tegishli fikrlar uchraydi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat
beriladi, sudxo‘rlik (sudxo‘rlik foizi) qoralanadi, mulkning muqaddasligi,
birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh, deb
ko‘rsatiladi. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan
olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi, yolg‘on ishlatish,
o‘g‘rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur’oni karimda qarz
olish va berish, merosni taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-
ehson qilish, o‘zaro yordam berish haqidagi g‘oyalar, soliq turlari va
miqdori to‘g‘risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati
karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa,
dehqonchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanish, mehnat qilish zarurligi
marhamat qilingan. Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash
Qur’oni karimdagi «Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof
qilmanglar», degan oyat asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng
asosiy muammolardan biri hisoblanadi). «Daryo bo‘yida tahorat qilsangiz
ham, suvni isrof qilmanglar» kabi qoida aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti
va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
XULOSA:
Yuqoridagi ma’lumotlarni jamlab xulosa qiladigan bo’lsak:
Biror noaniq holda yani axborot yetarli bo’lmaganda qaror qabul qilish bilan iqtisodchi tavakkalchilikka qo’l uradi. Albatta iqtisodda tavakkal muhum rol o’ynaydi. Chunki tadbirkor ko’pincha eng katta foydani ko’zlaydi. Bunday holatda tavakkalsiz katta yutuqlarga erisha olmaydi.
Lekin tavakkalchilik salbiy oqibatlar ham olib kelishi mumkin. Tavakkalchilik bilan doim ham ijobiy natijalarga erishib bo’lmaydi. Bu orqali cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo’qotishga olib keladi. Bilamizki iqtisodning eng kata maqsadi resurslardan samarali foydalanish, ularni isrof bo’lishini oldini olishdan iboratdir. Chunki resurslar cheklanga ehtiyojlar esa cheksiz hisoblanadi. Tavakkalchilik bilan tadbirkor daromadini yo’qotishi ham mumkin, yana u ortiqcha vaqt sarflaydi. Albatta vaqt iqtisodchi uchun pul turadi. Shu sababli ham iqtisodda qilinyotgan tavakkalchilikni aniqlash va uni o’lchash tushunchasi kerak bo’ladi.
Ma’lumki tavakkalchilikka munosabat har bir insonda har xil bo’ladi. Hamma ham tavakkal qila olmaydi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo’yicha uch turga bo’linadi: a)tavakalchilikga borishga moyil insonlar, b)tavakkalchilikga borishga qarshi, ya’ni moyil emas va c)tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. Bu insonlar shaxsiy psixalogiyasi bilan bog’liqdir.
Iqtisodchi to’g’ridan to’g’ri tavakkalchilikka qo’l urmaydi garchi u tavakkalchilikka borishga moyil inson bo’lsada. U tavakkalchilikni kamaytirishi mumkin. Bunda asosin axborotga tayanadi. Axborot bilan taminlash tavakkalchilikni kamaytirishning eng muhum omili hisoblanadi. Chunki qancha ko’p malumoti bo’lsa tavakkalchiligi shunchalik kamayadi. Bundan tashqari tavakkalchilikni pasaytiruvchi omillarga mahsulot sifati, sug’urta, fyucherslar, olib sotarlar ham katta yordam beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |