon qo'llangan unlilar
doimo ingichka talaffuz etiladi: jang-jar], ko'ngil-ker]bl kabi. Bu fonema
qattiq o'zakli so'zlar yoki so'z shakllarida chuqur til orqa ottenka bilan
talaffuz
etilishi
ham
mumkin;
g'ing
(g'bing),
xo‘ng-xo ‘ng kabi.
Chuqur
til
orqa
undoshlari
tavsifi
1. «Q» fonemasi - chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli
undosh. Bu fonema so'z boshida (qozon, qor), o'rtasida {to ‘qay, soqol) va
oxirida (buloq, oziq) kela oladi. Ko'p bo'g'inli so'zlarga unli bilan boshlangan
affiks qo'shilganda, asos oxiridagi «q» undoshi «g'» ga o'tadi: taroq- tarog'im,
tarog'ing, tarog'i
kabi. Bir bo'g'nli so'zlarda
(yoq, yo'q so'zlaridan
boshqalarida), shuningdek, ayrim ko'p bo'g'inli o'zlashma so'zlarda asos
oxiridagi «q» «g‘» ga o'tmasligi mumkin: haq — haqim, haqing, haqi;
ittifoq — ittifoqimiz, ittifoqingiz, ittifoqi kabi. Jonli so'zlashuvda «q»ning
dissimilatsiyaga
(maqtanmoq
>
maxtanmoq)
yoki
assim
ilatsiyaga
(to'qson > to'xsori) uchrash holatlari kuzatiladi. Ko'p bo'g'inli so'zlarning
oxiridagi «q» jonli so'zlashuvda sirg'aluvchi «g‘» tarzida talaffuz etiladi:
baliq > balig', taroq > tarog‘kabi. Qadimgi turkiy tilda q-k tovushlari bir
fonemaning ikki ko'rinishi bo'lgan, keyincha bu fonema divergensiyaga
uchrab, ikki fonemaga aylangan. Demak, «q»-«к» divergent deyish mumkin.
2. «G‘» fonemasi - chuqur til orqa (uvular), sirg'aluvchi, jarangli,
shovqinli (ayrim tilshunoslar fikricha - sonor) undosh, «х» ning jarangli
jufti. Bu fonema so'z boshida (gbr, g'alvir), o'rtasida (tog‘ora, sog'inch) va
oxirida (tog\ yog', mablag*) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda «g» ning
variatsiyasi bo'lgan va so'z boshida qo'llanmagan. Demak, tarixan «g»ning
divergensiyaga uchrashi natijasida «gk» yuzaga kelgan, shuning uchun uni
«g»ning divergenti deyish mumkin. Hozirgi o'zbek adabiy tilida «gk» bilan
tugagan so‘zlarga «g» bilan boshlangan affikslar qo'shilganda «g‘» va «g»
laming «q» ga ko'chish holatlari uchraydi: tog‘+ga > toqqa, bog‘+ga > boqqa,
og'gan> oqqan, sog'+gani> soqqani kabi. Shevalarda so'z oxirida «g'»
o'rnida «V» ning qo'llanish hollari uchraydi: tog'>tov, to'g'ri > tuvri,
og'iz > ovuz kabi. Bunday holatlar adabiy til uchun me’yor hisoblanmaydi.
3. «X» fonemasi — chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli
undosh, «g'»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so'z boshida (xalq, xabar),
o'rtasida (maxsus, maxfiy) va oxirida (do'zax, mix, tarix) kela oladi. Qadimgi
turkiy tilda «х» undoshi bo'lmagan. U eski turkiy til davrida paydo bo'lgan:
xan
(xon),
xayu
(qaysi),
yaxsaq
(oqsoq)
kabi
[29,
-52].
Qipchoq lahjasi shevalarida «х» ning o'rnida «q» ning qo'llanish
holatlari uchraydi: xabar > qabar, xalq> qalqf xalta> qalta kabi.
«X» undoshidan song qo'llangan unlilar, odatda, orqa qator ottenka bilan
talaffuz etiladi (akkomodatsiya hodisasi sodir bo'ladi): xulq, xavf, xato
kabi.
Bo‘g‘iz
undoshi
tavsifi
«Н»
fonemasi
—bo'g‘iz
undoshi,
sirg'aluvchi,
jarangsiz,
shovqinli
tovush. Bu fonema so'z boshida (ham, hozir), o'rtasida (qahramon, mahsulot)
va oxirida (shoh, guruh) kela oladi. Asosan, arab va fors tillaridan o'zlashgan
so'zlarda yoki shu so'zlardan yasalgan o'zbekcha so'zlarda qo'llanadi: hammol,
haqiqat, huquq, humo («humo qushi»), hunar, hurriyat, jumhuriyat kabi.
Hozirgi o'zbek tilida «h»ning «y»ga o'tish Holatlari uchraydi: shohi > shoyi
(h > y), Rahim > Rayim (h > y), Sohib > Soyib (h > y), Mohira > Moyira
(h > y) kabi. «H»ning bu xususiyati ba’zan uning so'z tarkibidan tushib
qolishiga ham olib keladi: shahar > sha:ar, Solih > Soli, Tohir> Го/r kabi.
Hatto Muhammad Rahim > Muhammad Raim > Mamaraim > Maraim kabi
fonetik jarayonlarda ham «h»ning yuqoridagi xususiyatlari ta’siri bor.
Qorishiq
«TS»
(«Ц»)
undoshi
tavsifi
«ts»
fonemasi
-
til
oldi-alveolar,
qorishiq-portlovchi,
jarangsiz,
shovqinli undosh. Bu fonema faqat ruscha leksik o'zlashmalarda qo'llanadi.
Dastlab «ts» o'rnida «ch» va «s» tovushlari ishlatilgan: Царизм > Chorizm,
цирк > sirk kabi. Keyingi 50—60 yil davomida o'zbek-rus ikki tilliligining
shakllanishi va mustahkamlanishi tufayli ko'pchilik o'zbek ziyolilarida
«ts» ning ruscha artikulatsiya bazasi (talaffuz ko'nikmasi) ham shakllangan:
konstitutsiya, aviatsiya, evolutsiya, inflatsiya, litsey kabi so'zlarning o'zbeklar
nutqidagi qo'llanishi shundan dalolat beradi, ammo o'zbek tilida «ts»
bilan qo'llanadigan birorta so'zga qarama-qarshi qo'yish mumkin bo'lgan
boshqa so'zning (kvaziomonimning) yo'qligi bu fonemaning o'zbek tilidagi
fonologik
funksiyasini
munozarali
qilib
qo'ymoqda.
Savollar:
1.
Tasnif
va
tavsif
qanday
farqlanadi?
2. Labial undoshlardan qaysilarining qanday fonetik pozitsiyada asosiy
bolm
agan
ottenkalari
qatnashadi?
3. Portlovchi tovushlarning qaysilari intervokal holatda sirg‘aluvchiga
o
ktadi?
4. Jarangli undoshlarning qaysilari qanday pozitsiyada jarangsizlashadi?
5.
Lab-lab
«v»
va
lab-tish
«v»
qanday
farqlanadi?
6. Qandav pozitsiyada lab-tish «f» ning lab-lab ottenkasi shakllanadi? Bu
hodisa
tilshunoslikda
nima
deb
ataladi?
7.
Qanday
so'zlar
oxiridagi
«t»
talaffuz
etilmaydi?
8.
Qanday
holatlarda
«1»
undoshi
tushib
qolishi
mumkin?
9. Qanday pozitsiyada til oldi «п» lab-lab «in» ga o'tadi? Sababi?
10. j (dj) va j undoshlari qanday farqlanadi? Qanday pozitsiyalarda bu
fonemalarning
allofonlari
yuzaga
keladi?
11. Qanday holatda «ch»ning «sh»ga o ‘tishi uchraydi? Bu hodisa nima
deb
ataladi?
12. Sayoz til orqa «к», «g» undoshlari qanday pozitsiyada o'zgaradi? Chuqur
til
orqa
undoshlari-chi?
13.
«Н»
undoshi
talaffuzida
qanday
o'zgarishlar
kuzatiladi?
14. «ts» («ц») undoshining qaysi jihatlari 0‘zbek tilshunosligida munozaraga
sabab
bo‘lmoqda?
15. Divergent nima?
16.Konsonantizm
nima?
17. Hozirgi o'zbek adabiy tili konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib
topgan? Ularning soni nechta? Tovush fokusi nima? Uning ahamiyati?
18
O’zbek
tilining
qaysi
tovushlari
ikki
fokusli?
Sababi?
19.Undosh
fonemalar
qaysi
belgilar
asosida
tasnif
qilinadi?
20.Artikulatsiya
o‘rniga
ko‘ra
undoshlar
tasnifi?
21.
Artikulatsiya
usuliga
kokra
undoshlar
tasnifi?
22.
Un
paychalari
ishtirokiga
ko‘ra
undoshlar
tasnifi?
23.
Ovoz
va
shovqin
munosabatiga
ko‘ra
undoshlar
tasnifi?
24. O’zbek tili konsonantizmidagi munozarali masalalar?
Do'stlaringiz bilan baham: |