Hozirgi oʻzbek adabiy tilining dialektal asoslari
Oʻzbek tili bir qator shevalarni oʻz ichiga oladi, bunday shevalar etnolingvistik nuqiayi nazardan uchta katta lahjaga - qarluq, qipchoq va oʻgʻuz lahjalariga birlashtiriladi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining tarkib topishida ana shu uchta lahja shevalarining ishtirok etganligi tabiiy bir holdir, ammo ulardan qaysi biri adabiy tilga koʻproq darajada asos boʻlganligi masalasida tilshunoslar orasida yakdillik yoʻq. Koʻpchilik manbalarda hozirgi oʻzbek adabiy tilining tayanch dialekti sifatida qarluq lahjasi, xususan, uning Toshkent—Fargʻona tipidagi shahar shevalari ishtirok etganligi koʻrsatiladi3. Ammo ayrim tilshunoslar (masalan, prof. X. Doniyorov, dotsent B. Toʻychiboyev) adabiy tilning tayanch dialekti masalasiga boshqacharoq yondashadilar: ularning fikricha, hozirgi oʻzbek adabiy tilining tarkib : Bu haqcic/ qa(yng: Rcshetov V.V.. Shoabdurahmonov Sh.Sh. Oʻzbek lili dialektologivasi. - Т.: «Oʻqituvchi», 1978. 4 3 -b. Abdurahmonov G \. Mamajonov S. Oʻzbek tili va adabiyoti. - Т.. «Oʻzbekiston», 2002. 44- b. www.ziyouz.com kutubxonasi topishida qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham faol qatnashgan, shunga koʻra adabiy til me'yorlariga oid ayrim masalalar (xususan. vokalizm tizimi, alifbo tuzilishi) qayta koʻrilishi kerak. Bu mualliflarning ta'kidlashicha, hozirgi oʻzbek adabiy tili vokalizmida 6 ta emas, 8—9 ta unli fonema bor, ular i/ы, e/a, y/u, e/o kabi kontrast juftliklarni hosil qiladi4. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining grammatik qurilishida otning joʻnalish, oʻrin-payt va chiqish kelishiklaridagi shakllari Toshkent- Fargʻona gruppa shevalariga asoslanadi: «-ga» (j. k.), «-da» (oʻ-p. k.) va «-dan» (ch. k.) kabi. Boshqa shevalarda otning bu kelishiklaridagi shakllari quyidagicha boʻladi: Samarqand shevasida «-ga» formanti joʻnalish va oʻrin-payt kelishiklari ma'nosini ifodalaydi: Buxoroga ketopti («Buxoroga» — otning joʻnalish kelishigidagi shakli), Buxoroga oʻqopti («Buxoroga» — otning oʻrin-payt kelishigidagi shakli) kabi. Oʻgʻuz lahjasi shevalarida «-ga» oʻrnida «-gʻa» (qurvaqagʻa), «-ye» (tangaye), «-ne» (erkine), «-na (уапыпа), «-е» (yyime) formantlari ishlatiladi. Bunday har xillik tushum va qaratqich kelishiklarida ham mavjud: «-ni»/«-nbi», «-ning»/«-nbing» (qipchoq lahjasi shevalarida), «-ning»/«-ing», «-nbing»/«-bing» (Iqon, Qorabuloq, Hazorasp shevalarida), «-ni»/«-ti»/«-pi»/«-yi»/«-mi» (Toshkent shevasida) kabi. Bunday koʻp variantlilik adabiy tilga koʻchirilmagan. Shuni ham aytish kerakki, koʻpchilik shevalarda tushum va qaratqich kelishiklari deyarli farqlanmaydi. Shuning uchun ham kelishiklar soni Toshkent, Fargʻona, Xeva-Urganch shevalarida - 5 ta, Qarshi shevasida 4 tadir. Qipchoq lahjasining j- lovchi shevalarida, qarluq—chigil—uygʻur lahjasining Iqon—Qorabuloq dialektida esa ularning soni 6 taga vetadi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining 6 kelishikli tizimga asoslanishida ana shu lahjalarning morfologik xususiyati hisobga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |