Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlarni quyidagi ko’rinishlari bo’yicha tizimga ajratadi:
1. Umumiy qonunlar – kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar tavsifi va rivojlanish darajasiga muvofiq kelishi qonuni va h.k.
2. Xususiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, qiymat qonuni.
3. Maxsus qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.
4. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiluvchi qonunlar. Masalan, erkin raqobat qonunlari monopolistik raqobat qonunlaridan farq qiladi.
Bu qonunlar ichida tizimni tashkil etuvchi sifatida muayyan ishlab chiqarish munosabatlaridagi asosiy prinstipni aks ettiruvchi asosiy iqtisodiy qonun maydonga tushadi.
A.Marshall: «Fan o’z qonunlarining soni va aniqligini oshira borib, ularni tobora qattiq tekshiruv ostiga olib, oldinga intiladi. Bu holat to yagona, asosiy qonun uning qisman namoyon bo’lishini ifodalovchi bir qator nisbatan tor qonunlarni to’liq qamrab olgungiga va almashtirgunga qadar davom etadi»2 deb yozadi.
Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni, ya’ni iqtisodiy hodisalarning alohida tomonlarini tavsiflovchi ilmiy tushunchalarni ishlab chiqadi. Masalan, qiymat qonunining amal qilishi qiymat, pul, tovar, kredit, moliya va h.k. singari bir qator iqtisodiy kategoriyalar orqali namoyon bo’ladi.
Ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni bilish va ulardan foydalanish iqtisodiyot nazariyasining tub muammosi hisoblanadi. Bu ko’p qirrali muammolar bir qator murakkab masalalarning hal etilishini taqozo etadi:
1. Jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi alohida iqtisodiy qonunlarning ochib berilishi va tadqiq etilishi, ular tizimining aniqlanishi. Iqtisodiy qonunlarni bilish jarayoni, har qanday boshqa bilish jarayoni singari, cheksizdir. U yangi qonunlarni ochib berish, aniqlangan qonunlar doirasini kengaytirish bilan birga ularning mazmunini yanada chuqurroq ochib berishga yo’naltirilgan. Ayniqsa, ularning ichki mantiqini, koordinastiya va subordinastiyasini ochib berilishi katta ahamiyat kasb etadi.
2. Iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish shakli, ularning o’zaro aloqasi, harakati va o’zaro ta’sirining namoyon bo’lish shakllarini tadqiq etish. Busiz iqtisodiy qonunlar tizimini ochib berish, ulardan foydalanish yo’llari, shakllari va usullarini aniqlash mumkin emas. Bu, xususan, umumiy va maxsus qonunlarning nisbati to’g’risidagi masalaning aniqlab berilishini talab etadi.
3. Iqtisodiy jarayonlarda ob’ektivlik va sub’ektivlikning nisbatini to’g’ri tushunishni taqozo etuvchi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilishi, ulardan ongli ravishda foydalanish mexanizmini ochib berish.
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar o’rtasidagi to’g’ri va teskari aloqalar qonunlarning amal qilish mexanizmi yoki iqtisodiy mexanizmni tashkil etadi. Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy tizim tomonidan yaratilganligi sababli ob’ektiv hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilarining empirik yoki ongli ravishdagi harakatining natijasi sifatida jamiyatning xo’jalik mexanizmi tarkib topadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatidagi xo’jalik mexanizmining asosiy mazmunini tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Biroq, bu kategoriya ishlab chiqarish munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi munosabatlarni (kooperastiya, mehnatning ixtisoslashuvi va taqsimoti va h.k.), shuningdek, iqtisodiy ustqurma (iqtisodiy ong; iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi muassasalar; xo’jalik huquqi; iqtisodiy siyosat)ni ham o’z ichiga oladi. Jamiyat uchun samarali amal qiluvchi xo’jalik mexanizmi zarur. Buning mezoni sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar resurslaridan tejamli foydalanish maydonga tushadi. Iqtisodiyot nazariyasi rastional xo’jalik munosabatlarini tarkib toptirishga ko’maklashishga qaratilgan. Buni u individlar va jamoat tashkilotlari iqtisodiy xulq-atvori prinstiplarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiradi.
3.Iqtisodiyotning qonun-qoidalari
Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qara-tilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iborat-ki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan yzohlab beriladi.
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |