2.Iqtisodiy qonunlar va kategriyalar tizimi
Iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni i.ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol muno-sabatlarini boshqarib turuvchi obʼyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va i.ch. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. I.q. i.ch. munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. I.q. doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shartsharoitlar yoʻqolgach, I.q. ham oʻz kuchini yoʻkrtadi. I.q.ning taʼsir doirasi va harakteri jamiyat taraqqiyotining obʼyektiv shartsharoitlariga, i.ch. vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻlik. I.q. obʼyektiv harakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab I.q. 3 guruhga ajratiladi:Umumiy I. q. — kishilikjamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Mac, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va b. Xususiy I. q.— insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Mas, talab qrnuni, taklif qonuni, qiymat qonuni — tovarpul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi. Maxsus I. q. — alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Mac, qoʻshimcha qiymat qonuni.
I. q. tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, I.q. esa ijtimoiy hayot qonunlari boʻlib, tarixiydir va oʻzgaruvchandir, chunki I.q. kishilarning oʻz ehtiyojlari va manfaatlari yoʻlidagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, kishilik jamiyati mavjud boʻlganda paydo boʻladi va amal qiladi. I.q.ni ilmiy asosda bilish, ulardan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi I.q.ni bilish va uning mazmunini ochib berish hisoblanadi.
Iqtisodiy fanning vazifasi, boshqa har qanday fanniki singari faktlarni to’plash, ularni tizimga solish va ulardan xulosa chiqarishdan iborat. «Kuzatish va bayon etish, aniqlash va turkumlash, deb yozadi Shmoller, bular faqat tayyorgarlik ishlari xolos. Biroq biz bular orqali erishishga intilayotgan narsa iqtisodiy hodisalarning o’zaro aloqadorliklarini bilishni namoyon etadi» (A.Marshall. «Prinstipы politicheskoy ekonomii», t.1, kn.1, s.85, «Progress» 1983g.). Boshqacha aytganda, iqtisodiy fanning vazifasi bo’lib iqtisodiy qonunlarni ochib berish hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv bo’lib, bu ularning kishilar ongi va erkiga bog’liq emasligini anglatadi. Iqtisodiy fan tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar ob’ektiv mavjud bo’lgan iqtisodiy qonunlarning nazariy ifodasini namoyon etadi. Demak, ular o’rtasidagi farq qonunlarning ob’ektiv reallikni ilmiy ong prizmasi orqali sub’ektiv ifoda etilishida namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularning amal qilishi faqat jamiyatga taalluqli bo’lib, ularning aksariyat qismi vaqtinchalik, o’tish tavsifiga ega bo’ladi.
Siyosiy iqtisod va ekonomiksdagi qonunlarni tushunishda tafovut mavjud. Agar siyosiy iqtisod iqtisodiy qonunlar yordamida ishlab chiqarish munosabatlarining mohiyatli jihatlarini ochib bersa (ya’ni, tadqiqot chuqur mohiyat darajasida amalga oshirilsa), ekonomiks yuzaki iqtisodiy jarayonlar bilan ish olib borib, qonunlarning o’zini emas, balki ularning namoyon bo’lish shakllarini tahlil qiladi, ya’ni rivojlanishning ma’lum tendenstiyalari va qonuniyatlarini aniqlab beradi. Jumladan, P.Samuelson shunday yozadi: «Bizning qonunlarimiz faqat o’rtacha holatda amal qiladi, bu o’rtacha atrofida ahamiyatli darajada tebranadi, ular ehtimollar qonuni hisoblanadi».1 Bu erda so’z mohiyatiga ko’ra qonuniyatlar va tendenstiyalar haqida boradi.
K.Makkonnell ham «qonunlar», «prinstiplar», «nazariyalar» va «modellar» singari tushunchalar sinonim sifatida qo’llanilishi, chunki ular individ va institutlarning iqtisodiy xulq-atvoridagi qonuniyatlarni umumlashtirilishi va qayd qilinishini aks ettiradilar. Ekonomiks kamyoblik qonuni, samaraning pasayib borishi qonuni, talab qonuni, daromadning pasayib borishi qonuni, so’nggi qo’shilgan naflilikning pasayib borishi qonuni va shu kabi qonunlar bilan ishlaydiki, bularning barchasi tendenstiya sifatida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning chuqur jarayonlari bilan yuzaki jarayonlari tahlilining uyg’unlashuvi iqtisodiyot nazariyasini faqat boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |